Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


O’zbekiston milliy xavfsizlik konsepsiyasi


Download 2.42 Mb.
bet8/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

2.2. O’zbekiston milliy xavfsizlik konsepsiyasi
O‘zbekistonda keng ko‘lamda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tish jatumanlari globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotimiz xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish kerakligini taqozo etmoqda. Chunonchi, hech bir davlat o‘zining barqaror taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga o‘z milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlamasdan erisha olmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, iqtisodiy xavfsizlik masalalari sirasiga kiruvchi, uning komponentlaridan biri hisoblangan tashqi iqtisodiy faoliyat xavfsizligi hozirda xo‘jalik munosabatlarining globallashuvi jatumanida alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir davlatning iqtisodiy mustaqilligi, uning aholisi turmushi farovonligi ko‘p jihatdan uning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining asosi bo‘lgan ishlab chiqarish va ilm-fan tizimining muvofiqlashtirilganligi bilan o‘lchanadi. Shulardan kelib chiqib, keyingi o‘rinda asosiy e’tibor iqtisodiy xavfsizlikning innovatsiya omiliga, intellektual mulkni muhofazalash tizimini takomillashtirish masalalariga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 29 avgust 467-I-son Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasining Milliy Xavfsizlik Konsepsiyasi tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining 5-Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik, va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlarida yangi tahriridagi O’zbekiston Respublikasining Milliy Xavfsizlik Konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasining Milliy Xavfsizlik Konsepsiyasining yangi tahriri tashqi va ichki tahdidlarga javob qaytarishning yangicha yondashuvlar Mudofaa doktrinasida aks ettirilgan. Milliy Xavfsizlik Konsepsiyasining milliy xavfsizlikka tahdidlar va xalqaro vaziyatning o’zgarishlariga adekvat javob qaytaradi. Doktrina:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi, xalqaro huquqning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining prinsiplari va normalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga tayanadi;
mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqadi;
Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining va mamlakat mudofaasini rejalashtirishga doir boshqa hujjatlarning asosiy qoidalarini inobatga oladi;
harbiy mojarolarning oldini olish, hayotiy muhim milliy manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha davlat, jamiyat va fuqarolar faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlari va usullarini ochib beradi;
davlatning kelajakda mudofaa sohasidagi siyosati ustuvorliklarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tayyorlash, qurish va qo‘llashning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilaydi.
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;
Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;
Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling