Iqtisodiyot” kafedrasi o`quv-tanishuv amaliyoti bo`yicha
Раҳбар O’rinov Jaxongir Бош бухгалтер
Download 65.14 Kb.
|
Iqtisodiyot” kafedrasi o`quv-tanishuv amaliyoti bo`yicha-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Айланмадан олинадиган солиқ ҳисоб-китоби
- МОЛИЯВИЙ НАТИЖАЛАР ТУГРИСИДА ХИСОБОТ - 2-сонли шакл
- Ўтган йилнин Кўрсаткичлар номи Сатр коди
- Даромадлар (фойда) 1 2
- (зарарлар) Даромадлар (фойда) Харажатлар (зарарлар)
- OʻZBEKISTON FERMER XOʻJALIGI IQTISODIYOTIDA OLIB BORILGAN ISLOHOT NATIJALARI
Раҳбар
O’rinov Jaxongir Бош бухгалтер Siddiqov Ilhom . . . . . . . . . . .
SADAF fermer xo’jaligi
Navoiy vil Xatirchi tumaniga taqdim etildi .Hisobga olish joyidagi soliq organi Айланмадан олинадиган солиқ ҳисоб-китоби
ган солиқ тўловининг турли ставкалари белгиланган турли аҳоли пунктларида жойлашган бир нечта турғун савдо шохоб
0,00 бчаларига эга бўлса , унда айланмадан олинадиган солиқ ҳисоб-китобига аси устунида кўрсатадилар; МОЛИЯВИЙ НАТИЖАЛАР ТУГРИСИДА ХИСОБОТ - 2-сонли шакл
г Ўлчов бирлиги, минг сўм
OʻZBEKISTON FERMER XOʻJALIGI IQTISODIYOTIDA OLIB BORILGAN ISLOHOT NATIJALARI Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning oʻziga xos xususiyatlaridan biri – ularning keng qamrovli va serqirraligi bilan ajralib turadi. Bunda albatta, mamlakat maʼnaviyati, madaniyati va oʻziga xos mentaliteti hamda hozirgi kunda xalq manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilishida namoyon boʻladi. Zero, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor munosabatlariga asoslanuvchi, barqaror rivojlangan va samarali iqtisodiyotni barpo etish koʻplab sohalarda, shu jumladan, agrar sohadagi tub oʻzgarishlarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Agrar sohadagi iqtisodiy islohotlarning vaqt oʻtishi bilan takomillashuvi yangi tipdagi xoʻjalik yuritish shakllarini vujudga keltirish vazifasining hal etilishini ham oʻz tarkibiga oladi. Bunda asosiy maqsad har bir shaklning oʻziga xos xususiyati, iqtisodiy tabiati, turli muammo va ziddiyatlarni hal etish borasidagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish va rivojlantirishdan iborat. Aynan shu holatlar Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmonida ham oʻz aksini topgan. Qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishi undagi har bir tuzilmaning samarali faoliyatiga bogʻliq boʻlib, qay bir xoʻjalik yuritish shaklini keng rivojlantirish zarurligi masalasiga ham birinchi navbatda samaradorlik nuqtayi-nazaridan yondashish talab etiladi. Toʻgʻri, aksariyat hollarda iqtisodiy samaradorlik bilan bir vaqtning oʻzida ijtimoiy masalalar – ish bilan bandlikning taʼminlanishi, yetarli darajadagi daromadga ega boʻlish, ijtimoiy taʼminlanganlik va boshqa muammolarni hal etishga eʼtibor qaratish lozim boʻladi. Biroq, shunday holatlarda ham bu shakllarning iqtisodiy samaradorligini nazardan qochirmaslik, ularga ustuvorlik berishda taqqoslama afzallik tamoyillaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu tamoyillaridan kelib chiqqan holda, yuqorida tilga olingan farmonda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini xoʻjalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari sifatida belgilanib, rivojlanish ustuvorligi kelajakda asosiy qishloq xoʻjalik mahsuloti ishlab chiqaruvchisi, uni qayta ishlovchi, realizatsiya qiluvchi va sotuvchiga aylanuvchi fermer xoʻjaliklariga qaratilgan. Chunki, aynan fermer xoʻjaliklarida mavjud iqtisodiy resurslardan oqilona va tejamli foydalanib, yuqori darajadagi samaradorlikni taʼminlash ustun ravishda amalga oshadi. Taʼkidlash joizki, fermer xoʻjaliklarining imkoniyatlari jahonning koʻplab rivojlangan mamlakatlari qishloq xoʻjaligi tajribasidan maʼlumki, aynan fermer xoʻjaligining iqtisodiy tabiati agrar sohaning oʻziga xos xususiyatlariga muvofiq tushib, ishlab chiqaruvchining manfaatdorligini taʼminlash borasida boshqa xoʻjalik yuritish shakllari ichida yetakchi oʻrin tutadi. Bu esa oʻz navbatida ushbu soha doirasida olib boriladigan tadqiqotlar zaruriyatini va mavzularning dolzarbligini belgilaydi. Tahlil va natijalar Qishloq xoʻjaligi mamlakat aholisining oziq-ovqat, iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining xomashyo mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishning muhim manbayi hisoblanadi. Mazkur tarmoq ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiyotning dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Iqtisodiyotdagi har qanday xoʻjalik faoliyati muayyan xoʻjalik yuritish shakllari orqali amalga oshiriladi. Shunga koʻra, tarmoq yoki faoliyat turidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yuritish shakllari iqtisodiy mazmuni namoyon boʻlishining umumiy tamoyillari mavjud. Bunday tamoyillar sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: - muayyan mulkchilik munosabatlarini mujassamlashtirish va amalga oshirish; - mulk egasining iqtisodiy manfaatlarini roʻyobga chiqarishiga imkon yaratish; - xoʻjalik aʼzolari oʻrtasidagi manfaatlar mushtarakligi va oʻzaro muvozanatini taʼminlash; - ishlab chiqarishning yuqori darajadagi samaradorligiga erishishga intilish; - xoʻjalik aʼzolarining vazifalari, huquq va majburiyatlarining taqsimlanishi jihatidan oʻzaro muvofiqlikni taʼminlash. Ushbu tamoyillarni roʻyobga chiqarish darajasi, usul va vositalariga koʻra xoʻjalik yuritish shakllari bir-biridan farqlanadi. Xoʻjalik yuritish shakllarining turlichaligiga iqtisodiyot tarmoqlarining oʻziga xos xususiyatlari ham taʼsir koʻrsatadi. Jumladan, agrar sohadagi mavjud shakllar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida muhim oʻrin tutuvchi tabiiybiologik omillarni ham toʻliq eʼtiborga olishni talab etadi. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun amaldagi xoʻjalik yuritish shakli oʻzida erkinlik, mahalliy xususiyatlarni hisobga olish, xoʻjalik yuritish chora-tadbirlari, uddaburonlik va tadbirkorlik, bozor aloqalari, raqobat va boshqa jihatlarini mujassamlashtirishi lozim. Aks holda, tarmoqning ichki imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmay, natijada ishlab chiqarish samaradorligi koʻrsatkichlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Mamlakatimiz aholisi hayotining farovonligi, qishloq xoʻjaligining istiqboldagi taraqqiyoti fermer xoʻjaliklarining har tomonlama rivojlanishi bilan bogʻliq. Zero, xoʻjalik yuritishning bu shakli rivojlangan mamlakatlarning uzoq davrli tajribasida oʻzining samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozor konyunkturasiga tez moslasha olishi kabi xususiyatlarini namoyon eta oldi. Shu bois, Oʻzbekistonda ham fermer xoʻjaliklarining rivojlanishiga katta eʼtibor qaratilib, ular faoliyatining zarur iqtisodiy shart-sharoitlari yaratilmoqda va imkoniyatlar eshigi ochilib, me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotida olib borilayotgan islohotlar va tarkibiy oʻzgarishlar amalda oʻz ifodasini topgan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Oʻzbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati «Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi davlat tomonidan eng koʻp boshqariladigan iqtisodiyot tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Katta yirik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari — dehqonlarning mulk huquqi juda zaif himoyalangan. Ularning faoliyatini tartibga solish usullari aslida sovet oʻtmishidan olingan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining koʻp turlari, ishlab chiqarish resurslari va sektor uchun xizmatlar ishlab chiqilmagan. Qishloq xoʻjaligi sektori islohotga muhtoj boʻlib qolmoqda», — deydi iqtisodchi Yuliy Yusupovning CABAR.asia gazetasida chop etilgan maqolasida. Qishloq xoʻjaligi — Oʻzbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. 2018-yilda qishloq xoʻjaligining Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 28,8 foizni tashkil qildi (bu va boshqa joylarda, agar boshqa ilova keltirilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari). Download 65.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling