Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “ Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu: Ishchi kuchi va ishsizlik Bajardi: Moliya


Download 111.29 Kb.
bet13/17
Sana02.01.2022
Hajmi111.29 Kb.
#197644
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5195338388525287799

Bеshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o’ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo’lishga qaratiladi.

Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki tеng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mеxanizmini vujudga kеltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.



Ta’kidlash joizki, iqtisodiyotni isloh qilish va diversifikatsiyalash, faol investitsiya siyosati yuritish hisobiga yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish asosida har yili minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, bu o‘z navbatida o‘ta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoshlar bandligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Shu bilan birga, bandlik sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va uslublaridan foydalanilmoqda, mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib ko‘rsatish hollari saqlanib qolmoqda, muhim ijtimoiy masala hisoblangan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yuzaki yondashuv holatlari uchramoqda. Aholi bandligini ta’minlash masalalarida joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va keng jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va javobgarlik mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti.

Yangi tashkil etilgan barqaror ish o‘rinlari sonining mehnat bozori talablariga mos kelmasligi mehnat bozorida muvozanatlilikning buzilishiga, respublikamizning ayrim mintaqalarida ishsizlik darajasining oshib ketishiga, noqonuniy mehnat migratsiyasi va norasmiy bandlikning o‘sishiga olib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2690-sonli qaroriga muvofiq joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksga kiruvchi hududiy organlar rahbarlarining, ularni moddiy rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy chora qo‘llash bo‘yicha tegishli tizimni joriy etgan holda, aholi bandligining o‘sishi va uni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va samaradorligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati oshirildi.

Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali ishlarni amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining mas’uliyatini tubdan kuchaytirish maqsadida:

mehnat bozoridagi haqiqiy holatni respublikamiz mintaqalari kesimida chuqur tahlil qilish asosida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish va aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun ish joylari kvotasini belgilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarni ishga joylashtirishni ta’minlash, aholini jamoat ishlariga, birinchi navbatda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga, shaharlar va tumanlarni obodonlashtirishga, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishga jalb etish;

ishga joylashishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyotning hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;

vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassisliklarga muvofiq ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnatga doir munosabatlar, mehnat muhofazasi, kasbiy va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etilishi, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor munosabatlari sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

ishga joylashtirish jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarini faol joriy etish, jumladan, Milliy vakansiyalar bazasini yaratish va doimiy rivojlantirib borish;

ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratish, aholi bandligini ta’minlash masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini shakllantirish;

bandlik va mehnat muhofazasi sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholi va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;

kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lanishi bo‘yicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam ta’minlanganlikdan chiqarish yuzasidan individual dasturlarni ishlab chiqish.

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marta ishga joylashgan bitiruvchilari ish haqidan olingan daromadlaridan yagona ijtimoiy to‘lovning o‘rnatilgan stavkasini, ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmaganlik sharti bilan, ularni ishga joylashganliklaridan keyingi bir yil ichida 50 foizga, ikkinchi va uchinchi yil davomida 25 foizga, byudjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishga joylashganlar bundan mustasno bo‘lgan holda, kamaytirish;

xodimlarning ish joyi va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lov qilgan davri bo‘yicha ro‘yxatga olishning “elektron mehnat daftari” tizimini joriy etish, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab birinchi marta ishga joylashtirilgan xodimlarga qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishini to‘xtatish va mehnat daftarchalaridagi yozuvlarni soliq to‘lovchining individual raqami (STIR) va fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi bo‘yicha individual raqami (PTIR) asosida, xodimning ish joyi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar amalga oshirilgan davri bo‘yicha hisobga olish bilan bosqichma-bosqich almashtirib borish;

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning barcha o‘quvchilarini, ularning har biriga soliq to‘lovchining individual raqami berilgan va elektron raqamli imzo (ERI)ni tegishli to‘lovni undirmasdan bergan holda, soliq to‘lovchi sifatida davlat soliq organlarida ro‘yxatga qo‘yish;

2018-yilning 1-iyunidan boshlab nodavlat tashkilotlarga fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish sohasida pullik, ular tomonidan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyati amalga oshiriladigan hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish;

mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklariga, tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan davrdan boshlab uch yil ichida birinchi marta ishga kirayotgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilari bilan tuziladigan mehnat shartnomalaridan tashqari, xodimlarning roziligini olgan holda, muayyan muddatli mehnat shartnomalari, jumladan, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga (muddatli mehnat shartnomalari) tuzishga ruxsat berish;

tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarini saqlab turish xarajatlarini, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish, natijada O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining bo‘shaydigan mablag‘larini ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishga, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha choralarni amalga oshirishga yo‘naltirish;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ish tashkil etishning barcha davlat xizmatlarini to‘liq hajmda qayta ko‘rib chiqish (reinjiniring), ishga tanlov asosida qabul qilish, “yagona darcha” tamoyilida davlat xizmatlari ko‘rsatish, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mehnatga haq to‘lashning zamonaviy rag‘batlantiruvchi uslublarini qo‘llagan holda, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) asosida xodimlar mehnatining sifati va samaradorligini baholashning ilg‘or shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatni bandlik siyosatining quyidagi yo’nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:

- oilaviy biznеs va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash;

- mazkur maqsadlarda mikrokrеditlash tizimini rag’batlantirish;

- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kеngaytirish asosidagi koopеratsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan kеng qamrovli foydalanish;

- mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan yengil va oziq-ovqat qayta ishlash sanoatining ko’p mеhnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;

- xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo’jaligiga taalluqli bo’lmagan bandlik sohalarini kеngaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;

- ishsizlarni kasbiy o’qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug’ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.



Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo’lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada kеng yo’l ochib bеradi.



Download 111.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling