Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
O‘zbekiston Respublikasida milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosati va uning bosh maqsadlari
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
3.2. O‘zbekiston Respublikasida milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosati va uning bosh maqsadlari
O‘zbekiston ikki yildirki bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar dasturini amalga oshirmoqda. Hukumat mamlakat iqtisodiyotiga uchta asosiy o‘zgartirish kiritmoqda: buyruq va boshqaruvga asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish; davlat sektori ustuvor bo‘lgan iqtisodiyotdan xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tish; va yopiqlik va yakkalikdan hamkorlikka moyillik va ochiqlikka chiqish. Ushbu islohotlar tobora o‘sib borayotgan tashqi nomutanosibliklar va ishsiz yoshlar soni hamda bu muammolarni xususiy sektor rivojlanishi evaziga yaratiladigan ish o‘rinlarisiz hal qilib bo‘lmaydigan bo‘lgan bir davrda amalga oshirilmoqda. O‘zgarishlarni bir yo‘singa solish jatumanida axborot almashinuvini hal etish, tashqi omillar bilan mashg‘ul bo‘lish, ijtimoiy tovarlar bilan ta’minlash va xavfsizlik tarmoqlarini yaratish uchun hukumatning resurslarni asosiy taqsimlovchi rolini bozorlarni boshqarish va tartibga solish vazifalarini bajaruvchiga aylantirish biroz mushkul. O‘zbekiston uchun raqamli iqtisodiyot, Osiyoning rivojlanib borayotgan o‘rta sinfi va “Belbog‘ va Yo‘l” (Belt and Road) tashabbusi kabi yangi imkoniyatlar mavjud. Bo‘lardan foydalanish uchun O‘zbekiston taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi to‘rtta kamomadni yopishi kerak: bandlik, korxonalar, eksport va energiya samaradorligi. Biz bo‘larni mamlakatning quyidagi xususiy sektori diagnostikasida ta‘kidlab o‘tdik. Bandlik. O‘zbekistondagi mehnatga layoqatli aholi soni jadal o‘sib bormoqda va mamlakat o‘z ishchi kuchidan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun foydalanishi mumkin. 2017 yilda O‘zbekistonning mehnat yoshidagi aholisi soni qariyb 23 millionni tashkil qilgan, bu esa umumiy aholi sonining 72 foizidir. Ulardan 13 millionga yaqini ishchi kuchi sifatida jalb qilingan. 2030 yilga borib ishchi kuchi yana 4 millionga oshadi va O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududida beshinchi eng katta davlatga aylanadi. Lekin mehnat yoshidagilarning ko‘pchiligi faol emas, ishsiz yoki chet elda mehnat qiladi. Ayniqsa yoshlar umidsizlikda – har 10 nafar 20-24 yoshdagi aholidan bittasi hatto ish qidirishni xohlamaydi. Korxonalar. Ish o‘rinlari asosan qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda byudjet tashkilotlari rasmiy sektorni egallagan. Har besh nafar ishchidan to‘rttasi qishloq xo‘jaligi va kichik turdagi xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi. Ushbu sohalarning mamlakat YAIM (Yalpi Ichki mahsulot)dagi ulushi ham o‘zi kabi kichik. Har uch nafarining biri byudjet tashkilotlarida ishlasa, yana bittasi o‘z shaxsiy biznesiga ega. Bu esa tez rivojlanadigan o‘rta turdagi korxonalarni “yo‘qotilgan bog‘lovchi”ga aylantiradi. Zero mamlakatda o‘zining salohiyati darajasida faoliyat yurita olmayotgan yirik byudjet tashkilotlari hamda 70 foizi hech qanday qo‘shimcha ishchi yollamaydigan kichik firmalar hamon hukmron. Eksportlar. O‘zbekistonning eksportdagi raqobatbardoshligi so‘nggi 10 yillikda yomonlashib bormoqda. Nochor tadbirkorlik muhiti va jahon bozorlaridan olisda bo‘lish O‘zbekistonni global qiymat zanjirlariga tez qo‘shilib ketishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga, qo‘shni Qozog‘istonning raqobatbardoshligi jahonda 14 foizga, Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani mintaqasida esa o‘rtacha 42 foizga oshdi. Osiyoda tobora o‘sib borayotgan iste’molchilar sinfining paydo bo‘lishini hisobga olganda, O‘zbekistonning savdo-sotiqdagi kuchsizlanib borayotgan raqobatbardoshligi ulkan yo‘qotilgan imkoniyatni anglatadi. Yaxshilangan iqtisodiy muhitda, o‘zbek tovar mahsulotlari va xizmatlari G‘arbiy Yevropa va Sharqiy Osiyoda kattaroq bozorlarga xizmat qilish imkoniyatiga va ularga yetib borish uchun yaxshiroq sharoitlarga ega bo‘ladi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling