«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi mavzu: Ishsizlik, uning turlari va o'zbekistonda bandlik muamolari


-Chizma: Ish bilan bandlar tarkibi


Download 238.96 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi238.96 Kb.
#1554518
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
temurbek

1-Chizma: Ish bilan bandlar tarkibi
Ishsizlik va uning darajasi.
Ishsizlik-iqtisodiy faol aholinikng o’ziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mexnat zaxirasdiga aylanishiga aytiladi O’zbekistonda ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil ‘’Aholini ish bilan taminlash to’g’risidagi’’ qonunining qabul qilinishi bilan meyyoriy kuchga ega bo’ladi (1998-yil 1-mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi) Ishsizlik inson manfatlariga to’g’ridan to’g’ri tasir qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi . Ish joyini yo’qotish ko’p kishilar uchun oilaviy turmush darajasini pasayishini shaxsiy xayotining notinchligini keltirib chiqaradi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibini o’zgartirishda ishsizlikni kamaytirish va aholi ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ishsizlik muammosini mavjudligshi bozor iqtisodiyoti talablarin ajralmas hususiyatlaridan biridir. Shunday еkan, ishsizlik muammosini hal еtishdan asosiy maqsad – aholi ish bilan bandligini oshirishsh orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shu o’rinda Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: “Iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal еtish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida е’tibor qaratildi.
Mamlakatimizda aholini ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali chora-tadbirlaridan biri – qishloq joylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mehnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish hamda uni tartibga solish hisoblanadi. Bu ishchi kuchi talab va taklif o’rtasidagi o’zaro aloqalar va ziddiyatlarni hamda ularni hamkorligini samaradorlik mezonlarini aniqlashga, qishloqlarda yashaydigan aholini kasbiy bilim darajasini oshirishga va ohir oqibatda qishloqlarda ishsizlikni kamaytirishga, pirovardida iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tadbirlarni maqsadga muvofiq ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday tadbirlarni ishlab chiqish – sodir bo’layotgan jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq еtilishi, qishloq mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirishning еng muhim muammolarini va ularni echilish yo’llarini aniqlashni talab qiladi. Bugungi kunda iqtisodiyotni yangilash va uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish va mehnat bozorini zamon talablariga muvofiq modernizatsiya qilish negizida qishloqda ishsizlikni kamaytirish va aholini ish bilan bandligini oshirish istiqbollarini belgilashga asoslanadi. Mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish jamiyat rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, mamlakatda aholini ish bilan oqilona bandligini oshirish imkoniyatini beradi. Qishloqda aholini ish bilan oqilona bandligini oshirish ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, pirovardida, aholi farovonligi oshirishga sabab bo’ladi.
Ishsizlik va u bilan bog’liq muammolarni mehnat bozoridagi ijtimoiy mehnat munosabatlarini asosiy maqsad mazmunini tashkil kiladi. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholini ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chikishdan iborat. Shu o’rinda, Prezidentimiz I.Karimov bu masalaga alohida to’xtalib: “…2009 yilda global iqtisodiyotning o’sishi taxminan 1 foizga qisqargan bo’lsa, joriy yilda dunyoda iqtisodiy rivojlanish 3 foiz atrofida oshishi mumkin, bu еsa inqirozgacha bo’lgan davrdagi ko’rsatkichlardan ancha pastdir.
Ommaviy ishsizlik jamiyatning ayrim a’zolariga ham be’vosita ta’sir ko’rsatadi, bu hol o’z-o’zini o’ldirishlar, ruhiy kasalliklar, yurak-tomir kasalliklaridan o’lishining ko’payishiga olib keladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, ishsizlikni sabablari va oqibatlarini ko’rib chiqamiz Ishsizlik kelib chiqish sabablari asosan, ish haqini pastligi (mehnat daromadi kamligi), mehnat sharoitlarini qoniqarli darajada bo’lmasligi ish joylarini etishmasligini ko’pgini klassik olimlar o’z ilmiy tadqiqodlarida ilmiy asoslagan bo’lsalar, keyinchalik bozor iqtisodiyoti еvalyutsiyasida shakllangan ancha murakkab ishsizlikni keltirib chiqaruvchi sabablar ham paydo bo’la boshladi. Masalan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va zamonaviy mehnat bozorini rivojlanishi natijasida ishsizlar safiga malaka darajasi pastligi, raqobatga bardosh bera olmaganligi tufayli kirib borayotganlar ham tajribada ko’p kuzatiladi.
Ishsizlikni oqibatlarigi to’xtaladigan bo’lsak, mamlakatda ishsizlikni ko’payib ketishi natijasida, avvalo, ish bilan band aholi soni kamayadi, ishsizsik darajasi keskin oshadi va buning oqibatida aholi turmush darajasi pasyayib ketadi. Tabiiyki, bu jarayonlar mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatib, mamlakatdagi ishlab chiqarishni pasayishiga, inflyatsiyani oshib ketishiga va kirib kelayotgan tashqi investitsiya oqimini kamayib, oxir-oqibatda milliy iqtisodiyotni izdan chiqishi kabi nohushliklarni keltirib chiqaradi. (3.1 -chizma).
Aholini ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik o’rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soldiradi: birinchidan, ishsizlikni YaIMning o’sishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi.
Bundan tashqari ishsizlikni ahamitli tomoni shundaki, ishsizlikning keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolari sifati ishsizlik keltirib chiqaradigan iqtisodiy zararlarni ham ko’rib chiqamiz: Masalan, sodda qilib aytganda, ishsizlikdan keladigan ijtimoiy – iqtisodiy harajatlarni, ishsizlikni iqtisodiy chiqimlari mahsulot ishlab chiqarmaslik bilan bog’liqdir. Agar iqtisodiyot ishlashni hohlaydiganlar va ishlay oladiganlar uchun etarli miqdordagi ish o’rinlari yaratib berishga qodir bo’lmas еkan, tovarlarni potentsiali ishlab chiqarish va xizmat


Download 238.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling