Iqtisodiyot” kafedrasi “Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan


Xalqaro mehnat taqsimoti va uning rivojlanish bosqichlari


Download 488.93 Kb.
bet2/7
Sana17.02.2023
Hajmi488.93 Kb.
#1205464
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xusanboyev Sherzodbek

1. Xalqaro mehnat taqsimoti va uning rivojlanish bosqichlari. 


Ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiy hududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotitning sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. 19-asrning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotitning rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi.


Xalqaro mehnat taqsimotit.ni shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri — mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. 20-asr boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar tamomila "jahon qishloqlari"ga, Yevropa va Shimoliy Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari "jahon shaharlari"ga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotitining bu xususiyati Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham saqlanib qoldi. 1960-yillarda sobiq mustamlaka va yarim mustamlakalar — jahon aholisining 80% dan ortigʻi yashaydigan Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining taxminan 15% toʻgʻri keldi. Bu mamlakatlar eksportining asosiy qismini xom ashyo va oziqovqat tashkil etgan holda ularning importga qaramligi juda yuqori edi, chunki bu mamlakatlar zarur sanoat tovarlarining deyarli barchasini va yetishmaydigan oziq-ovqatni chetdan keltirishga majbur edi.
Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimotit. tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hozirgi texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda i.ch. mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotitining xususiyati — rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotitda tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir.
Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar ishlab chiqarishning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotitining ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri — mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini i.ch. u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (traktorsozlik AQShda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar ishlab chiqarishga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar ishlab chiqarishga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan).
Detal boʻyicha ixtisoslashish da ayrim mamlakat zavodlari pirovard mahsulot uchun shkm tarzida foydalaniladigan butlovchi qismlar, detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Mas, "RollsRoys" ingliz firmasi AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlarda tayyorlanadigan samolyotlar uchun reaktiv dvigatellar ishlab chiqaradi. Bu jarayonda bir rivojlangan mamlakatdan boshqasiga kapital chiqarishning koʻpayishi, turli mamlakatlar korxonalari oʻrtasida ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Firmalararo kooperatsiya (qoʻshma korxonalar), juda ulkan transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyasi ham rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi mehnat taqsimotini chuqurlashtirishga yordam beradi.
Oʻzbekiston Xalqaro mehnat taqsimotitda paxta tolasi, energetika resurelari (tabiiy gaz, elektr energiyasi), rangli metallar, oʻgʻitlar va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi mamlakat tarzida ishtirok etadi.
Mehnat taqsimoti yuz berganda bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va h.k. ajralib chiqadi va shu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari bilan bogʻlanib, ishlab chiqarish da qatnashgan holda bajaradi. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini koʻpaytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qoʻyadi. 21-asr boshlarvda Mehnat taqsimoti tufayli dunyoda 30 ming xil kasb mavjud boʻldi. Mehnat taqsimoti mehnat unumdorligini oshiradi. Jamiyat taraqqiyotida Mehnat taqsimoti 3 yoʻnalishda boradi: Umumiy Mehnat taqsimoti — yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, yirik sohalarni tashkil etishi. Bunda mehnatning moddiy va nomoddiy, agrar, industrial va servis sohasidagi turlari paydo boʻladi;
Xususiy Mehnat taqsimoti — yirik sohalar ichidagi Mehnat taqsimoti — muayyan sohadagi mehnat ixtisoslashadi, mehnat turlari koʻpayadi. Agrar mehnat dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik mehnati turlariga ajraladi. Sanoatdagi mehnat undirma va ishlama, ogʻir va yengil sanoatdagi mehnat turlariga ajraladi. Qisman Mehnat taqsimoti — korxona doirasida boʻladigan mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Bunda mehnat mahsulot yaratish uchun kerak boʻlgan ayrim qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashgan turlarga ajraladi. Milliy iqtisodiyotda hududlar yoki mintaqalar boʻyicha mehnat ixtisoslashadi. Xal qaro Mehnat taqsimoti — mehnatning mamlakatlar oʻrtasida maʼlum nisbatda va iqtisodiy nafni koʻzlagan holda taqsimlanishidir. Bu mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustuvor faoliyati sifatida birkitilishini yuzaga keltiradi.
Xalqaro Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning baynalmilal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi, xalqaro savdoni yuzaga keltiradi.



































2. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ortidan, valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishi.

Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda.


Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi


Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash uchun tadqiqot o‘tkazmoqda.
Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi.
Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi.
Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.
Raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi? Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni hozirgi bosqichining asosiy farqli xususiyati zamonaviy elektron kommunikatsiyalari tufayli moliya bozorlarining yanada integratsiyalashganligidir. Globallashuv XX asrning oxirgi o‘n yilligida hukmron kuchga aylandi va o‘ziga xos yangi xususiyatlar kasb etdi:

Yangi bozorlar (ya’ni zamonaviy vositalar bilan tinimsiz ishlovchi o‘zaro bog‘langan moliya bozorlari, global iste’mol mollari bozorlari, elektron-tijorat va sh.k.)

Yangi o‘yinchilar (ya’ni multimilliy korporatsiyalar, Jahon savdo tashkiloti, hududiy bloklar);

Yangi qoidalar (ya’ni savdodagi ko‘p tomonlama kelishuvlar, inson huquqlari va global muhit bo‘yicha konvensiyalar);
Yangi aloqa vositalari (ya’ni, telefon, faks, elektron pochta).

Bundan tashqari, globallashuv tovarlar va kapitallarning harakatidagi ob’yektiv va sub’yektiv to‘siqlarning olib tashlanishi natijasida davlatlararo aloqalarning rivojlanib borishini anglatadi.



Download 488.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling