Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI
- Tuzuvchilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI IQTISODIY XAVFSIZLIK FANIDAN MA’RUZALAR MATNI TOSHKENT-2021 SO’Z BOSHI Mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2020 yil yakunlarida “2021 yilga “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berib, “Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so’mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga qarshi jamg’arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, аholi vа korxonalarni qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi. Shuningdek, davlat korxonalariga vа 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’yekti hamda qariyib 8 million fuqaroga jami 66 trillion so’mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha amaliy yordamlar berildi”1. Demak, mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizlik borasida muhim yo’nalishlarni belgilab olgan. Mazkur fanimiz ham aynan iqtisodiy xavfsizlik bilan bog‘liq tamoyillarni, uslublarni o‘rgatishi bilan muhimdir. Iqtisodiy xavfsizlik–milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizligini o‘rganish orqali millatning va mintaqaning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash va uning munitsipial shakllanishini baholashga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan zarur bilimlar bilan qurollantirish maqsad qilib qo‘ylgan. “Iqtisodiy xavfsizlik” fani – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, iqtisodiy xavfsizlikning nazariy asoslarini milliy va mintaqaviy iqtisodiy darajada o‘rganishda mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko‘maklashish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish, turli darajadagi milliy manfaatlarning ziddiyatini hisobga olgan holda milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning alohida yo‘nalishlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash va rivojlanish usullarini o‘zlashtirib, iqtisodiy muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ta‘sirini o‘rganishda keng foydalaniladi. O‘quv-uslubiy majmua 60310400 - Iqtisodiy xavfsizlik yo‘nalishiga mo‘ljallangan bo‘lib, jamiyatda iqtisodiy xavfsizlik sohasida ro‘y beradigan munosabatlarni bilish va ularning amal qilishiga yordam beradi. Tuzuvchilar: katta o’qituvchi R.Kalandarov kalandarov.1979@mail.ru katta o‘qituvchi N.I.Xasanxonova xasanxonova@mail.ru Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling