Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan
Chekli texnologik almashtirish normasi
Download 1.13 Mb.
|
3 Ma\'rifaliyev S Ishlab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masshtab samarasi
Chekli texnologik almashtirish normasi. Izokvantaning ma′lum
nuqtasidagi burchak koeffitsienti bir ishlab chiqarish omili bilan (bu yerda kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday bo`layotganligini ko`rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffitsientining absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi va u MRTS ko`rinishida belgilanadi. MRTS o`z mohiyatiga ko`ra iste′mol nazariyasidagi chekli almashtirish normasi MRS ga o`xshashdir: . Bu yerda K vaLlar bitta izokvantada bo`lgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q o`zgarmaydi ( Qconst). 10.5-rasmdan ko`rish mumkinki, ishlab chiqarish hajmi 85 birlik bo‘lib, o`zgarmaganda mehnatsarfi birdan 2 ga o`zgarganda Mehnat sarfi 2 dan 3 ga oshganda MRTS1ga teng (kamayib bormoqda). M ehnat sarfi 3 birlikdan 4 ga o`zgarganda va 4 birlikdan 5 ga o`zgarganda MRTS mos ravishda ga kamayib boradi. Demak, qancha ko`p miqdordagi mehnat kapital bilan almashtirilsa, shuncha mehnat unumdorligi past bo`ladi va kapitaldan foydalanish nisabatan samarali bo`lib boradi (10.6-rasm). Masshtab samarasi Xarajatlarning proportsional o`zgarishga ishlab chiqarish masshtabining o`zgarishi deyiladi. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omildan - ishchi kuchi (L) va kapitaldan (K) foydalanilganda, ulardan foydalanish ikki barobar oshsa 2L va 2K bo`lsa, ishlab chiqarish masshtabi ikki barobar kengaydi deyiladi. Xuddi shunday mehnat va kapitaldan foydalanish ikki marta qisqartirilsa ( 0,5L va 0,5K) ishlab chiqarish masshtabi ikki marta qisqarganligini bildiradi. Ishlab chiqarishda omillardan foydalanishning proportsional oshishi, ya′ni ishlab chiqarish masshtabining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga har xil ta′sir qiladi, u mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi, kamaytirishi va o`zgartirmasligi mumkin. Agar ishlab chiqarish masshtabi kengayganda omillar sarfi sur′atidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sish su′rati yuqori bo`lsa, bunday ishlab chiqarish hajmining o`sishiga musbat masshtab samarasi deyiladi. Musbat masshtab samarasida uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar kamayadi. Agar, ishlab chiqarish masshtabi kengayganda, omillar sarfi sur′atidan ishlab chiqarish hajmining o`sish sur′ati past bo`lsa, bunday o`sishga manfiy masshtab deyiladi. Manfiy masshtab samarasida (keyinchalik ko`ramiz) uzoq muddatli oraliqda firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirganda o`rtacha harajatlar oshib boradi. Ishlab chiqarish masshtabi kengayganda omillar sarfi sur′ati ishlab chiqarish hajmining o`sish su′ratiga teng bo`lsa, bunday o`sishga o`zgarmas masshtab samarasi deyiladi. Masshtab samarasi mahsulot ishlab chiqarish hajmining, mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan omillar miqdori bilan bog`liqligi bilan ifodalanishini e′tiborga olsak, uni o`rganishda ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish funksiyasi berilgan bo`lsin: Q f (X) f (x1, x2 ,..., xn) , Bu yerda: Q- ishlab chiqarish hajmi, x1,x2,...,xn - ishlab chiqarish omillari sarfi miqdori. Agar ishlab chiqarish masshtabi barobar oshsa 1 u holda ishlab chiqarish masshtabining kengayishini quyidagicha yozamiz: X x1,x2 ,....,xn. Bu yerda ishlab chiqarish masshtabining o`zgarishini ifodalaydi. U holda ishlab chiqarish masshtabining barobar kengayishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta′sirini quyidagicha yozish mumkin: Qf(X)nf(x1,x2,...,xn). Ishlab chiqarishda faqat ikkita omildan foydalanilsa mehnat va kapitaldan. U holda yozish mumkin : Q Af (K,L) KAf (K,L) . Oxirgi munosabat ishlab chiqarish omillari sarfi barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi K barobar oshishini bildiradi. Agar, K1 bo`lsa, ishlab chiqarish musbat masshtab samarasiga ega, ya′ni ishlab chiqarish o`sish sur′ati omillar sarfi su′ratidan yuqori. Agar, K1 bo`lsa, ishlab chiqarish manfiy masshtab samarasiga ega. Agar K1 bo`lsa, masshtab samarasi o`zgarmas, ishlab chiqarishning o`sish sur′ati omillar sarfi sur′atiga teng. Misol. Ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha berilgan bo`lsin: Q(L,K)2L0,7 K0,8 . Ushbu funktsiya musbat, manfiy yoki o`zgarmas masshtab samarasiga ega ekanligi aniqlansin. Ishlab chiqarish masshtabini (1) barobar oshirsak. QK,L2L0,7K0,81,52L0,7K0,8. Demak, ishlab chiqarish funksiyasi musbat samaraga ega K1,51, ya′ni omillar sarfi sur′ati bo`lganda, ishlab chiqarish hajmining o`sish sur′ati 1,5ga teng bo`ladi. Xulosa. Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik . Men ushbu kurs ish orqali ishlab chiqarishni ma mlakat va insonlar hayoti uchun qay darajada aha miyati katta ekanligini anglab yetdim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masalamiz iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasigayetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat. Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni jumladan, yoqilg’i-energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash shuningdek, bu o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy tabiiy, mineral xom-ashyo, mehnat resurslariga asoslangan hamda istiqbolda xalqaro va davlatlararo me hnat taqsimotida, jahon bozorida O’zbekistonning mustahka m o’rin egallashini kafolatlovchi ishlab chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi lozim. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun korxonalarni zamona viy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa, kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash, ichki bozorni to’ldirish uchunkerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan kichik, ixchamtexnologiyalarni konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish zarurligi g’oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustivor vazifasidir. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling