Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


-Modul. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Download 2.42 Mb.
bet3/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

2-Modul. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
1-Mavzu: “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
Ma’ruza rejasi:
1.1. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni
1.2. Iqtisodiy xavfsizlikning konseptual asoslari
1.3. “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti va ob’yekti
1.4. Fanning iqtisodiy islohotlar davridagi maqsadi va asosiy vazifalari
Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik tarkibiy qismlari, mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, ekologik xavfsizlik, mintaqa xavfsizligi, xususiy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik predmeti, iqtisodiy xavfsizlik ob’yekti, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi.


1.1. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni
Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2019 yil 17 yanvardagi Farmonida “Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida – makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, sogʻlom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish, ” belgilab berilgan.
Yaxshi ishlab chiqilgan va soddalashtirilgan huquqiy tizimsiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish mumkin emas. O‘z-o‘zini tartibga solish uchun mo‘ljallangan, aniq ravshanlik, huquq va majburiyatlarning aniq ishonchliligi, rag‘batlantirish choralarining samaradorligi va javobgarligi bilan tavsiflanishi kerak bo‘lgan bunday xulq-atvor qoidalarini belgilashni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o‘z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo‘la boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik o‘zining obyekt va subyektlariga ega bo‘lib, uning ob’yekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni mezonlarga asoslangan holda o‘rganish deganda, iqtisodiyot holatini umumlashtirilgan holda, ya’ni resurs salohiyati va uning rivojlanish imkoniyatlari, resurslardan foydalanish samaradorligi darajasi, raqobatbardoshligi va hokazolarni baholash tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lganligi bois ham uni ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko‘rsatish qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish mumkin” .
Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo’nalish bo‘lib, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo’nalishlar bilan bir qatorda turadi. Mana shu yo’nalishlar bir – birini to‘ldirib turadi va bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Chunki, mamlakat iqtisodiyoti baquvvat bo‘lmasa, u barqaror rivojlanmasa, ushbu mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash mushkul bo‘lib qoladi. Ayni paytda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmas ekan, uning mudofaa qobiliyati ham mustahkam bo‘lmaydi va iqtisodiyoti samarali rivojlanmaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tish kerak bo‘ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish va farovonlikka intilish to‘g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo’naltiriladi. Shuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o‘z ichiga oladi (1-rasm).

1.1-rasm. Milliy xavfsizlik turlari


Iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil, barqaror rivojlanishiga qodirligini ta’minlashga yo’naltirilgan.
Respublikamizda iqtisodiy xavfsizlik masalasi mamlakat milliy xavfsizligining bir qismi sifatida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ko‘rib chiqildi. Unda mamlakatning milliy xavfsizligi, uning ajralmas qismi bo‘lgan iqtisodiy xavfsizlik masalalari nazariy jihatdan chuqur tahlil qilindi.
Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning umummilliy majmuasi bo‘lib, u albatta davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko‘zda tutadi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling