Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Real sektor iqtisodiyotini prognozlash xususiyatlari va istiqbollari


Download 2.42 Mb.
bet22/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

5.2. Real sektor iqtisodiyotini prognozlash xususiyatlari va istiqbollari
Real sektor iqtisodiyoti va uni iqtisodiy prognozlashning fan sifatida rivojlanishida uning usuli katta rol o’ynaydi. Usul – bu, o’rganish yo’llari va usullarini tanlash hamda shu tarmoqdagi haqiqat ko’rinishlarini umumiylashtirishdir. Iqtisodiy prognozlashning usuli har bir tarmoqda bo’lganidek izlanayotgan ob’ektlarga qarashli, o’rganilayotgan omil va ko’rinishlar asosiga kirish mumkin bo’lgan dialektik usuldir. U umumiy ilmiy usullar va izlanishiga yondashuv hamda iqtisodiy ko’rinishlarni ilmiy prognozlashga asoslangan o’ziga xos usullar asosida ishlatiladi.
Umumiy yondashuvlardan quyidagilarni ajratish mumkin :

  • tarixiy yondashuv;

  • kompleks yondashuv;

  • tizimli yondashuv;

  • tuzilmaviy yondashuv;

  • tizimli-tarkibiy yondashuv.

Tarixiy yondashuv har bir hodisaning tarixiy tuzilishi bilan o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqishdan iborat. O’tmish hozirgi kun va kelajakning o’zaro bog’liqligidan kelib chiqadi, kelajak hozirgidek mavjuddir. Shuning uchun prognozlash hozirda mavjud bo’lgan qonun va tendentsiyalarni undan tashqariga o’tkazadi va uning asosida kelajakning mavjud bo’lmagan modelini ishlab chiqish bilan bog’liq. Bir xil ko’rinishdagi har xil tarixiy shakllarning mavjudligi orasidagi bog’liqlik izlanayotgan ob’ektning hozirgi ko’rinishi uning oldingi rivojlanish natijasi ekanligini bildiradi. Bunday yondashuv mantiqiy izlanish ijtimoiy rivojlanish tarixiy xarakterining aksi hisoblanadi.
Kompleks yondashuv hodisalar va ularning bog’liqligi va karamligini ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi. Buning uchun shu hodisalarni o’rganuvchi nafaqat bu fan, balki boshqa fanlarning ham usullaridan foydalaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarning kelajakdagi rivojlanishi haqidagi ilmiy tasavvurlarni ishlab chiqishning nazariy asosi siyosiy iqtisod hisoblanadi.
Iqtisodiy prognozlashning amaliyoti va nazariyasida boshqa ijtimoiy fanlarning ilmiy apparati keng qo’llaniladi.

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling