Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Jahon xo‘jaligining tashkil topishi va uning rivojlanish bosqichlari toshkent-2023


Download 123.95 Kb.
bet3/10
Sana29.03.2023
Hajmi123.95 Kb.
#1308230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ulug\'bek Jo\'ramirzayev kurs ishi

Jahon xo’jaligining subeyktlari. Jahon xo'jaligi tizimini soda liolda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyeklaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining muhim subyekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shunciaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda.
Avallari u yoki bu mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan milliy firmalar shug'ullanishgan va ular uchun mamlakat ichki bozori asosiy bozor hisoblangan. Ammo oxirgi o ‘n yillikda ulaming ko‘pchiligi TMKlar darajasiga ko‘tarilishdi va butun dunyo ulaming faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMKlar jahon iqtisodiyotining muhim mustaqil qismiga aylandi va jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi ular hissasiga to ‘g‘ri kelmoqda.
TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o ‘zaro birlashib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalami tashkil etmoqda. Ushbu birlashmalar jahon xo‘jaligining tarkibiy mexanizmiga aylandi, ba’zilari, jumladan, Yevropa Ittifoqi (Yel) tashqi dunyoda o ‘z a ’zolari nomidan faoliyat olib borishmoqda. Ammo ko‘pchilik integratsion birlashmalar (Yel va Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o ‘z a ’zolari milliy iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko'rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ulaming rivojlanish darajasining ortishi bilan mutanosib ravishda chuqurlashib boradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va mavqeyi tubdan ortdi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri - jahon iqtisodiyotining rivojlanishi i:o‘g‘risida statistik tahlillar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Jahon banki (World Development Report), YuNKTAD (World Investment Report).
Jahon savdo tashkiloti (JST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlarning nashrlaridan keng foydalaniladi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlami jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo'jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o ‘z aksini topgan. Jahon xo‘jaligining rivojlanish amaliyoti XX asr oxiri va XXI asr boshlarida amal qiluvchi quyidagi zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.

  1. Jadval


Xususiyatlari

Bosqichlari



Buyuk geografik kashfiyotlar. Jahon mustamlaka tizimining shakllanishi. Jahon kapitalistik bozorining paydo bo’lishi. Manufaktura

  1. XV-XVI asrlar



Jahon kapitalistik bozozring shakllanishi. Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to’ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufakturadan fabrikali ishlab chiqish tizimiga o’tish ). Jahon savdosining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi

2. XVII- asrning birinchi yarmi – XIX asr


Xalqaro moli tiziming beqarorligi, sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlardan uzoq mudatli kapitallarning chiqib ketishi

3. I va II jahon urushlari davri



Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo’lga qo’yish yoki yangi xalqaro iqtisodiy tartibni ishlab chiqish davri

4. XX asrning 50-90-yillari



Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, TMK va TMB rolining kuchayishi. Jahon bozorlarining globallashuvi

5. XX asrning 90-yillaridan hozirga qadar


1. Dunyo mamlakatlari xo‘jalik hayotining baynalmilallashish jarayonining chuqurlashuvi.


2. Tashqi iqtisodiy aloqalaming erkinlashuvi.
3. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi.
4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi.
5. Jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining
barpo etilishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi.
6. Jahon xo‘jaligining globallashuvi.1

Download 123.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling