Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Globallashuv sharoitida ichki va tashqi xavfsizlikni ta’minlash


Download 2.42 Mb.
bet17/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

4.2. Globallashuv sharoitida ichki va tashqi xavfsizlikni ta’minlash
Globallashuv zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi eng asosiy jatumanlarning biri bo‘lib, xo‘jalik hayoti baynalminallaShuvining yuqori bosqichi hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab chiqarish kooneratsiyasi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatiaming boshqa shakllari rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro aloqasi va bir biriga bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Hozirgi davrda tashqi omillarni hisobga olmasdan davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.
Ma’lumki, mamlakatlar iqtisodiyotlarining bir-biriga bog‘liqligi kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalaming milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtiroqi faoliaShuvi xo‘jalik faoliyatining baynalminallaShuvidir. Iqtisodiyot baynalminallaShuvi bir qator bosqichlarni bosib o‘tgan bo‘lib, dastlabkisi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi va bunda tashqi savdoning roli g‘oyat muhimdir.
Davlatlar o‘rtasidagi xalqaro xo‘jalik aloqalarining me’yoriy-huquqiy ta’minlanishi, qayta ishlab chiqarish jatumanlarining milliy chegaralardan tashqariga chiqishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir. BaynalminallaShuvning keyingi bosqichi «xalqaro iqtisodiy integratsiya» atamasi bilan bog’liq. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlaShuvi, kapital harakati jo‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bo‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi bilan izohlanadi.
Integratsiya (integratio) so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, ma’lum bir qismlarning umumlashishi, yagona bir shaklga kelishi va birlashishini anglatadi. Mintaqalar doirasida ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‘zaro yaqinlashib, bir-birini to‘ldirishi hamda baynalminallaShuv jatumanida yagona bir ishlab chiqarish va boshqarish tizimida faoliyat yuritishi mintaqaviy integratsiya deb ataladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya mehnat taqsimoti asosida ma’lum bir davlatlar xo‘jaliklarining birlashishi hamda o‘zaro aloqalarining samarali rivojlanishi oqibatida milliy iqtisodiyotlarga turli shakl va darajada ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya xo‘jalik munosabatlari baynalminallashuvining yangi va shu bilan birga murakkab bosqichi bo‘lib, jahon iqtisodiyotining yuqori, samarali va kelajakka yo‘naltirilgan rivojlanish nuqtasi hisoblanadi. Bunda faqatgina milliy xo‘jaliklar birlashibgina qolmasdan, balki iqtisodiy muammolarning yechimi hamkorlikda hal etilishi ta’minlanadi. Shu o‘rinda aytish joizki, iqtisodiy integratsiya mamlakatlarni birgalikda faoliyat yuritishga yetaklovchi jatuman sifatida quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- turli mamlakatlaming milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning to‘liq yoki qisman umumiylaShuvi;
- mamlakatlar o‘rtasida tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchi harakatidagi to‘siqlarning qisman yoki to‘liq bartaraf etilishi;
- yagona bozor yaratish maqsadida ma’lum bir davlatlar bozorlarining bosqichma-bosqich birlaShuvi;
- turli mamlakatlarga taalluqli bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi farqlarning birin-ketin bartaraf etilishi;
- har bir hamkor davlatda iqtisodiy faoliyat bilan Shug‘ullanuvchi chet el subyektlarining kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Iqtisodiy integratsiya jatumanlari ikki tomonlama, bir nechta mamlakatlar va hududlararo bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamonda integratsion birlashmalarning asosiy masalalaridan biri ularning hududiy darajada rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. Bu masala odatda davlatlararo boshqaruv tizimi joriy etilib, yakka umumiy mintaqaviy xo‘jalik majmui tashkil etiladi. Hozirgi bosqichda xalqaro aloqalar tizimining barcha jabhalarida izchil o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Uning aksariyati globallaShuv jatumanlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
GloballaShuv baynalmilallaShuvning eng yuqori bosqichi bo‘lib, shu nuqtayi nazardan bu faqatgina inson va tovarlar harakatining kuchayishigina emas, balki ko‘p jihatdan bilimlar va ma’lumotlar almaShuviga asoslanadi. globallashuvga atroflicha ta’rif berilganda, aholining erkin migratsiyasi, tovar va xizmatlar, texnologiya va ma’lumotlarning milliy chegaralardan to‘siqsiz erkin o‘tishi, xorijiy investitsiyalar hajmining kengayishi, hududiy va ixtisoslashgan bozorlarning o‘zaro integratsiyalaShuvi, ekologik, demografik muammolarning umumbashariy masalaga aylanganligi tuShuniladi. Aksariyat ekspertlar fikriga ko‘ra, hech bir jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va boshqa soha yoki harakat qatlami globallaShuvdan tashqarida, atroflicha ko‘rib chiqib bo‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon iqtisodiyotining globallaShuvi jamiyat hayoti hamda faoliyatidagi turli soha va jabhalarni bir-biriga ta’sir etishi hamda bog‘liq bo‘lib qolishining kuchayayotganini anglatadi.
Globallashuv - bu iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi jamiyat taraqqiyotining murakkab bosqichi hisoblanadi. Globallashuv o‘zining boshlang‘ich bosqichidanoq barqaror rivojlanishga yangi tahdidlarni vujudga keltirdi. Ular bir qarashda G‘arbiy davlatlardan boshqa barcha mamlakatlarga taalluqli bo‘lib ko‘rinadi, aslida bu chaqiriq yer yuzidagi aksariyat insoniyatga tegishli. Bu esa jahonda sodir bo‘layotgan barcha voqea-hodisalar hamda jahon tizimini barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarda hamma davlatlarning ma’suliyatini oshirishga da’vat etadi. Globallashuv jahon xo‘jaligida barcha hudud va sohalarni o‘z ichiga qamrab olib, milliy xo‘jaliklar rivojlanishidagi tashqi va ichki omillar muvozanatini birinchisining foydasiga hal etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan texnologiya va kapitalga doimiy talab mavjudligidan kelib chiqqan holda, hech qanday mamlakat o‘z milliy iqtisodining hajmi (yirik, o‘rta, kichik) va rivojIanganlik darajasidan (rivojlangan, rivojlanayotgan yoki o‘tish davridagi) qat’iy nazar o‘zini-o‘zi to‘liq yoki yetarlicha ta’minlay oladi, deb ta’kidlab bo‘lmaydi. Jahon xo‘jaligi tizimidagi asosiy ishtirokchilarning xatti-harakati va olib borayotgan ijtimoiy iqtisodiy siyosatini hisobga olmasdan, hech bir mamlakat o‘zining iqtisodiy rivojlanish strategiyasini maqsadli shakllantirib, samarali amalga oshira olmaydi.
Globallashuv jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda, ya’ni:

  • tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual (aqliy) mulk ob’yektlarining milliy, xalqaro va jahon savdosi;

  • ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (tabiiy resurslar ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar);

  • xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalar ko‘lamining kengayishi (beg‘araz moliyalashtirish va yordam, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sub’ektlariga kredit va zayomlar, qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, maxsus moliya mexanizmi va vositalari);

  • ishlab-chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologiya va informatsion hamkorlikning chuqurlaShuvi;

  • o‘zaro tovar almashuvidan ishlab chiqarish baynalminallaShuviga o‘tilishi ya’ni bir nechta mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari ma’lum bir tayyor mahsulot yaratishda turli shakl va bosqichda ishtiroq etishlari va pirovard natijada ishlab chiqarish baynalminallashuvining institutsional shakli sifatida transmilliy korporatsiyalaming vujudga kelishi;

  • kapital baynalminallashuvi ya’ni mamlakatlar o‘rtasida xalqaro kapital harakatining jadallashuvi (bevosita xorijiy investitsiyalarning tashqi savdo va ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan oshib borayotganligi), fond bozori rivojlanish darajasining o‘sishi;

  • xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiya doirasida texnologik bilimlar, ilmiy-texnika vai ishlab chiqarish vositalari almaShuvining kuchayishi;

  • xalqaro hamkorlikni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi global moddiy, informatsiyaviy, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish;

  • xalqaro savdo tizimidagi an’anaviy odatlarni sifat va ko‘lam jihatdagi o‘zgartirish va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlaShuvi natijasida tovar almaShuvining baynalminallashish darajasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikning eng asosiy yo‘nalishi sifatida moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish;

  • ishlab chiqarish va iste’mol jatumanlarining atrof muhitga ta’sirining ko‘chayishi va mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikning kengayishi;

  • va nihoyat ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi ko‘lamining haddan ziyod kengayishi rivojlanayotgan mamlakatlardan oqib kelayotgan ishchilar rivojlangan mamlakatlarda past yoki umuman malaka talab etilmaydigan ishlarga jalb etilmoqdalar. Shu bilan birga yuqori malaka talab etmaydigan, kam ish haqi to‘lanadigan ish o‘rinlarini to‘ldirish uchun xorijiy ish kuchidan foydalanayotgan mamlakatlar immigratsiya miqdorini kerakli darajada ushlab turishga harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi immigratsiya jatumanlariga yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Masalan, biron bir Yevropa, Shimoliy Amerika yoki Yaponiya kompaniyasi osonlik bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi kompyuter mutaxassisiga malum bir dastur yaratish yuzasidan o‘z joyidan turib topshiriq bera olishi mumkin.

Hozirgi davrning dolzarb masalasi erkin va samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borish, global tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchi bozori ishtirokchisiga aylanish, mamlakatlari yagona jahon iqtisodiy xo‘jaligi majmuiga birlashtirish uchun umumbashariy iqtisodiy, huquqiy, informatsion va madaniy muhitni yaratishdan iborat.
Bu vaziyatda, globallashuv jatumanining asosiy subyektlari sifatida transmilliy korporatsiyalar ichki xo‘jalik faoliyatiga nisbatan o‘zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlariga alohida e’tibor qaratib va globallaShuvning moddiy asosi va harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqdalar.
Bugungi kunda turli mamlakatlarda xo‘jalik muhitining xilma xilligi globallaShuv jatumanlarining yanada avj olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling