Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu


Milliy boyliklardan olinadigan daromad


Download 294.79 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi294.79 Kb.
#1480210
1   2   3   4   5
Bog'liq
Feruzbek kurs ishi.

4. Milliy boyliklardan olinadigan daromad
Yuqorida keltirilganidek biz milliy boylikka milliy-tarixiy yodgorliklarimizni ham kirita olamiz. Shunday ekan bizning milliy-tarixiy maskanlarimizga xorijiy davlat aholilari va milliy aholimizning muntazam tashrifi bo`lib turibdi. Bunaqangi trusitlaring tashrifi o`z-o`zidan mamlakatimizga foyda keltirishi aniq. “2022 yil 21 iyun kuni “Xalqaro Abduxoliq Gʻijduvoniy simpoziumi”ni oʻtkazish boʻyicha Turkiya tomoni bilan onlayn formatda uchrashuv tashkil etildi. Bu uchrashuvga ko`plab trusitlar tashrifi kuzatildi. 2022 yilning 6 oyligida respublika boʻylab jami 6 518,4 mln. nafar turistlarning sayohati tashkil etilgan boʻlib, ulardan 4 866,1 mln. nafari mahalliy, 1 652,3 mln. nafari xorijiy sayyohlarni tashkil etdi. Bu yil 14-20 iyun kunlarida Indoneziyaning TVRI telekanali vakillari va “Halal Life Style Center” markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda ziyorat turizmi yoʻnalishida qator loyihalar tayyorlandi. “Baku shahrida Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor Oʻzbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024 yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya eʼlon qilindi, mazkur tashabbus islom dunyosida mamlakatimiz mavqeyini yanada koʻtaradi” 2022 yilning may oyida respublikada safari turizmni rivojlantirish maqsadida hududlarda oʻrganish olib borildi va 13 ta hududda istiqbolli 58 ta safari turizm maskanlari roʻyxati shakllantirildi. Bir yilda ichki turizmni rivojlantirish loyihasiga koʻra mamlakat boʻylab umumiy 10 million nafar turistlar kelsa, foyda miqdori 2,1 trillion soʻmni tashkil etadi. Statistik maʼlumotlarga qarasak, ziyorat turizmiga MDH mamlakatlaridan kelayotgan turistlar soni 2021 yilda jami 1 715 067 nafar tashrif buyurgan boʻlsa, 2022 yil 6 oy ichida 1 780 347 nafarni tashkil etdi.
2017 yilda O‘zbekistonga 2,7 mln nafar turist kelgan bo‘lsa, o‘tgan 2022 yilda ularning soni 1,9 barobarga o‘sib, 5,2 mlnni tashkil qildi. Bu koronavirus pandemiyasidan chiqqan, 2021 yilda 1 mln 880 ming nafar sayoh tashrif buyurgan O‘zbekiston uchun yaxshigina ijobiy ko‘rsatkich. Qolaversa, ichki turizm ko‘rsatkichlari ham har yili yuqorilamoqda. 2022 yilda ichki sayohat qiluvchilar soni 2017 yilga nisbatan (10,5 mln nafar) 107,0 foizga o‘sib, 11,3 mln nafarni tashkil qildi. Bu yil esa xorijiy sayyohlar soni 7 mln nafarga yetishi prognoz qilinmoqda.
2-rasm



Mablag‘lar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, turizm xizmatlari eksporti o‘tgan yilda 1,6 mlrd dollarni tashkil etdi (2017 yilda 531 mln dollar). Sobiq turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, 2019 yilda sayyohlar O‘zbekiston shaharlarida o‘rtacha 195 dollargacha mablag‘ sarflab, 2-3 kun qolishgan bo‘lsa, 2022 yilda sayohatlar davomiyligi 4-5 kunga, sarf-xarajatlar esa 305 dollargacha oshgan.

Milliy boyliklarimizga yer osti boyliklari ham kiradi. Jumladan neft, gaz,uran va boshqalar yer osti boyliklaridir. Yer osti boyliklarimizning chet elga eksport qilish natiajsida davlatimiz daromadi ortib bormoqda. 10 oy davomida O‘zbekiston 841 mln dollarga 4 mlrd kubometr gaz eksport qildi(2022-yil hisobi boyicha). Bu mamlakatdagi umumiy ishlab chiqarishning deyarli o‘ndan bir qismidir. Gazning deyarli butun hajmi Xitoyga yuboriladi. Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 841 mln dollarga 4,07 mlrd kubometr gaz eksport qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga kam. O‘shanda yetkazib berish hajmi 621 mln dollarga teng 4,94 mlrd kubometr gazni tashkil etgan edi.

3-rasm




Eksportning pasayishiga qaramay, u qiymat jihatidan 35,4% ga o‘sdi. Xususan, o‘tgan yili O‘zbekistonda 1 kubometr gaz o‘rtacha 13 sentga sotilgan bo‘lsa, bu yil 21 sentga (+61,5%) sotilgan. Taqqoslash uchun: 2019 yil avgust oyidan beri o‘zgarmagan aholi uchun gaz narxi 380 so‘m (3,5 sent), korxonalar uchun — 660 so‘m (5,9 sent). Qirg‘iziston rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-sentabr oylarida 25,3 mln kubometr gazni 3,8 mln dollardan yoki har ming kubometr gazni 150 dollardan yetkazib bergan.
2019-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga 3,4 mlrd. dollarlik oltin sotdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 1,5 milliard dollar bo‘lgan edi. O‘sish 2,2 barobarni tashkil etdi. So‘nggi besh yilda mamlakat oltin eksporti bir necha marotaba o‘zgargan. Masalan, mazkur ko‘rsatkichlar 2015 yilda 823,9 million dollar, 2016 yilda 738,2 million dollar, 2017 yilda 1,6 milliard dollarni tashkil etgan. Umumiy eksport tarkibida oltinning ulushi 31 foizga yetgan. Bunday natija oxirgi besh yilda kuzatilmagan edi (2015 yilda 12,1 foiz bo‘lgandi).O‘zbekiston oltin sotish hajmlarini narx o‘sishi asnosida ko‘paytirib boryapti. Masalan, iyun oyi oxirida oltin uchun fyucherslar 1 unsiya uchun 1 ming 397,7 dollarga baholangan. Oxirgi marta bunday holat 2013 yilda kuzatilgan.1 avgust holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 27,72 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 12,28 milliard dollari chet el valyutasidagi zaxiralar va 15,08 milliard dollari oltin bo‘ldi.(2019-yilgi ma`lumot bo`yicha)
Xulosa
Biz yoritib bergan mavzu “Milliy boylik uning tarkibi va ko`paytirish omillari” deb nomlangan mavzu bo`lib, bunda biz O`zbekistonning milliy-tarixiy yodgorliklari, yer osti boyliklari va boshqa milliy boyliklari haqida malumot berdik va o`z fikrimizni bildirdik. Biz bu mavzuni yoritib berish davomida ko`plab statistikalarni ko`rib chiqdik, masalan milliy-tarixiy yodgorliklarimizga qarasak, milliy-tarixiy yodgorliklarimizning katta qismi mustaqillikdan so`ng birinchi prezidentimiz I.Karimov tashabuslari bilan qayta tiklandi. Endilikda tarixiy yodgorliklarga e`tibor ortgan, shuningdek yurtimizga xorijiy davlatlardan tashrif buyuryotgan turistlarni ham soni ortib bormoqda, bu esa turizmdan olinadigan daromadni ortishiga olib keladi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng ko`plab tarixiy yodgorliklarimiz tiklangandur ammo qarovsiz yotgan tarixiy yodgorliklarimiz ham mavjud. Ularga ham ozroq e`tibor qaratilsa yurtimizga tashrif buyuradigan turistlar soni ortishi aniq.
Shuningdek biz qadrli milliy boyliklarimizdan biri bo`lgan yer osti boyliklarimizga ham to`xtaldik. Hozirgi kunda O`zbekistonda yer osti boyliklarini qazib olish va eksport qilish jadal rivojlanib ketmoqda. Masalan oltin, gaz, neft qazib olish va eksport qilish bo`yicha jahonda o`z o`rniga ega bo`lgan davlatlar orasida yurtimizni ham ko`rsak bo`ladi. O`zbekistonda yer osti boyliklarini qazib olish bo`yicha muommolar ham mavjuddir. Hozirgi kunda O`zbekistonda yer osti boyliklarini qazilib olish texnalogiyalari yaxshi rivojlanmagani uchun xorijiy davlat texnalogiyalari va mutaxasislaridan foydalanish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa O`zbekistonning yer osti boyliklarining ma`lum bir qismi xorijiy davlatlarga chiqib ketishiga sabab bo`lmoqda. Yer osti resurslari cheklanganligi sababli ulardan unumli va samarali foydalanish kerak degan fikirdaman.

1 Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.

Download 294.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling