Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Mavzu 3: Talab va taklif tahlili asoslari


Download 0.69 Mb.
bet14/158
Sana18.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1099536
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158
Bog'liq
Мажмуа - lotin

Mavzu 3: Talab va taklif tahlili asoslari
Taklif – bu ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan berilgan narxlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Talab – berilgan narxlarda haridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori.
Taklif qonuni – to’g’ridan-to’g’ri narx o’zgarishi bilan bog’liq holda taklifning o’zgarishi.
Talab qonuni – narxdan tashqari boshqa omillar o’zgarmaganda talab miqdori bilan narx o’rtasidagi teskari bog’liqlik.
Iste’molchi ortiqchaligi (yutug’i) – iste’molchi tovarlar uchun to’lashi mumkin bo’lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to’langan narxlar ayirmalarining yig’indisi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug’i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo’shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari yig’indisiga teng.
Taklif chizig’i – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Talab chizig’i – tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
SHaxs talabi – bitta iste’molchining tovarga bo’gan talabi.
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to’g’ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
Transaktsion xarajatlar – bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog’liq xarajatlar.
Taklif funktsiyasi – taklifga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Talab funktsiyasi – talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Bozor muvozanati – bozorda taklif miqdori bilan talab miqdori teng bo’lgan hol; taklif chizig’i bilan talab chizig’i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o’rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma’lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o’rnatiladi hamda muvozanatni ta’minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o’rnatiladi.
Quyidagi grafikda ordinata o’qi bo’yicha bir birlik mahsulotning narxi ko’rsatilgan (so’mda). Absissa o’qi bo’yicha berilgan vaqt oralig’ida talab qilingan va taklif qilingan mahsulot hajmi ko’rsatilgan.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling