Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Iqtisodiy xavfsizlikning konseptual asoslari


Download 2.42 Mb.
bet4/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

1.2. Iqtisodiy xavfsizlikning konseptual asoslari
Ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining turlicha talqinlari berilgan. Bir guruh olimlar mazkur tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo’naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo‘lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydi.
Boshqa bir guruh olimlar esa o‘rganilayotgan tushunchani hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan, milliy manfaatlarni himoya qilish va ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar.
A. Isaxodjaev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo‘lmay, davlat hokimiyati institutlari, ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir .
“Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo‘ladigan aralashish va tazyiqlarsiz o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo’li hamda shakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlarining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash mexanizmlarini yaratishga bo‘lgan tayyorligi va qobiliyati hamdir.
Rossiyalik mashhur olim, akademik L. Abalkin «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining uchta asosiy elementini ajratib ko‘rsatgan. Bular: iqtisodiy mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakatning o‘z-o‘zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi.
L.Abalkinning fikricha, iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga bog’liq qilib qo‘yadi. Bunday sharoitlarda iqtisodiy mustaqillik milliy resurslarni nazorat qilish imkoniyatini bildiradi. Ishlab chiqarish, samaradorlik va mahsulot sifatining shunday darajasiga erishish kerakki, u mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlasin va jahon savdosida, kooperatsiya aloqalarida va fan-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng ishtirok etish imkoniyatini bersin. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit va kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan omillarga (masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og’ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo’l qo‘ymaslik) to‘siq bo‘lish imkoniyatlarini bildiradi.



1.2- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari


L.Abalkinning ta’kidlashicha, mamlakatning o‘z-o‘zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o‘ta muhimdir. Investitsiya va innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiya qilish, xodimlarnining bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi .
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining shunday holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud:
xalqaro (global va mintaqa darajasida);
milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida);
xususiy (firma va shaxs darajasida).
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o‘z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo‘rlab o‘tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qanday xalqning o‘z mustaqil yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va manfaatlarning mavjudligini qonuniy ekanligini hurmatlash yo’lidan boriladi.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining milliy manfaatlarni kafolatli himoyalanganligi, mamlakat rivojlanishining ijtimoiy yo’naltirilganligi, yetarli iqtisodiy va mudofaa salohiyatining ta’minlangandagi holatini ifodalaydi.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy- iqtisodiy va injener-texnik chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir .
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqishda unga ta’sir etuvchi barcha omillarni va birinchi navbatda iqtisodiyotning samaradorligini oshirishni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyotning izchil va samarali o‘sishini ta’minlay oladigan ichki va tashqi shart-sharoitlar yig’indisini hamda uning jamiyat, davlat, shaxsning ehtiyojlarini qondira olish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlay olish, turli tahdidlardan himoyasini kafolatlay olish qobiliyatini ifodalaydi.
Bundan kelib chiqadiki, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi birinchi navbatda iqtisodiyotning samaradorligi bilan ta’minlanishi kerak, ya’ni iqtisodiyot yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni ta’minlash asosida o‘zini o‘zi himoya qilishi zarur. Bu esa davlat organlari, iqtisodiyotning barcha bo‘g’inlari va tashkiliy tuzilmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling