Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash
Meva – sabzavotchilik sektori ham muhim. Chunki yillik eksport hajmi 1 milliard dollarni tashkil qiladi. Biroq, O‘zbekiston o‘zining nisbiy ustunligidan foydalanmayapti. Eksportning 80 foizini qo‘shni Qozog‘iston va Rossiyaga ketayotgan yangi mahsulotlar tashkil qiladi. Lekin salohiyati va bozorlargacha bo‘lgan masofa nuqtai nazaridan O‘zbekiston Osiyoning “Kaliforniya”si bo‘lishi mumkin; u Yevropa va Sharqiy Osiyoga eksport qilishi mumkin bo‘lgan yuqori qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Ba’zi hollarda uning raqobatchilari kam: Sharqiy Osiyoga giloslarni Kaliforniya va Vashington yetkazib beradi. Turkiya va Eron yong‘oq va quritilgan mevalarni Yevropaga yetkazib beradi. Yaqinligi va sifatga bo‘lgan talablar quyi bo‘lgani uchun O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonga eksport qiladi, vaholanki, Evropa va Sharqiy Osiyoda narxlar ancha yuqori.
Bu keng ko‘lamli islohotlar ulkan yutuqlarga olib kelishi bilan bir vaqtning o‘zida ko‘pgina muammolarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Bundan tashqari bu islohotlarni boshlash va ular suratini ushlab turish mushkul. Biroq qat’iyatli bo‘lishning mukofoti sifatida O‘zbekiston yanada raqobatbardosh, ochiq va badavlat jamiyat bo‘lish kabi maqsadlariga erishadi. 3.3. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash O‘zbekistonning milliy manfaatlarini shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, xalqaro, informatsion, harbiy, chegaraviy, ekologik va boshqa sohalardagi manfaatlarining uyg‘unligi sifatida qarash mumkin. Ba’zi huquqshunoslarning fikricha, davlat manfaati degan ilmiy tushuncha huquqshunoslik uchun asosiy kategoriya sanaladi. Davlat va davlat hokimiyati fenomeni bilan u yoki bu tarzda bog‘langan barcha ijtimoiy hodisalar, jumladan, davlat manfaatlarining huquqiy asoslangani va ularni huquqiy tartibni ta’minlash sohasida qo‘llashning tashkiliy-huquqiy shakl va usullari talqini mazkur kategoriyani to‘g‘ri tushunishga bog‘liq; zero, jamiyat negizining, davlat va hokimiyat qurilishi, fuqarolar haq-huquqlari kafolatining huquqiy asoslari ommaviy huquqning tub masalalari hisoblanadi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tizimiga yondashishning yana bir yo‘nalishi borki, bu uning suvereniteti — mustaqilligidir. Sof holda bunday yo‘nalish hech qaerda aks etmaydi, biroq davlat va huquq nazariyasining umumiy qoidalarini tahlil etib, uni alohida huquqiy yo‘nalish sifatida ajratib ko‘rsatish lozim. Bundan tashqari, iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodning mustaqilligini, uning barqarorligi va bardoshliligini, izchil yangilanib borishi va takomillashuvini ta’minlaydigan shart-sharoit va omillar majmui sifatida davlatga o‘zining mustaqilligini ta’minlash va tashqi xavflardan himoya qilish imkonini beradi. Biroq yuridik adabiyotlarda yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarga asoslangan sintetik ta’riflar ko‘proq uchraydi. «Iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasi haqida yuqorida qayd etilgan turli xil nuqtai nazarlar bo‘yicha munozaraga kirishmagan holda shuni ta’kidlash lozimki, ularning deyarli barchasi iqtisodiy xavfsizlikka davlat apparati, qurolli kuchlar, jismoniy va yuridik shaxslar-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orqali davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ma’nosida qaraydi, xolos. Vaholanki, hokimiyatning mustaqilligi egasi va yagona manbai sifatida aynan xalq ijtimoiy munosabatlar asosi bo‘lgan davlatning barqarorligi va mavjudligini ta’minlaydi. Shu bois, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarda iqtisodiy xavfsizlik deganda iqtisodning shaxsning kamoloti va munosib turmush darajasini, jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy-siyosiy barqarorligini ta’minlaydigan, ichki va tashqi xavflarga qarshi tura oladigan imkoniyatlari va tayyorligi nazarda tutiladi. Bunday talqinda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasi iqtisodiydan ko‘ra ko‘proq siyosiy mazmun kasb etadi. Ayni paytda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha konseptual qoidalarni aks ettirgan asosiy hujjat mavjud: bu O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi konsepsiyasi. Biroq himoyalanganlik holatining boshqa turlaridan farqli o‘laroq, iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim turi sifatida tub nazariy shaklda ifodalanmagan va rasman qabul qilingan, zamonaviy shart-sharoitga mos ta’rifga, amalda qo‘llanadigan, ilmiy asoslangan mazmunga ega emas. O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy masalalarini tadqiq etar ekanmiz, hozirgi sharoitda iqtisodiy xavfsizlikka nisbatan sezilarli tahdidlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga yagona huquqiy yondashuvning, mulkiy nizolar bo‘yicha sud amaliyotida birxillikning yo‘qligiga amin bo‘lamiz. Yuqorida qayd etilgan iqtisodiy xavfsizlikning yagona tizimi shakllanishi va rivojiga xalal berayotgan muammolarga to‘xtalib, shuni ta’kidlash joizki, iqtisodiy xavfsizlik murakkab o‘zgaruvchan tizim bo‘lib, unda butun O‘zbekiston taraqqiyotini belgilovchi tub asos ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning amaldagi modeli huquqiy institutlarni, jumladan, konstitutsiyaviy-huquqiy institutni ham ichki va tashqi tahdidlarga yanada qat’iy qarshi turish maqsadida takomillashtirishni, butun huquqni himoya qilish tizimini mumkin qadar qayta qurishni talab etadi. Mamlakat xavfsizligini nazariy va amaliy planda ijtimoiy munosabatlar holati sifatida umumiy tushunish butun davlat munosabatlari tizimidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, ekologik va boshqa xavfsizliklarni ajratib qarashni taqozo etadi. Zero, ular milliy xavfsizlik yoki mamlakat xavfsizligi tushunchasini shakllantiradigan turlar sifatida keladi. Davlat yagona ijtimoiy organizm sifatida yaxlit tizimning qismlaridan (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va hokazo) tarkib topgan bo‘lib, har birining ichida moddiy va ma’naviy qadriyatlar qarama-qarshiligi paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Ular nafaqat munosabatlar sohasining o‘zi balki butun mamlakat xavfsizligi uchun tahdid manbalarini shakllantiradi. Bu jarayonlarni kuzatib borish, samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun xavfsizlik sohasidagi barcha munosabatlarni o‘zining tavsifi, rivojlanish qonuniyatiga ega bo‘lgan, tizimli, amaliy tahlilga tushadigan tarzda guruhlarga tasniflash zarur bo‘ladi. Shu bois, xavfsizlikning asosi muvozanatni, tenglikni saqlashdirki, ular mamlakatning bugungi holatiga, barcha ijtimoiy qatlamlar manfaatlariga mos bo‘lishi lozim. O‘zbekistonda shakllanayotgan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash tizimi turli yo‘nalishdagi ijtimoiy strukturalar (axborot-tahliliy, ilmiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy va hokazo) bilan yaqin hamkorlikdagi davlat organlarining yagona majmui sifatida faoliyat yuritadi. Bu tizim quyidagi vazifalarni bajaradi: — birinchidan, O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligining umummilliy manfaatlariga tahdidlarni vaqtida, tezkorlik bilan ochish, prognoz qilish va ular haqida mamlakat rahbariyatini hamda manfaatdor organlarni xabardor etish. Bunday tahdidlar sirasiga inqirozli va boshqa noxush tendensiyalar, siyosiy, ijtimoiy, texnogen, energetik va ekologik xarakterdagi jarayonlar, shuningdek, jamiyat uchun xavf tug‘diradigan ichki va tashqi tajovuzlar kiradi; — ikkinchidan, zarur qonunchilik, ma’muriy, iqtisodiy, informatsion choralarni qo‘llab, mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladigan yashirin va real xatarlarning oldini olish, tarqalishini cheklash yoki zararsizlantirish; — uchinchidan, mamlakat xavfsizligiga tahdidlarga va ularning manbalariga qarshi bevosita tezkor-qidiruv, jinoiy-protsessual, qutqaruv, texnik-tashkiliy choralarni ko‘rish orqali kurashish. Demak, mamlakat taraqqiyotining turli bosqichlarida iqtisodiy xavfsizlikning muayyan turi xavfsizlikning umumiy tizimida etakchi bo‘lishi lozim. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, bu etakchilik boshqa turdagi tahdidlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun iqtisodiy xavfsizlikni uning konkret ko‘rinishida va konkret ijtimoiy munosabatlar uchun tanlangan etakchi yo‘nalishda ta’minlash rejasini ishlab chiqish va qo‘llashda aynan turli omillar muvozanati asos bo‘lishi kerak. Zero, hozirgi sharoitda iqtisodiyot sohasidagi bar¬qarorlik jamiyatning siyosiy va ijtimoiy hayotiga, davlat institutlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi strategik, nazariy kategoriyadir deyish mumkin. Demak, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning mazmunini, umumiy mexanizmini, ustuvorligi va asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi qonun qabul qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘tish davrida davlatning iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi, avvalambor, aholining turmush darajasini bir me’yorda ushlab turish va yaxshilash, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy xavfsizligini, millatlararo totuvlikni ta’minlash, davlatning konstitutsion tizimi asoslarini saqlash va mustahkam milliy kadriyatlar va manfaatlari tizimini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bu jarayonda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari o‘zaro zid bo‘lib, ular katta iqtisodiy xarajatlar qilishni taqozo etadi. Bu xarajatlar milliy xo‘jalik va tabiiy-iqtisodiy salohiyatining o‘rni koplanmaydigan sarfidan iborat bo‘lib, uning miqdori iqtisodiy beqarorlikning muhim omiliga aylanishi xech gap emas. SHuning uchun ham tanglik yoki o‘tish davrida inson, iqtisodiyot, jamiyatga keltirilgan zarar va xarajatlarni kamaytirish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim tamoyili bulishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim holatining kuyi chegarasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar qo‘llanadi. Ko‘rsatkichlar mazkur chegaradan pasayib ketgan yillarda iqtisodiy tizim uchun tahdidlar vujudga keladi; ular bu tizimning buzilishi, degradatsiyasiga olib kelishi mumkin. Ushbu chegarani va uning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash, belgilash uchun, bizningcha, quyidagilar amalga oshirilishi lozim: - milliy iqtisodiyot va iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o‘rganish va ularni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni belgilab olish; - milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keladigan omillarni aniqlash; - turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining shart-sharoiti, omillari va imkoniyatlarini baholash; - xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soladigan tahdidlarning oldini olish yo‘llarini aniqlash. Keng ma’noda iqtisodiy xavfsizlikni milliy iqtisodiyotning samarali, dinamik o‘sishi, uning jamiyat, davlat, shaxs ehtiyojlarini qondirish, tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlovchi, turli tahdid va yo‘qotishlardan kafolatlovchi ichki va tashki sharoitlar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. Ushbu ta’rifdan kelib chikkan xolda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘tish davrida unga xavf soluvchi ichki va tashqi tahdidlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlat boshqa sub’ektlardan farqli o‘larok hal qiluvchi o‘rin tutadi. Davlatning eng muhim vazifasi - jamiyat barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash, mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishdan iborat. Endigina vujudga kelayotgan xavfning oldini olish iqtisodiy tahdidlarning chuqurlashib ketishini passiv kuzatib turishga qaraganda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, oqilona yondashuvga tayangan bunday sa’y-xarakatlar xavfning oldini olishning asosiy tamoyili bo‘lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida aralash iqtisodiyot shakllanayotgan sharoitda davlat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun barcha xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini ilgarigidek direktiv usullap bilan tartibga solib bulmaydi. Bunday vaziyatda davlat xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini, iqtisodiyotni, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini asosiy iqtisodiy usul va vositalar ko‘magida tartibga solish talab etiladi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va ularning o‘zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling