Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan oraliq nazorat savollari


Download 73.5 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi73.5 Kb.
#1042581
Bog'liq
1-oraliqnazorat IQTNA


Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan oraliq nazorat savollari
1. Ishchi kuchi tushunchasining mazmunini aniqlang:
A.Insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig‘indisi;
B.Moddiy ne’matlar yaratishda qatnashuvchi shaxs;
C.Bilim va malakaga ega bo‘lgan kishi;
D.Ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi shaxs;
ANSWER: A

2. Ishlab chiqarish jarayoni nima?


A.Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat;
B.Ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilinishi;
C.Mehnat predmetlaridan foydalanish jarayoni;
D.Ishchi kuchidan samarali foydalanish jarayoni;
ANSWER: A

3. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilikning o‘rni qanday?


A.Mulkchilik-mulkka egalik munosabatini ifodalaydi;
B.Boylik manbai;
C.Mulkchilik-ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning harakterini belgilaydi;
D.Iste’molchi talabini qondirish vazifasini bajaradi;
ANSWER: A

4. Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi?


A.Yuqoridagilarning barchasi;
B.Mulkka egalik qilish;
C.Mulkdan foydalanish;
D.Mulkni tasarruf qilish;
ANSWER: A

5. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning qaysi yo‘li erkin tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochib berishni ko‘zda tutadi?


A.Xususiylashtirish;
B.Hissadorlik jamiyatiga aylantirish;
C.Jamoa mulkiga aylantirish;
D.Ijaraga berish;
ANSWER: A

6. Ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo etuvchi omilni ko‘rsating?


A.Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi;
B.Jamiyatni boshqaruv shakli;
C.Aholining daromad darajasi;
D.Iste’mol tovarlarining xilma-xilligi;
ANSWER: A

7. Ishlab chiqarish usulini qanday tushunamiz?


A.Ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining birligini;
B.Mehnat qurollari bilan mehnat predmetlarining birligi;
C.Pul vositalari bilan mehnat vositalarining birligini;
D.Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan
turining birligini;
ANSWER: A

8. Mulkdan foydalanishning mohiyatini aniqlang:


A.Mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi;
B.Mulkdorlik xuquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi;
C.Moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi;
D.Mulk taqdirining mustaqil hal qilinishini;
ANSWER: A

9. Bozorlarni turkumlashda qanday mezon asos qilib olinadi?


A.Ayirboshlashga chiqariladigan tovar va xizmatlar turi;
B.Bozorli vaziyatning etuklik darajasi;
C.Ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchini bog‘lash vazifasi;
D.Iqtisodiyotni tartibga solish vazifasi;
ANSWER: A

10. Intellektual tovarlar bozorida bozor ob’ekti bo‘lib nimalar chiqadi?


A.Ilmiy g‘oyalar;
B.San’at va adabiyot asarlari;
C.Ilmiy axborotlar;
D.Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar;
ANSWER: A

11. Bozor iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini qanday bajaradi?


A.Talab va taklif nisbatiga muvofiq iqtisodiy resurslarni tarmoqlar o‘rtasida oqib o‘tishi;
B.Ishlab chiqarishni uzluksiz takrorlab turishi orqali;
C.Mahsulotni iste’molchilarga etkazib berish orqali;
D.Ish kuchini muntazam takror ishlab chiqarishga xizmat qilish orqali;
ANSWER: A

12. Bozorda juda ko‘p sotuvchilar va haridorlar mavjud bo‘lib, ulardan hech biri bozor baholariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasa, hamda bozorga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasa, bu qanday bozor turini anglatadi?


A.Sof raqobatli bozorlar;
B.Sof monopolistik bozorlar;
C.Monopolistik raqobatli bozor;
D.Oligapolistik bozor;
ANSWER: A

13. Qaysi bozorda tovarlar ishlab chiqarish iste’moli, ya’ni unumli iste’mol uchun ayirbosh qilinadi?


A.Ishlab chiqarish vositalari bozorida;
B.Iste’molchilik tovarlari bozorida;
C.Intellektual tovarlar bozorida;
D.Moliya bozorida;
ANSWER: A

14. Iqtisodiy islohot nima?


A.Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
B.Ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar?
C.Siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
D.Ma’naviy va maishiy o‘zgarishlarga kiritilgan tadbirlar;
ANSWER: A

15. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishda nimaga ustunlik beriladi?


A.Iqtisodiy erkinlikni kengaytirishga;
B.Iste’molga;
C.Raqobatga;
D.Investitsiyalarni ko‘paytirishga;
ANSWER: A

16. O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishni nima taqozo etadi?


A.Xuquqiy negizni shakllantirish;
B.Bozor infratuzulmasini yaratish;
C.Barqarorlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish;
D.Yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri;
ANSWER: A

17. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida isloh qilishning muhim yo‘nalishini aniqlang?


A.Iqtisodiyotning barcha sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
B.O‘tish jarayonining xuquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy bazasini mustahkamlash;
C.Ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish;
D.Moliyaviy ahvolning barqarorligini ta’minlash;
ANSWER: A

18. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelida kim bosh islohotchi?


A.Davlat
B.Fuqarolik jamiyat
C.Prezident
D.Oliy Majlis.
ANSWER: A

19. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy besh tamoyilini qaysi asarida bayon etgan?


A.O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li.
B.O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida.
C.O‘zbekiston – bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li.
D.O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat
ANSWER: A

20. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning qaysi asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning “O‘zbek modeli” va uning nazariy masalalari yoritilgan.


A.Istiqlol yo‘li: muammolar va rejalar, O‘zbekistonni o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li, O‘zbekiston bozor munsabatlarga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li.
B.O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li bizdan ozod va obod Vatan qolsin, O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda.
C.“Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”, yangicha fikrlash va ishlash davr talabi
D.O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
ANSWER: A

21. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni ishlab chiqishda nimalar hisobga olingan?


A.Barcha javoblar to‘g‘ri.
B.Mustaqil davlatchilikning tarixiy tajribasi va milliy tiklanishning takomil bosqichlari.
C.Jahon tajribasi, O‘zbekistoning milliy xususiyatlari va shart-sharoitlari.
D.O‘zbekistoning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi
ANSWER: A

22. Modernizatsiya so‘zi qanday ma’noni bildiradi?


A.Yangilanish, zamonaviylashtirish
B.Qayta qurish
C.Mustaqil bo‘lish
D.Iqtisodiyotni isloh etish
ANSWER: A

23. Iqtisodiyotni erkinlashtirishda birinchi navbatda qanday masalalar muhim o‘rin tutadi?


A.Soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish.
B.Monopolizm ko‘rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish.
C.Bank moliya sohasidagi islohotlarni chukurlashtirish
D.Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish
ANSWER: A

24. Mamlakatni modernizatsiya qilishning muhim sharti.


A.Iqtisodiy va ijtimoiy sohani isloh etishni ijtimoiy va sud-xuquq tizimini muttasil yangilash bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirish.
B.Iqtisodiy va ijtimoiy sohani isloh etish.
C.Ijtimoiy va sud-xuquq tizimini muttasil yangilash.
D.Jarayonlarni tezlashtirish.
ANSWER: A

25. Inqiroz - bu:


A.Taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul, tushkunlik;
B.Kutilmaganda jamiyatning barcha sohalariga zarar keltiradigan va yangicha faoliyat yuritishga undaydigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy voqelik;
C.O‘z davrida progressiv hisoblangan jarayonlarning vaqt o‘tishi bilan yangicha talablarga javob bera olmaslik tufayli yuz beradigan hodisadir;
D.To’g’ri javob yo’q;
ANSWER: A

26. O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida:


A.Chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga amal qilib kelmoqda;
B.Qisqa muddatli kreditlarni imtiyozli stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga amal qilib kelmoqda;
C.Uzoq muddatli kreditlarni imtiyozli stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga amal qilib kelmoqda;
D.Barcha javoblar to‘g‘ri.
ANSWER: A

27. Jahon moliyaviy inqirozi qaysi mamlakatdan va qaysi kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglikdan boshlandi:


A.AQSHda ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan inqiroz holatidan boshlandi;
B.Yaponiyada qisqa muddatli kreditlash tizimida ro‘y bergan inqirozdan boshlandi;
C.Germaniyada uzoq muddatli kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglikdan boshlandi;
D.Iroqda ro‘y bergan urushdan boshlandi.
ANSWER: A

28. Kredit bozoridagi tanglik yoxud pul mablag‘larining etishmasligi oqibatida sodir bo‘ladigan inqirozga:


A.Moliyaviy inqiroz deyiladi;
B.Siyosiy inqiroz deyiladi;
C.Iqtisodiy inqiroz deyiladi;
D.Bank inqirozi deyiladi.
ANSWER: A

29. Tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik oqibatida yuz beradigan inqiroz:


A.Iqtisodiy inqiroz deyiladi;
B.Xom-ashyo inqirozi deyiladi;
C.Tovarlar va xizmatlar inqirozi deyiladi;
D.Sanoat inqirozi deyiladi.
ANSWER: A

30. Jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri:


A.Barcha javoblar to‘g‘ri.
B.Dunyo bozoridagi talabning keskin tushishida namoyon bo‘ladi;
C.Dunyo bozoridagi narxlarning keskin tushib ketishida namoyon bo‘ladi;
D.Eksportga yo‘naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog‘liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo‘ladi;
ANSWER: A

31. Jahon moliyaviy inqirozning ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonda qanday shart-sharoitlar mavjud?


A.Iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini puxta poydevorini mustahkamlash
B.Iqtisodiyotda sanoat va qayta ishlash tarmoqlari rolini oshirish
C.Bank-moliya xizmatlarini rivojlantirish
D.Tashqi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash
ANSWER: A

32. O‘zbekiston bank tizimiga jahonning nufuzli reyting agentligi “Moodys”ning e’tirofi qaysi bir yo‘nalishga taalluqli?


A.Barcha yo‘nalishlarga taalluqli.
B.Bank-moliya tizimi “Barqaror”;
C.Milliy valyutada uzoq muddatli depozit reytingi “Barqaror”;
D.Xorijiy valyutada uzoq muddatli depozit reytingi “Barqaror”;
ANSWER: A

33. O‘zbekistonning tashqi savdo munosabatlari geografiyasi, avvalo:


A.Rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatdan o‘zgarmoqda;
B.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rivojlangan mamlakatlari bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatdan o‘zgarmoqda;
C.Taraqqiy etgan davlatlar bozorlari bilan savdo aylanmasining sifat jihatdan o‘zgarmoqda;
D.Barcha javoblar to‘g‘ri.
ANSWER: A

34. Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo:


A.Barcha javoblar to‘g‘ri.
B.Mamlakatimiz iqtisodiyoti tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishga mo‘ljallangan ishlarimizning natijasidir;
C.Qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lakomativ rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etishga mo‘ljallangan ishlarimizning natijasidir;
D.Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan ishlarimizning natijasidir;
ANSWER: A

35. Jahon moliyaviy inqirozi AQSHda eng avvalo:


A.Ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi;
B.Yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib ketishidan boshlandi;
C.Dunyoning etakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalari indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishidan boshlandi;
D.Barcha javoblar to‘g‘ri.
ANSWER: A

36. Jahon moliya inqirozning oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida qanday chora-tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan?


A.Bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining faolligini kuchaytirish, rag‘batlantirish va barcha boshqa imkoniyatlarni ishga solish
B.Bank va moliya tuzilmalariga hukumat tomonidan imtiyoz, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining faolligini oshirish va barcha boshqa imkoniyatlarni ishga solish
C.Bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real va moliyaviy sektori korxonalarining faolligini kuchaytirish, rag‘batlantirish va barcha boshqa imkoniyatlarni ishga solish
D.Davlat kafilligi bilan kiritiladigan xorijiy investitsiyalarning salmog‘ini yanada oshirish
ANSWER: A

37. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatda ta’siri va ko‘riladigan zararlarning darajasi qaysi sohasining kuchli va barqarorligiga bog‘liq?


A.Davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘lik barqaror va ishonchli ekanligiga.
B.Iqtisodiy va moliya sohasining bir-biri bilan uzviy barqarorligiga
C.Milliy valyutaning oltin zaxirasi bilan ta’minlanganligiga;
D.Mamlakat ishlab chiqarish resurslarining miqdor va sifatiga;
ANSWER: A

38. Shaxsiy daromad bu:


A.uy xo‘jaligining bir yilda olgan daromadi;
B.bir yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymati;
C.ushbu mamlakatda joylashgan xususiy manbalardan yig‘ilgan jamg‘arma miqdori;
D.YAMMdan amortizatsiyani chegirish.
ANSWER: A

39. Agar milliy daromaddan korporatsiya foydasiga soliqni, taqsimlanmaydigan foydani va ijtimoiy sug‘urtaga to‘lovlarni chegirsak, so‘ngra sof transfert to‘lovlarini qo‘shsak, hosil bo‘lgan miqdor - bu:


A.shaxsiy daromad;
B.amortizatsiya;
C.yalpi milliy mahsulot;
D.sof milliy mahsulot;
ANSWER: A

40. Ixtiyordagi daromad bu:


A.shaxsiy daromaddan yakka tartibdagi soliqlar va soliqdan tashqari to‘lovlarni ayirish;
B.ish haqi, xizmat haqi, ijara haqi va kapitalga foiz shaklidagi daromadni o‘z ichiga oluvchi miqdor;
C.ish haqi va xizmat haqi, kapitalga foiz shaklidagi daromaddan shaxsiy daromadga soliq miqdorining ayirmasi;
D.hamma javob to‘g‘ri.
ANSWER: A

41. Yalpi xususiy investitsiyalar quyidagilarni hisoblashda hisobga olinadi:


A.xarajatlar usuli bo‘yicha YAMMni hisoblashda;
B.daromadlar usuli bo‘yicha YAMMni hisoblashda;
C.xarajatlar usuli bo‘yicha SMMni hisoblashda;
D.o‘z ixtiyoridagi daromadni;
ANSWER: A

42. Ish haqi quyidagi holda hisobga olinadi:


A.daromadlar usuli bo‘yicha YAMMni hisoblashda;
B.xarajatlar usuli bo‘yicha YAMMni hisoblashda;
C.sof eksportni hisoblashda;
D.davlat korxonalariga sof subsidiyalarni hisoblashda;
ANSWER: A

43. Agar nominal YAMM va narxlar darajasi ko‘tarilsa, unda:


A.bu axborot real YAMM o‘zgarishini aniqlashga imkon bermaydi;
B.real YAMM o‘zgarmaydi;
C.real YAMM narxlar darajasiga nisbatan kamroq ko‘payadi;
D.real YAMM qisqaradi;
ANSWER: A

44. Agar real YAMM 6% kamaysa, aholi soni esa huddi shu yili 3% qisqarsa, unda


A.aholi jon boshiga real YAMM pasayadi;
B.aholi jon boshiga real YAMM ko‘payadi;
C.real YAMM oshadi, nominal YAMM esa pasayadi;
D.nominal YAMM o‘zgarmaydi;
ANSWER: A

45. Yaqin orada yana ishga joylashishga umid qilayotgan odam:


A.ishsizlar guruhiga kiradi;
B.bandlar guruhiga kiradi;
C.ishchi kuchi tarkibida hisobga olishmaydi;
D.to‘la band bo‘lmagan sifatida qaraladi;
ANSWER: A

46. Agar kishi kasal bo‘lsa va ishlay olmasa …


A.ishchi kuchi tarkibida hisobga olishmaydi;
B.bandlar guruhiga kiradi;
C.ishsizlar guruhiga kiradi;
D.to‘la band bo‘lmagan sifatida qaraladi;
ANSWER: A

47. Majburiy ishsizlikning mavjudligi:


A.mehnat bozorida talab ortiqchaligi sharoitida ish haqi pasaymasligi haqidagi Keyns taxminlari bilan tushuntiriladi;
B.talab ortiqchaligi sharoitida mehnat bozorida ish haqi o‘smasligi haqidagi Keyns taxminlari bilan tushuntiriladi;
C.hattoki klassik maktab iqtisodchilari tomonidan tan olinadi;
D.ishsizlikning umumiy darajasi sezilarli ahamiyatga ega emas;
ANSWER: A

48. Iqtisodiyotdagi pasayish tufayli ishini yo‘qotganlar ishsizlikning qaysi ko‘rinishiga mansub:


A.ishsizlikning davriy ko‘rinishiga;
B.ishsizlikning friksion ko‘rinishiga;
C.ishsizlikning tarkibiy ko‘rinishiga;
D.uzluksiz ishsizlikka;
ANSWER: A

49. O‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagan ishchi, agar u ishchi kuchi tarkibiga kirsa-yu, lekin hali ish topolmagan bo‘lsa qaysi javob to‘g‘ri bo‘ladi?


A.ishsizlikning friksion ko‘rinishiga;
B.ishsizlikning tarkibiy ko‘rinishiga;
C.ishsizlikning davriy ko‘rinishiga;
D.uzluksiz ishsizlikka;
ANSWER: A

50. Ouken qonuniga ko‘ra, ishsizlikning haqiqiy darajasining uning tabiiy darajasidan ikki foizga ortiqchaligi YAMM haqiqiy darajasining uning potensial darajasidan orqada qolganining bildiradi. Bu orqada qolish necha foizga teng?


A.5% ga;
B.2 % ga;
C.2,5 % ga;
D.3 % ga;
ANSWER: A
Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling