«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi mavzu: Ishsizlik, uning turlari va o'zbekistonda bandlik muamolari
– chizma. Ishsizlik kelib chiqish sabablari va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari
Download 238.96 Kb.
|
temurbek
2– chizma. Ishsizlik kelib chiqish sabablari va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari.
ko’rsatish butunlay yo’qoladi. Shunday vaziyat vujudga keladiki, unda yalpi milliy mahsulotning hajmi yaratilishi mumkin bo’lgan potentsia-li yalpi milliy mahsulotdan kamroq bo’ladi. Shuning uchun, ishsizlikning bozor iqtisodiyoti uchun «tabiiy» me’yori va hatto zaruriy miqdori degan tushuncha bugungi kunda turli guruh olimlari turlicha talqin qilinadilar. Birinchi guruh olimlari ishsizlikning tabiiy darajasini ish haqi va inflyatsiya barqaror bo’ladigan darajadagi sifat ko’rsatkichi bilan ta’riflaydilar: ishsizlikning bu darajadan pasayishi inflyatsiyaning o’sishiga olib keladi. Aslida tabiiy ishsizlikning bunday ta’rifi inflyatsiya, ish haqi va aholini ish bilan bandlik darajasini bir-biriga bog’liq deb hisoblaydigan neoklassiklarga tegishlidir, deb hisoblaydilar. Boshqa tadqiqotchilar ishsizlikning tabiiy darajasi sifatida ishsizlikning ixtiyoriy xaraktyerda bo’ladigan – ishsizlik darajasi «teng vaznli» (muvozanatli) bo’lgan davrdan e’tirof etadilar. Uchinchilari esa ishsizlikning tabiiy darajasini bo’sh joylar miqdori ishsizlar soniga teng bo’ladi deb ta’riflaydilar. To’rtinchilari – ishsizlikning o’zgarmas darajasi va uning me’yoriy davomiyligi bo’yicha aniqlaydi deb ta’riflaydilar. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) standarti bo’yicha tabiiy ishsizlik darajasi 1,5-2,5 %ni tashkil etadi. Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. A. Ouken qonuniga ko’ra ishsizlikning tabiiy darajasi 1,0 %ga oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 %ga kamayadi yoki 2,5 % yalpi milliy mahsulot yo’qoladi. Demak, mos ravishda ularning nisbati 1:2:5ga teng. Shu nisbatga asoslanib, yo’qotilgan yalpi milliy mahsulotning absolyut qiymatini aniqlash mumkin. Aslida, Ouken qonuni quyidagi omillarni belgilaydi: - ishsizlikning tabiiy me’yorini, shunga ko’ra esa ish bilan to’liq bandlikni; - hatto tabiiy me’yordan chetga chiqadigan hollarida ham ishsizlikning mavjud me’yorini barqarorlashtirish uchun kerak bo’ladigan yalpi milliy mahsulot o’sishi sur’atini;- 1:2:5 nisbati to’g’risidagi qoida ishsizlik va bozor sharoitidagi to’liq ish bilan bandlik muammosini hal qilish uchun yalpi milliy mahsulot o’sishi sur’ati qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatadi. Download 238.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling