Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi Ma’ruza rejasi: 3.1. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi prinsiplari
- Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar
- 3.1. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi prinsiplari
Takrorlash va nazorat savollari
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi strategiyasining qanday asosiy qoidalari mavjud? O’zbekistonning tabiiy-iqlim va geografik shroitlariga tavsif bering. Mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashda jamotchilik qanday ishtirok etadi? Milliy boylik tarkibida moddiy–buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi? Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi? 3-Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi Ma’ruza rejasi: 3.1. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi prinsiplari 3.2. O‘zbekiston Respublikasida milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosati va uning bosh maqsadlari 3.3. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: iqtisodiy xavfsizlik, davlat iqtisodiy xavfsizlikgi, iqtisodiy xavfsizlik elementlari, O’zbekiston milliy xavfsizlik konsepsiyasi, mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy xavfsizlik, mintaqa xavfsizligi, milliy boylik, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi. 3.1. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi prinsiplari Har qanday mamlakatning milliy iqtisodiyotini shakllanishida uni tashkil etuvchi mintaqalarining ahamiyati katta. Bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish, barqaror rivojlantirishga erishish ko‘p jihatdan ana Shu mintaqalarning, ya’ni mamlakatning turli ichki qismlarining salohiyat va imkoniyatlariga, faolligiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan hozirgi davrda ishlab chiqarishni to‘g‘ri hududiy tashkil qilish, viloyat va iqtisodiy tumanlarning yer-suv, mineral xom ashyo, yoqilg‘i va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga muhim e’tibor qaratilmoqda. Erkin va ochiq iqtisodiyot, uning turli qatlamlarini vujudga keltirish, sog‘lom raqobat va investitsiya makonini shakllantirishdek dolzarb masalalarni hududlar xususiyatini hisobga olmasdan hal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining rahbariyati mahalliy xokimiyat (viloyat, shahar, tuman xokimliklari) huquq va mas’uliyatlarini kengaytirishga urg‘u bermoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda hududlarni atroflicha o‘rganish, ularning imkoniyat va muammolarini chuqur tahlil qilish, ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri aniqlashga katta extiyoj tug‘iladi. Jumladan, The Economist Intelligence Unit 2019 yil uchun global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi haqida hisobot e’lon qildi. The Economist Intelligence Unit (Buyuk Britaniya) hisobotida 2018 yilda bo’lgani kabi, indeks 113 mamlakatni o'z ichiga oladi. Indeks uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat: 1. Oziq-ovqat mavjudligi va iste'moli darajasi; 2. Oziq-ovqat mavjudligi va etarliligi; 3. Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi darajasi. O‘zbekiston reytingda 2018 yil bilan taqqoslaganda 9 pog‘onaga ko‘tarilib 71-o‘rinni egalladi. O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston (48-o‘rin) va Tojikiston (93-o‘rin) ko‘rsatkichlari yaxshilandi, indeksni baholash metodologiyasi Shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda eng ijobiy o‘zgarishlar shaharlarning oziq-ovqat oqimlarini qabul qilish qobiliyati, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirish uchun ta’riflar kabi ko‘rsatkichlarda aks etdi. Biroq, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘zgaruvchanligi, qishloq xo‘jaligini tadqiq qilish uchun sarflanadigan xarajatlar va oziq-ovqatning o‘rtacha qiymatidagi o‘zgarishida pasayish kuzatildi. Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi "The Economist Intelligence Unit" britaniyalik tadqiqot kompaniyasi tomonidan ilgari DowDuPont tarkibiga kirgan Amerika kompaniyasi Corteva Agriscience tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ushbu tadqiqot 2012 yildan beri olib borilmoqda va hozirgi vaqtda dunyoning turli mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligi holatining eng to‘liq to‘plamini aks ettiradi. Demak, milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatning ichida yuz beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bunda firmalar, xonadonlar va davlat ishtirok etadi. Har bir milliy iqtisodiyot o‘zining tarkibiy tuzilishi va darajasi jihatdan boshqalardan farqlanadi. Milliy iqtisodiyotlarning darajasi ham farqlanadi. Shu jihatdan, milliy iqtisodiyotlar yuksak rivojlangan, o‘rtacha, o‘rtachadan pastroq darajadagi, kam rivojlangan va o‘ta qoloq iqtisodiyotlarga ajraladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yi 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga raqobatbardoshlikni oshirish, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, axborot xavfsizligini himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib xarakatlarni tashkil qilish vazifalari qo‘yilgan. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, mamlakatlarning raqobatdoshligi konsepsiyasi milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beruvchi qiyosiy afzalliklari nazariyasiga asoslanadi. Bu yerda qiyosiy afzalliklar deganda, mamlakatda arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, iqlim, infratuzilma va boshqa omillar tuShuniladi. O‘zbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega: qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun qulay tabiiy-iqlim sharoitlarining mavjudligi; boy tabiiy resurslar va rekreatsiya resurslariga egaligi; boy madaniy-tarixiy merosga egaligi; mamlakatning qulay geografik joylashuvi; O‘zbekiston aholisining mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan mehnat resurslarining mavjudligi. O‘zbekistonning raqobat jihatdan afzalliklarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ajratish mumkin: mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi; insonni rivojlantirishga, ya’ni, ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga katta qo‘yilmalarning yo‘naltirilganligi; aholi o‘rtacha yashash yoshining uzunligi; mehnat resurslarining raqobatdoshligi; mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi. Qiyosiy afzalliklarga ega bo‘lish bilan birga Respublika milliy iqtisodiyotining raqobat afzalliklarini ham rivojlantirish zarur. Mazkur holatda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatdoshligi va mamlakat aholisi ta‘lim darajasining yuqoriligi2. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining ochiqligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti erkinlashuvi chuqurlashib, ochiqlik darajasi ortib jahon xo‘jaligiga integratsiyalaShuvi kuchayib bormoqda. Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi milliy ishlab chiqarishning tarmoq tarkibiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish hajmining umumiy tarkibida bazaviy tarmoqlar ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Ushbu holat bazaviy tarmoqlarning xalqaro ixtisoslashuv jarayoniga kam darajada jalb etilganligi va asosan ichki bozorga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining alohida, mustaqil mamlakati maqomida, boshqa davlatlarning ham suverenligini e’tirof etadi, ularning hudud va chegaralarini dahlsizligini hurmat qiladi. Ayni vaqtda u o‘zining yagona geosiyosiy tizim, makon sifatida yaxlitligini har qanday yovuzlardan himoya etadi va o‘zgalar tomonidan hurmat qilinishini talab qiladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, mamlakat geotizimining mustahkamligi, faolligi eng avvalo uning ichki qismlarining o‘zaro aloqalari, ma’muriy-hududiy tuzilmasining to‘g‘ri tashkil etilganligiga bog‘liq. Ichki barqarorlik har qanday tizim-sistemaning mustaqil faoliyat ko‘rsatishini, boshqalardan o‘zini saqlash qobiliyatining garovidir. Shu nuqtai nazardan mamlakat ichida hududiy mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, tuman va viloyatlar orasida sog‘lom raqobat muhiti, faol iqtisodiy integratsiya infiralarini rivojlantirish, yagona geoiqtisodiy makonni vujudga keltirish va uni mustahkamlash, turli hududiy bosqichdagi bozorlarni (mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararo, milliy bozor) shakllantirish O‘zbekiston Respublikasining hozirgi o‘tish davridagi nihoyatda dolzarb vazifalaridir. Chunki, tizim-tarkib qoidasiga muvofiq, butun alohida qismlardan tashkil topadi, qismlar, ya’ni mintaqalar esa butunlik, mamlakat geosiyosiy va geoiqtisodiy yaxlitligini ta’minlaydi. Mamlakatning ichki siyosati ham ikki xilda bo‘ladi: sohaviy, ya’ni tarmoqlar va hududiy yoki integral. Birinchisiga ijtimoiy, iqtisodiy, fan-texnika, demografik kabi siyosatlar kiradi va ular ham o‘z navbatida alohida qismlardan, «siyosatlardan» tashkil topadi. Masalan, iqtisodiy siyosatda mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika, oziq-ovqat va yo‘l (transport) mustaqilligini ta’minlash, ijtimoiy siyosatda-aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandlik siyosati, yoshlar va qariyalarga davlatning munosabati, demografik siyosatda oila, axolining tabiiy va migratsiya harakati bilan bog‘liq masalalarni ajratish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, tizim yoki sistemaning ichki jihati, ya‘ni uning tarmoq yoki komponent hamda hududiy tomonlari borligidek, biz ko‘rayotgan siyosatlar ham xuddi Shunday xususiyatga ega. Zero, har qanday hodisa yoki voqelik, albatta qayerdadir mavjuddir. Rivojlanish, taraqqiyot ham faqat ma’lum davrdagina emas, balki muayyan hududda sodir bo‘ladi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling