Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi


Download 223.48 Kb.
bet27/28
Sana05.01.2022
Hajmi223.48 Kb.
#225253
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
xhxhhchchc

Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin.

Huquqiy mе’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:

a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;

b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.

Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.

Korxonaga davlat tomonidan bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.

Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p

hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni o’zgartiradi.



Xulosa
Yalpi talab – bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi.

Talab — bu xaridorlarning bozordagi tovarlarni muayyan narxda xarid etishga shay bo'lishlaridir. Talab asosida ehtiyoj yotadi, lekin buni bozorda talabga aylanishi uch u n xaridorning tovarlarni sotib olishga puli yetarli bo'lishi kerak. Aks holda ehtiyoj talab hosil qilmaydi. Ayrim xaridorning talabi individual talab bo'lsa, jami xaridorlarning talabi bozor talabi bo'ladi.

Talabga ta’sir etuvchi omillar 3 guruhga ajratiladi:

a) narxlar. Bu muayyan paytdagi aniq bir tovar narxi, o'rinbosar tovarlar narxi va o'zgarishi kutiladigan narxlar. Bular talabni oshirishi yoki qisqartirishi mumkin;

b) xaridorning pul darom adi yoki xarid qurbi. Narx o'zgarmagan holda daromad oshsa talab ko'payadi, aksi bo'lsa talab kamayadi;

v) xaridorning qaysi tovarni afzal ko'rishi, bu uning didiga va xohishiga bog'liq. Narx va daromadni xaridor o 'z bilganicha o 'zgartira olmaydi, lekin ularni nazarda tutgan holda xaridor o'zi afzal ko'rgan tovarga talab bildiradi.

Talab qonuni — bozor qonuni. Unga binoan tovarlarga talab ularning narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda bo'ladi. Bu qonunning naqadar amal qilishini talabning narxiga bog'liq elastlikligi, ya’ni narx o'zgarishiga javoban talabning qanday darajada o'zgarishi ifoda etadi. Bozorga elastik talab xos bo'ladiki, bunda narx o'zgarishiga nisbatan talab ko'proq o'zgaradi.

Narxdan tashqari talabga xaridor darom adlari ham ta ’sir etadi, biroq buni talab qonuni ifoda etmaydi. Daromadning talabga ta’siri uning samarasi bo'ladi. Narx o'zgarmagan sharoitda talab daromadga nisbatan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Talabning darom adga bog'liq elastikligi ham borki, bunda talab daromaddan jadalroq o'zgaradi.

Talabni tovarning qadr-qiymati ham belgilaydi, bu esa Tovar nafliligining uning narxiga nisbatan qiyoslanish idir. Nallilik tovarning ehtiyojni qondira olish xususiyati bo'lib, buni xaridorlar subyektiv baholaydilar. Shunga ko'ra tovarni afzal ko'rish paydo bo'ladiki, bu h am talabni yuzaga chiqaradi. Iqtisodiyotda m aninal (cheklangan) naflilik qonuni amal qiladi, unga binoan bozordagi talab qondirilgan sari so'nggi q o 'sh im ch a tovarlar nafliligi pasayib boradi. Naflilikning pasayishi talabni qisqartiradi, bozor talabiga javob berish uch u n nafliligi yuqori tovarlarni ishlab chiqarishga o'tish zarur bo'ladi.

Talabga taklif peshvoz chiqadi. Tovarlar taklifi — bu muayyannarx amal qilganda tovarni sotish uchun bozorga qo'yilishidir. Muayyan tovarni ayrim ishlab chiqaruvchi taklif etishi bu individual taklifdir. Ana shunday tovarni barcha ishlab chiqaruvchilar taklif etishi bozor taklifi hisoblanadi.

Bozorda taklif qonuni ham amal qiladi, unga binoan taklif narxga nisbatan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Mazkur qonunnin g amal qilishini taklif elastikligi, ya’ni taklifning narxga javoban naqadar o'zgarishi bildiradi. Bozorga elastik taklif xos bo'ladi, bu taklifning narxga nisbatan tezroq o'zgarishini bildiradi.

Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bevosita bog‘liq. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.

Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi.

Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar ijtimoiy qiymati o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymatdan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.

Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: a) resurslar narxining o‘zgarishi; b) samaradorlikning o‘zgarishi; v) huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi.

bog‘liq; yalpi taklifning o‘sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig‘i grafigi uchta kesmaga ega: tik, yotiq va oraliq kesmalar.

Yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig‘ining keynscha kesmasida taklif aynan o‘sha miqdorga ortadi, oraliq kesmada – narxlar darajasining o‘sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kesmada esa – yalpi taklifda o‘zgarish bo‘lmaydi, chunki barcha resusrlar jalb etilgan bo‘ladi, lekin narxlar darajasi keskin o‘sadi.

Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.



Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.

Download 223.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling