Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu


Milliy-tarixiy yodgorliklarni rivojlantirish va ularni Jahon miqyosida tanitish


Download 294.79 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi294.79 Kb.
#1480210
1   2   3   4   5
Bog'liq
Feruzbek kurs ishi.

2. Milliy-tarixiy yodgorliklarni rivojlantirish va ularni Jahon miqyosida tanitish
Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi - insoniyat madaniy merosini saqlash va muhofaza qilish yoʻlidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar, muhim ilmiy tadqiqotlar muxofaza etiladi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi, asosan, Uygʻonish davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxsiy kolleksiyalar natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyinm tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret, 1793). 19—20-asr boshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954-yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan. Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi bilan Xalkaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha xalqaro kengash (1965) shugʻullanadi. Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. 1920-yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish Bosh boshqarmasi shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qadimiy davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, qadimiy cholgʻu asboblarini yigʻish, saqlash va boshqa bilan shugʻullanish maqsadida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999-yil 12 oktabr). O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo’qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug’ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar o’zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Toptalgan tariximiz, qutlug’ qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta’mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg’oniy, Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug’ allomalarimizning sha’nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko’tardi. Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal’a qo’riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi. Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo’lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug’ zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko’ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O’zaro ahil va hamjihat bo’lishga xizmat qilmoqda.
Bizning tarixiy obidalarimiz va keng tarixga ega madaniyatimizga xorijiy davlat fuqorolarining qiziqishi kundan kunga ortib borishi natijasida O`zbekistonni turistik davlat salohiyatini oshishini ko`rishimiz mumkun. Misol tariqasida 2023-yil 1-mart kuni AQSH davlat bosh kotibi Entoni BlinkenningToshkent shahri Shayxontohir tumanidagi «Hast Imom» tarixiy me’moriy ansambliga tashrif buyurib tanishanini va bizning boy tariximiz hamda madaniyatimizga bo`lgan kata qiziqishini keltirishimiz mumkun. Uning «Hast Imom» tarixiy me’moriy ansambli haqida keltirgan quyidagi fikrlarini bunga yaqqol misol sifatida keltirishimiz mumkun, «O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan masjidga tashrif buyurish men uchun katta sharafdir. Men Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning boy tarixiy merosini asrab-avaylash yo‘lida birgalikda harakat qilayotganidan faxrlanaman», — dedi AQSh davlat kotibi. Turizm hozirda dunyo rivojlanishining xarakterlovchi kuchlardan biri, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Mutaxasislarning fikricha turizm XXI asrning eng daromadli sohasiga aylangan. Shuning uchun ham turizm BMT tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha barqaror rivojlantirish dasturining 17 asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Zamonaviy turizmning yo`nalishlari xilma-xildir, ulardan: gastronomik turizm, sport turizmi, davolanish turizmi va boshqa turdagi turizm turlari mavjud. Oxirgi yillarda bunday yo`nalishlar bilan birga ta`kidlanib kelinayotgan “Ziyorat turizmi” tushunchasi turizm industriyasining eng qadimiy va tarixiy turi, desak to`g`ri bo`ladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda turizm sohasining izchil rivojlantirilishi mamlakatimizni ushbu yo‘nalishdagi yuqori ko‘rsatkichli xalqaro reytinglarga kiritish imkonini berdi. Xususan, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston 10 ga yaqin nufuzli nashrlar («The New York Times» (AQSh), «The Guardian» (Buyuk Britaniya), reyting kompaniyalari va portallari («CrescentRating», «Wegoplace») tomonidan eng sayohatbop turistik mamlakatlardan biri sifatida tan olindi. Joriy yil boshida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti O‘zbekistonni turizm sohasi tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etdi. Mamlakatimiz reytingda Janubiy Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi mamlakatlarni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joiz, soha statistikasini takomillashtirish 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasiga birinchi marta Jahon sayyohlik tashkilotining «Compendium of Tourism Statistics 2013-2017» statistik to‘plamiga kirish imkonini berdi. «Compendium of Tourism Statistics» har yili 200 dan ortiq mamlakat turizm sohasidagi asosiy ko‘rsatkichlarining yangilanib boruvchi bazasi hisoblanadi. Jahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC), Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun dunyo mamlakatlari turizm reytingini tuzishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri hisoblangan «WTTC» reytingida O‘zbekiston 183 o‘rinni egallagan. Milliy statistika tizimi metodologiyasini takomillashtirish hamda turizmni tezkor rivojlantirish natijasida 2021 yilga borib, mamlakatimizning reytingda yetakchi yuztalikda qayd etilishi kutilmoqda. «O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi turizm sohasi ulushi bor-yo‘g‘i 2,3 foiz. Xorijiy davlatlarda ushbu ko‘rsatkich 10 foizgacha yetadi. Albatta, bizning salohiyatimiz yuqori. Biz turizmning ahamiyati va rolini oshirishimiz kerak. Bugungi kunda qilinayotgan barcha sa'y-harakatlar yaqin yillarda bu raqamni 5 foizgacha ko‘tarish imkoniyatimiz borligini asoslaydi. O‘zbekistonda turizm o‘sishining asosiy manbalari haqida gapirsam, biz nafaqat xorijdan turistlarni jalb etishga yondashmoqdamiz, shuningdek, kuchli taraqqiyot omili bo‘lgan ichki turizmni ham rivojlantirish payidan bo‘lmoqdamiz. Bu sohaga investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar turistik sohaga yo‘naltirilgan aktivlar o‘rtacha 4-5 oyda ish berishi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lishmoqda. Binobarin, ichki turizmni rivojlantirish dasturini faol amalga oshirish turizmni yil bo‘yi qilish, tadbirkorlarga esa yil bo‘yi daromad olish imkonini yaratadi» dedi, O‘zbekistonda turizm uchun mas'ul bo‘lgan bosh amaldor Aziz Abduhakimov. O`zbekistonda turizm jadal rivojlanib bormoqda ekan bunga asosiy sabab qilib mustaqilikka erishganimizdan so`ng olib borilgan islohatlarni keltirishimiz mumkun.


Download 294.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling