Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Fanning iqtisodiy islohotlar davridagi maqsadi va asosiy vazifalari


Download 2.42 Mb.
bet6/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

1.4. Fanning iqtisodiy islohotlar davridagi maqsadi va asosiy vazifalari
«Xavfsizlik» tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, turlicha ma’noda talqin etiladi. Shunga qaramasdan ularda umumiy g‘oya ham mavjud bo‘lib, bunga ko‘ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi.
Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, iqtisodiyot sohasiga oid juda ko‘p bilimlarni “xavfsizlik” tuShunchasini hisobga olgan holda to‘ldirish yoki tuzatish maqsadga muvofiqdir.
Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va tadqiqodchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o‘ylantirgan.
XX asrda jamiyat xavfsizligiga bo‘lgan zamonaviy qarashlarga V.Paretto va rossiyalik yirik olim A.Bogdanovlarning asarlarida asos solingan .
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar qabul qilishda yo’nalish bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o‘zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo‘lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo‘ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi.
Fanning iqtisodiy islohotlar davridagi maqsadi bu har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor yaratishdir. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil milliy va mintaqaviy siyosat olib bordi.
Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida unga u yoki bu darajada ta‘sir ko‘rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo‘lib, Shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni ko‘zlab, maqsadlar qo‘yishda ularni hisobga olish kerak bo‘ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai- nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo‘nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin.
Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo‘lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda.
AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro‘y berib, keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga tarqalib, global harakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi.
Samarqand shahrida 2017 yilning 10-11 noyabr kunlari BMT shafe‘ligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro konferensiya bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surilgan hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim amaliy qadamlardan biri bo‘lgan mazkur yirik xalqaro tadbirda 500 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH,Yevropa, Osiyo hamda Amerika davlatlarining nufuzli rasmiy delegatsiyalari, BMT, EI, EXHT, ShHT, MDH, ETTB kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va yetakchi xorijiy OAV xodimlari, Shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari qatnashdilar.
Xalqaro anjumanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida Markaziy Osiyoda osoyishtalik hamda barqaror taraqqiyotga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan faol tashqi siyosat, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasidagi muhim vazifalar haqida to‘xtalib, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni takomillashtirish va faollashtirishga qaratilgan 6 ta yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bular savdo-iqtisodiy, transport va tranzit-logistika, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, davlat chegaralariga doir masalalarni yakuniga yetkazish, suv resurslaridan adolatli foydalanish, mamlakatlar, xalqlarimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash kabi yo‘nalishlardir.
Ushbu yo‘nalishlar ichida, ayniqsa, Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq yo‘nalish alohida ahamiyatga ega. Zero, Markaziy Osiyo mintaqasida tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy topgan makon barpo etish — O‘zbekiston intiladigan eng ulug‘ maqsad va asosiy vazifadir.
Ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoni tinchlik, osoyishtalik, barqaror taraqqiyot hamda yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Chunonchi, mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik, ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish yaqin va o‘rta muddatli strategiyada tashqi siyosatimizning ustuvor vazifasi sifatida qayd etilgan.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati, katta miqdordagi mineral va xom-ashyo resurslari tufayli xalqaro maydonda jiddiy e’tibor obyektiga aylanib bormoqda. Dunyoning yirik davlatlarining ushbu mintaqadagi strategik manfaatlari, afsuski, hamisha bir-biriga mos tushayotgani yo‘q. Aksincha, aksariyat holatlarda ushbu manfaatlarning o‘zaro to‘qnaShuvi sodir bo‘lmoqda. Salkam 40 yildan beri Afg‘onistonda davom etayotgan keskinlik va qarama-qarshilik fikrimizning yaqqol dalilidir.
Prezidentimizning ma’ruzasida mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, mitaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekistonning qator taklif va tashabbuslari yangradi. Ayniqsa, bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlarini tashvishga solayotgan terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash zarurligi qayd etildi. “Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur” – deb qat’iy fikr bildirdi Prezidentimiz. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz rahbari xavfsizlik masalalarining yechimi bo‘yicha, eng avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida, Shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligini qayd etdi.
Ma’lumki, Prezidentimiz joriy yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlab, o‘z ma’ruzasida Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish ekanligini, afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal qilishga haqli ekanligini alohida ta’kidlagan edi.
Samarqanddagi anjumanda ham mamlakatimiz rahbari Afg‘oniston masalasiga doir O‘zbekistonning pozitsiyasini yana bir bor e’lon qilib, bugungi kunda Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqligini qayd etdi. Bu borada birinchi galdagi vazifa — Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashishdan iboratdir.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston qator yillardan buyon Afg‘onistonda iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga har tomonlama ko‘mak berib kelmoqda. Mamlakatimiz bundan keyin ham jafokash afg‘on xalqining qaddini tiklash, qo‘shni mamlakatning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etadi.
Prezidentimizning ma’ruzada ilgari surilgan progressiv va o‘ta dadil fikrlarini umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin: Markaziy Osiyodagi xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar yaxlit va bo‘linmasdir, uni ta’minlash faqat ayrim davlatlarning individual vazifasi emas, balki hammaning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, mintaqaviy xavfsizlik Markaziy Osiyodagi har bir davlatning alohida sa’i-harakatlari evaziga emas, balki mintaqa mamlakatlarining bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zaro harakat qilishi va xalqaro hamjamiyat bilan uzviy hamkorlik qilishi orqaligina ta’minlanishi mumkin.
Umuman olganda, Samarqandda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro anjuman Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror rivojlanishi, mintaqaviy ko‘plab jiddiy masalalarning hal qilinishi, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xalqaro anjumanning amaliy natijalaridan biri sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan 2018-2019 yillarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolanishi tashqi siyosat mahkamalarining ko‘p tomonlama hamkorligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Konferensiya ishtirokchilari Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasiga Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir maxsus rezolyutsiya qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
Xalqaro konferensiya so‘nggida Markaziy Osiyo xalqlarini o‘ylantirayotgan asosiy masalalar o‘z ifodasini topgan yakuniy hujjat — kommyunike qabul qilindi. Mazkur kommyunikeda konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan prinsipial fikr-mulohazalar o‘z ifodasini topdi. Shu bilan birga, mintaqada siyosiy ishonch darajasining mustahkamlanayotgani, davlatlararo munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlar, “Markaziy Osiyo — bizning umumiy uyimiz” g‘oyasi ham o‘z aksini topdi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling