Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet13/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Energiya samaradorligi. Energoresurslardan samarali foydalanish borasida O‘zbekistonning natijalari past va u bu sohada dunyodagi eng quyi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Energiyaning isrof bo‘lishi, suvdan foydalanish va YAIM birligiga nisbatan CO2 chiqindilari ko‘rsatkichlari dunyo bo‘yicha eng yuqorilardan biridir. Norentabel kimyo va neft-kimyo sanoatlari bu muammoga salmoqli hissalarini qo‘shadilar. Elektr energiyasini subsidiya qilinishi atrof-muhitga etkazilayotgan zararni kuchaytiradi va mantiqqa zid borib, boshqa sanoat korxonalari faoliyatiga halaqit beradi: past elektr energiya narxlari uning haddan ziyod ko‘p ishlatilishiga olib keladi – ayniqsa qish mavsumida – va elektr energiyasi tanqisligini keltirib chiqaradi.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilishda O‘zbekiston xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Yanada barqaror va yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yarata oladigan tashqi savdoga aloqador bo‘lgan sektorlarda bunday imkoniyatlar eng yuqori. Jahon banki va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi jamoasi iqtisodiyotning O‘zbekistonning gullab yashnashi uchun muhim bo‘lgan to‘rtta jihatiga nazar tashladi.

  • Har tomondan quruqlik bilan o‘ralgan mamlakat sifatida O‘zbekiston uchun havo yo‘li orqali aloqa muhim hisoblanadi. Sayyohlar yo‘l yoki temiryo‘l orqali kelishmaydi va O‘zbekistonning aksariyat mollari, ayniqsa, yuqori qiymatli va tez buziladigan mahsulotlari ishonchli va raqobatbardosh havo transporti va logistika bo‘lishini taqozo qiladi. O‘zbekiston yaqinda o‘zining viza rejimini liberallashtirdi. Endi u O‘zbekiston Havo Yo‘llarini ikkovi ham davlat kompaniyalari bo‘lgan Emirates va Singapur Airlines kompaniyalaridan andoza olib, rivojlanayotgan lekin, murosasiz bozorda raqobatbardosh qilishi lozim. Tub islohot bu – funksiyalarni bo‘lishdan iborat bo‘lib, ya’ni kompaniya, aeroport boshqaruvi va aviadispetcherlik xizmati bir-biridan ajratilishi va mustaqil tartibga soluvchi struktura ta’sis etilishi kerak. Biroq, mamlakat, avvalo, jiddiy qarz muammosini hal qilishi lozim.

  • O‘zbekistonning endi shakllanayotgan raqamli iqtisodiyoti universal va hamyonbop infratuzilma barpo etish uchun ulkan islohotlar va sarmoyalarni talab qiladi. Dunyo bo‘ylab hukumatlar telekomlarni davlat korxonalaridan shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli rivojlanish sektorlariga aylantirishmoqda. Biroq O‘zbekiston ortda qolmoqda. U mustahkam malakalar bazasini yaratishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan “yangi iqtisodiyot” o‘zbek kompaniyalarining tajribasidan foydalanishi mumkin. Havo yo‘li orqali aloqa kabi funksiyalarni bo‘lish va davlatning ta’sir doirasini qisqartirish ham muhim hisoblanadi.

  • Kimyo sanoati ulkan potensialga ega va modernazatsiyaga tayyor. O‘zbekiston tabiiy gaz va meneral o‘g‘itlar va ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan metanoldan olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda muhim bo‘lgan kaliyli va fosfatli rudalarga ega bo‘lishi bilan o‘ziga xos hisoblanadi. Bu holat O‘zbekistonni mintaqadagi kuchli ishtirokchilardan biriga aylantirdi. Biroq kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish Shu bilan birga uglerod chiqindilarini ham yuzaga keltiradi, va O‘zbekistonni energiya samaradorligi nuqtai nazaridan dunyodagi eng ortda qolgan mamlakatga aylantiradi. Modernizatsiya va samaradorlikni oshirish bo‘yicha talaygina tez erishilgan yutuqlar mavjud. Sektorda davlat korxonalari bilan birgalikda qo‘shma korxonalar tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan chet el kompaniyalari ham mavjud, va ayrimlari xususiylashtirishga qiziqish bildirmoqda. Kimyo sanoatini modernizatsiya qilish O‘zbekistonning raqobatbardoshligini oshiradi va uni yanada energoresurslardan tejamkorlik bilan foydalanadigan mamlakatga aylantiradi.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling