“iqtisodiyot” kafedrasi


-REJA. IQTISODIY OʻSISH SUR’ATLARI TAHLILI


Download 202.9 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi202.9 Kb.
#1569015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdulazizova Oygul kurs ishi

2-REJA. IQTISODIY OʻSISH SUR’ATLARI TAHLILI
Pandemiya barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan bir paytda qaysidir tarmoqlarda pastlash, boshqa birlarida esa inqiroz holatlarining kuzatilishi tabiiy. Yurtimizda bu borada ko'rilgan qat'iy chora-tadbirlar ana shunday jiddiy yo'qotishlarning oldini olishga xizmat qilyapti. 2021-yilning dastlabki uch oyida yalpi ichki mahsulotning 3 foizga oshishi buning amaliy tasdig'i hisoblanadi.Bu haqda joriy yilning 12-may kuni Prezident ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash bo'yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi. Shuningdek, mazkur davrda sanoat — 3,8 foizga, qishloq xo'jaligi — 3,1 foizga o'sgani ham ta'kidlandi. Birinchi chorakning makroiqtisodiy tahlillariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti kuchli o'sish traektoriyasiga qaytmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishi kuzatildi. Dastlabki uch oyda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlari ko'rsatkichlari 2020-yil birinchi choragiga nisbatan biroz pastlaganiga qaramay, 3,1 foiz o'sish bilan yakunlandi.Bunda qayta ishlash sohasidagi 4,6 foiz yuqorilash, elektr energiyasi, gaz, bug' va konditsionerlik sohasidagi ishlab chiqarishning 2020-yilning birinchi choragidagi 7,9 foizdan joriy yilning mos davrida 10,1 foizni tashkil etganligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,8 foizga oshishiga xizmat qildi. Mazkur davrda qurilish sektori 0,5, xizmat ko'rsatish sohasi 5,8, transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga o'sishi kuzatildi. Yilning dastlabki uch oyida chakana savdo hajmi ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3,8 foiz) biroz pasaygan holda, 2,8 foizga yuqoriladi. Barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramay, ayrim tarmoqlarda yetarli ko'rsatkichga erishilmagani ham ko'zga tashlanmoqda. Xususan, birinchi chorakda “O'zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, “O'zbekneftgaz”da 4,7 foizga, charm mahsulotlari 10 foizga pasaygan. Davlatimiz rahbari yig'ilishda mutasaddilarga “so'nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshsa-da, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin?”, deya savol berdi. Vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, tarmoq va bank rahbarlariga may-iyun` oylarida birinchi navbatda asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha topshiriqlar berdi.

Download 202.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling