Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 2-topshiriq boʻyicha berilgan savollarga
JAVOBLAR:
1. Xalqaro savdoni rivojlantirishning ob“yektiv va sub“yektiv sabablari nimalardan iborat? - Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlilik darajasi oshib, mamlakatlaming ixtisoslashuvi va ular o'rtasidagi kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolami hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ulami amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishlari shart. Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalaming asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog'liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob“yektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xomashyo resurslarining mamlakatlar o'rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo'lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o'zini to'liq ta’minlay olmaydi. Ular o'zlarida ortiqcha bo'lgan resurslami eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo'lgan resurslami import qilishga majburdirlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni, bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O'zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o'zaro savdo-sotiqni yo'lga qo'yadilar.
Bu ikki ob“yektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillaming boshlarida xalqaro savdo hajmi AQSHda Yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. Shu davrda O'zbekiston Yalpi milliy mahsulotida tashqi savdoning ulushi
10-12 foiz atrofida bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |