Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Yer osti boyliklaridan unumli foydalanish
Download 294.79 Kb.
|
Feruzbek kurs ishi.
3. Yer osti boyliklaridan unumli foydalanish
O`zbekiston yer osti boyliklari tabiiy gaz, qoʻngʻir va tosh koʻmir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega. Yer osti zahiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zahiralari, turli organik yoqilgʻ i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qoʻngʻir va yarim koksga oid koʻmir, slanes yoqilgʻisi, uran va koʻpgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir. Oʻzbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xom ashyoni oʻz ichiga olgan, binobarin bulardan oltmish turi xalq xoʻjaligida allaqachon foydalanilayotgan koʻpgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan. Quyida zikr etilgan mineral xom ashyo zahiralari nafaqat mavjud togʻ-kon komplekslarida kelajakda qazib olish faoliyati muddatini uzaytiradi, balki ularning oltin, uran, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosfor, kaliy tuzlari, qalay shpati, vollastonit, qishloq xoʻjaligi ximiyaviy rudalari va boshqa bir qator foydali qazilmalarning yana qaytadan qazib olishni tashkil qilish va ularning quvvatini oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi. O`zbekiston Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372 qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida, 2017—2018-yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 million tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirildi. Ma’lumot uchun, 16 ta kondan, 4 tasi Ustyurt regionida (Beshqala, Quyi Surgil, Kushkair, Oraliq), 2 tasi Farg‘ona regionida (Uchtepa, Chakar), 10 tasi Buxoro-Xiva regionida (Topichaksoy, Marvarid, Shortak, Chordarbaza, To‘maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Yormoq, Do‘ltatepa, Shorkum). Joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 million tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirish rejalashtirgan, bu borada bugungi kunda geologiya qidiruv ishlari Ustyurt regionining markaziy qismida (Apomish, Ultan, Arslon va b.q), Buxoro-Xiva regionining g‘arbiy qismida (To‘maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Sharqiy Xatar va b.sh), Farg‘ona regionining janubiy qismida (Uchtepa, Chakar, Quyi Qashqarqir va b.sh) jadal ravishda olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, 9 oy mobaynida 5 ta yangi kon ochildi (Kushkair, Oraliq, Chakar, Do‘ltatepa, Shortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 million tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirildi. O`zbekistonda neft ishlab chiqarishning yangi usullaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Jumladan Rossiya muhandislik shirkati ishlab chiqqan texnologiya asosida, mamlakat keglusi yildan boshlab fraking uslubida neftni ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan. Toshkentda nashr etiluvchi "Novy Vek" haftanomasi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi fraking neft zahirasi 47 milliard tonna miqdoridadir. Fraking usuliga ko‘ra, toshli jism yorig‘iga katta bosim ostida suv, qum va turli kimyoviy moddalar aralashmasi purkalgan paytda toshli jismda tiqilib qolgan gazlar quduqqa tomon yo‘naltiriladi. Bu amal ham vertikal va ham gorizontal parmalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ammo gaz va neft masalalarida o‘zbekistonlik mutaxassislarga ko‘ra, fraking hali to‘la o‘rganilmagan, yangi uslub hisoblanadi. Bu uslub, mutaxassisning ishonishicha, uzoq muddatli yirik sarmoyalar yotqizishni taqozo etadi. Gaz va undan yonilg‘i ishlab chiqarishda "inqilobiy" deya ta‘riflangan usulda hozirda Qo‘shma Shtatlar va Kanadada foydalanilmoqda. Biroq, bu uslubda ko‘p miqdorda suv talab etilishi va yer ostida yirik bo‘shliqlarning paydo bo‘lish ehtimoli atrof muhit himoyachilari tashvishlarini uyg‘otgan. Bundan tashqari, atrof muhit himoyachilarining ishonishicha, frakingda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar saraton kasalligini keltirib chiqarishi, kimyoviy moddalar tosh yorig‘idan atrofga sizib chiqsa yoki suv osti suvlarini zaharlantirsa, inson sog‘ligiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Ba‘zi mutaxassislar fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda fraking uslubida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish o‘rniga quyosh energiyasidan foydalanish, qishloq xo‘jaligida bioyonilg‘i ishlab chiqarishga moslashtirilgan o‘simliklarni yetishtirishga ko‘proq e‘tibor berish lozim. Biroq, fraking tarafdorlari, yangi uslub neft ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berishini aytadilar taxmin qilinishicha, mazkur fraking ishlab chiqarish tufayli AQSh va Kanadada kelgusi 100 yil davomida o‘z gaz va neft barqarorligini ta‘minlay olgan. O‘zbekistonning hozirda tasdiqlangan uglevodorodlar zaxiralari 20-30 yilga yetadi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov xabar berdi. “Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha juda katta, istiqbolli yo‘nalishlar mavjud. Biroq, hozirda tasdiqlangan zaxira 20-30 yilga yetadi», - dedi Sidiqov. «Bu bizga 20-30 yil davomida oldinga harakat qilish imkonini beradi. Har bir davrda yaqin 20 yil uchun gaz bilan ta'minlash bo‘yicha rejamiz bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy gazning tasdiqlangan zaxiralari 2008-2018 yillarda 4 foizga qisqargan, tabiiy gaz zaxiralari o‘rnini bosishning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘tgan 5 yilda taxminan 70 foizni tashkil etdi. Moliya mablag‘larining yetarli emasligi va moddiy-texnik resurslar taqchilligi natijasida 2017-2018 yillarda tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlaridan bor-yo‘g‘i 42 foizga ta'minlangan. Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toifasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Hozirgi neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 yildan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. 14 ta neft konida razvedka ishlari olib borilmoqda va ularning jami zaxirasi 185 mln. tonnani tashkil etadi. Oʻzbekistonda neft qazib olish uzoq, yillik soha boʻlishiga qaramasdan shoʻrolar rejimi davrida oʻz ehtiyojini qoplay olmaganligi sababli har yili 6,0 mln. tonna neft chetdan olib kelinar edi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neft qazib olish surʼati dinamik tarzda oʻsib bormoqda (1999-yilda 8,2 mln. tonna) va suyuq yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoj toʻla qoplanmoqda. O`zbekistonda shuningdek oltin qazib olish sanoati ham keng rivojlanmoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Oʻzbekiston hukumati uzoq yillar davomida SSSRning Markaziy hukumati ixtiyorida boʻlgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustakilligini mustahkamlash yoʻlida rivojlantirish boʻyicha bir qancha tashkiliy choralarni koʻrdi. Oʻzbekiston rivojlangan kon qazib olish sanoati hamda yirik resurs potensialiga ega boʻlib, 1999-yildan eʼtiboran yillik oltin qazib chiqarishni keskin koʻpaytirdi. Respublika oltin qazib olish sanoatining yirik markazi "Qizilqumnodirmetall-oltin" konsernining (1991) bosh korxonasi — Navoiy kon-metallurgiya kombinatiyapr. Oltin qazib olish boʻyicha "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma korxonasi 1995-yildan boshlab samarali faoliyat yurgizib kelmokda. Korxona yiliga 10 t dan ziyod oltin ishlab chikaradi. 1995-yil Markaziy Qizilqumdagi Amantaytov oltin konini oʻzlashtirish maqsadida Buyuk Britaniyaning "Oksus Mayning" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Amantaytau Golfildz" (AGF) qoʻshma korxonasi tuzildi. Loyihaning ilk bosqichi amalga oshirilishi bilan koʻzda tutilgan ishlab chiqarish unumdorligiga erishiladi. Chormiton oltin konini ishga tushirish koʻzda tutilayotgan "Maltipleks Mayning" (Avstraliya) kompaniyasi bilan hamkorlikda Zarmitan loyihasi ham nihoyasiga yetkazilmoqda. Yiliga 9 t oltin ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan ushbu loyihani amalga oshirish uchun sarflangan dastlabki investitsiya hajmi 69,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (2003). Toshkent va Namangan viloyatlarida joylashgan konlarda oltin qazib chiqarish ishlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Uning tarkibida Angren, Kauldi va Chodak konchilik korxonalari, Angren va Chodak oltin ajratish fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston oltini asillik darajasi (probasi) jihatdan jahonda oldingi oʻrinlarni egallaydi. 1994-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan. Dunyodagi eng yirik oltin konlarga ega bo`lgan davlatlar orasida O`zbekiston ikkinchi o`rinda turadi. Birinchi o‘rinda, AQSHda joylashgan Nevada Gold Mines hozirda dunyodagi eng yirik oltin qazib olish majmuasi bo‘lib, undagi oltita kon yiliga 3,3 mln unsiyadan ortiq oltin qazib olinadi. Ikkinchi o‘rinda, dunyodagi eng chuqur ochiq konlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston davlat koni Muruntov hisoblanadi. Unda 3 mln unsiyadan sal ozroq oltin ishlab chiqarilgan. Davlatdagi barcha oltin qazib olishning 80 foizdan ortig‘i Muruntov hissasiga to‘g‘ri keladi. Uchinchi o‘rinda, dunyodagi eng yirik oltin va mis konlaridan biri Indoneziyada joylashgan Grasberg koni. Unda 1 mln unsiyadan ortiq oltin ishlab chiqarilgan. 1-rasm Yuqoridagi jadvaldan ko`rishimiz mumkunki O`zbekiston Dunyodagi eng yirik oltin konga ega bo`lgan davlatlar orasida yuqori o`rinlarda turadi. O`zbekistonda yer osti boyliklarini qazib olishning zamonaviy va qulay texnalogiyalari mavjud emasligi sababli, ko`plab yer osti qazilmalarini qazib olishda xorijiy davlatlar bilan shartnomalar imzolanib, shartnomaga ko`ra bizning milliy yer osti boyliklarimizning ma`lum bir qismi xorijiy davlatlarga o`tib ketmoqda. Agar biz xorijiy davlatlarga o`tib ketayotgan milliy yer osti boyliklarimizdan o`zimiz unimli foydalansak ulardan olinadigan daromad o`zimizda qoladi. Shunday ekan biz uning uchun yer osti boyliklarini qazib olish texnalogiyalarimizni rivojlantirishimiz kerak. Download 294.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling