«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi mavzu: O’zbekistonda bank tizimining rivojlantirish istiqbollari


Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari


Download 124.05 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi124.05 Kb.
#1575570
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmadov

1.Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari.

Bank tizimi - bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun yo’li bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko’rsatish shaklidir.


Bank - bu pul mablag'larini jamlash va ularni o'z nomidan qaytarib berishlik, to'lovlilik va muddatlilik asosida tarqatish uchun yaratilgan tashkilotdir. O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - tijorat muassasasi bo'lib, jismoniy va huquqiy shaxslaming bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qilish va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlaridek, bizning davlatimizda ham ikki pog'onali bank tizimi shakllantirilgan va u faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Respublikamizning bank tizimida faoliyat ko'rsatayotgan boshqa tijorat banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi, hukumatning «bankchisi» vazifasini o'taydigan, mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turuvchi va hukumatning qimmatli qog'ozlar bozoridagi rasmiy agenti hamda dileri hisoblangan, banklarning banki bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarib turadi (birinchi pog'ona). Tijorat banklari xo'jalik yurituvchi subyektlarga kredit, hisob-kitob yuritish xizmatlarini ko'rsatadi, ular passiv (o'z shaxsiy resurslarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan), aktiv (omonatlarni joylashtirish operatsiyalari) hamda vositachilik kredit bilan bog'liq bo'lmagan operatsiyalarni amalga oshiradi (ikkinchi pog'ona).
O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari qayd qilingan:
1. Mijozlarning hisob varaqalarini olib borish;
2. Mijozlarga kassa xizmatini ko'rsatish;
3. Mijozning topshirig'iga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
4. Qisqa yoki uzoq muddatli kreditlar berish;
5. Shartnoma yoki pullik asosida buyurtmachining topshirig'iga binoan kapital qo'yilmalarni mablag' bilan ta'minlash;
6. Bo'sh pul mablag'lari-depozitlarini muomalaga jalb qilish;
7. Aholidan omonatlarni qabul qilish;
8. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish;
9. Lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
10. Tijorat banki davlatning hamda boshqalarning qimmatli qog'ozlarini xarid
qilish va sotish;
11. Xorijiy valyuta va qimmatli metallarni xarid qilish va sotish;
12. O'z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish;
13. Budjetning kassa ijrasini bajarish;
14. Bank operatsiyalari bo'yicha maslahatlar berish va boshqa operatsiyalar.
Banklarning asosiy maqsadi pul mablag'larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o'tkazishda vositachilik qilishdir. Tijorat banklarining belgilariga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo'linadi. Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo'lishi mumkin.
Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo'lishi mumkin. Aksiyador tijorat banklarining yuqori organi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hisoblanadi. Har yili aksiyadorlarning yig'ilishi ustavdagi va ustav kapitalidagi o'zgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijaiarini bank daromadlarini tasdiqlash, Bank Kengashi tarkibini saylash, bankning sho'ba muassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi masalalarni ko'rib chiqish.
Tijorat banklari quyidagilarni bajaradi:
- vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larni yig'ish va ularni kapitalga aylantirish;
- korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
- muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari)ni chiqarish;
- xalq xo'jaligida hisob-kitoblar va to'lovlarni amalga oshirish;
- moliya-valyuta bozorida faoliyat ko'rsatish;
- iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko'rsatish.
Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimi)ning faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti davrida banklar iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanadi, ular faoliyatini tartibga solish, muvofiqlashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki, banklar iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajaradi, barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas.
Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa uning mijozlari o‘z faoliyatini uzliksizligini ta’minlashning iloji bo‘lmay qoladi. Mijozlar faoliyati ko‘p jihatdan banklarning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va samarali faoliyat yuritishiga bog‘liqdir.
uzliksizligini ta’minlashning iloji bo‘lmay qoladi.
“…. , bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda”.2



Download 124.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling