BOZOR TUSHUNCHASI VA BOZORNING VAZIFALARI
Zamonaviy bozor xo‘jaligi
Ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritishning ijtimoiy shakllarining rivojlanishi
tadriji (evolyutsiyasi) asosida butun jamiyatning va alohida olingan har bir
individning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiylashtirilgan
tovar ishlab chiqarishning faoliyat yuritishi bo‘lgan Zamonaviy bozor tizimining
vujudga kelishiga olib keldi.
Bozor xo‘jaligi – iqtisodiyotni tashkil qilishning tovar ishlab chiqarishga
asoslangan, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zaro harakatini Bozor
vositasida ta’minlovchi ijtimoiy shaklidir.
Bozor – tovar va pul muomalalarining o‘zaro qat’iy harakatlari asosida vujudga
keluvchi Iqtisodiy munosabatlarning tizimidir.
Bozorning klassik modeli quyidagi xususiyatlar bilan ta’minlanadi:
nima ishlab chiqarish, nimaga va qanday sotishni o‘zlari mustaqil tovar ishlab
chiquvchilarning ko‘pligi;
kimdan mahsulot sotib olishni o‘zlari mustaqil hal qiluvchi mustaqil
iste’molchilarning ko‘pligi;
qiymat bo‘yicha zamonaviy almashinuv;
talab va taklif asosida narxlarning stixiyali belgilanishi;
qayta ishlab chiqarish jarayonlarining stixiyali ravishda tartibga solinishi;
erkin raqobat, kapitalning «erkin qayta qo‘yilishi».
Hozirgi zamon sharoitlarida bozor o‘zini-o‘zi tartibga solishdan tartibga
solinuvchiga aylanadi, bu esa bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasining
murakkablashishiga olib keladi.
Bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasi, bu - bozor subyektlari
o‘rtasidagi munosabatlar tizimi bo‘lib, ularning maqsadlarini, turli tomonlarga
yo‘naltirilib, yo‘l-yo‘lakay muqobil kelishiluvchi iqtisodiy manfaatlarini, bozor
aloqalarining Turli-tuman obyektlari harakatlanishining holati hamda tashkil qilish
shakllari va o‘zaro bog‘liq harakatlarini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |