Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan testlar


Download 346 Kb.
bet2/3
Sana27.10.2020
Hajmi346 Kb.
#137297
1   2   3
Bog'liq
200 Иқтисодиёт назарияси тест саволлари





Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo‘ladi?

pul daromadlarining notekis taqsimlanishida;



Bozor iqtisodiyotining asosiy afzalligi nimadan iborat?

iqtisodiy resurslarini samarali taqsimlash;



Iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirishga xizmat qiladigan bozor dastak hamda vositalari qanday nomlanadi?

bozor mexanizmi;



Birlamchi va ikkilamchi bozorlar...

qimmatli qog‘ozlar bozoriga;




Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi?

ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning
tovarlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro
kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrastruk turaviy tuzilmalar tizimini;



Bozorning hududiy qamrov darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang?

jahon bozori;



Quydagilardan qaysi biri moliya bozorning tarkibiga kirmaydi ?

intellektual tovarlar bozori.



Ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga tayyorlash qaysi muassasa tomonidan amalga oshiriladi?

Mehnat birjasi;



Quydagilardan qaysi biri bozor infratuzilmasining ayirboshlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasasi hisoblanadi?

tijorat do‘konlari;



Bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ulardan hech biri bozor baholariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasa, hamda bozorga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasa bu qanday bozorni xarakterlaydi?

sof raqobatli bozor;




«Monetar qoida»ga muvofiq:

davlat real YAMMning potensial o‘sish sur’atiga mos ravishda pul taklifining o‘sish sur’atini ta’minlash va u amal qilayotgan qonunchilikda o‘z ifodasini topishi kerak;




Davlatning soliqlarni tartibga solish siyosati quyidagilardan qaysi birida ifodalanadi:

fiksal siyosatda;



Monetar siyosatning asosiy dastagi qaysi?

pul taklifi;



Davlat monopoliyalarga qarshi faoliyatni qaysi maqsadda amalga oshiradi?

tadbirkorlik va erkin raqobatni himoya qilish maqsadida;



Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning qaysi usuli raqobat, narx, talab va taklif nisbatiga asoslanadi?

bozor mexanizmi;



Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga eng kam darajada aralashuvi pul muomalasi doirasida bo‘lishi kerak,-deb ta’kidlaydi?

monetarizm;



Davlatning iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishining ma’muriy vositasi (dastagi)ni toping?

qonunlar va huquqiy bitimlar;



Davlatning iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishning kreditli dastagini toping?

hisob stavkasi;



Monetaristik qarashni toping?

pul taklifini o‘zgartirish bevosita narx va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi;



Firmaning doimiy xarajatlari bu –

firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadigan xarajatlar;




O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar yigirma ming so‘m, o‘rtacha doimiy xarajatlar uning to‘rtdan bir qismini tashkil qilsa, umumiy xarajatlar qanchaga teng bo‘ladi:

25000



Firmaning doimiy xarajatlari bu –

firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadiganxarajatlar;



Firmaning o‘zgaruvchi xarajatlari bu –

mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq xarajatlar;



Korxonaning sof foydasi 200 ming so‘m, ishlab chiqarish xarajatlari 800 ming so‘m bo‘lganda, foyda normasi qanday miqdorni tashkil qiladi?

25%;



Ishlab chiqarish jarayoniga iqtisodiy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan sarf – xarajatlar qanday nomlanadi?

ishlab chiqarish xarajatlari;



“O‘rtacha xarajat” tushunchasining ta’rifini toping?

mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan xarajat;



Mahsulot (xizmat) sotishdan olingan pul tushumlari va qilingan sarf–xarajatlar o‘rtasidagi farq qanday ko‘rsatkich?

umumiy yoki yalpi foyda;



Foydaning ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasi qanday ko‘rsatkich?

foyda normasi;



Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:

nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori;



Iste’mol tovar (xizmat) lari narxi 50 % ga tushib, nominal ish haqi 50 % ga oshsa, real ish haqi darajasi qanday o‘zgaradi?

real ish haqi 3,0 marta ortadi;



Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ishning hajmiga qarab belgilanadigan ish haqi qanday nomlanadi?

ishbay;



Yer uchastkalarining iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi?

differensial renta-II



Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va iste’molchilarga nisbatan joylanishidagi farq tufayli vujudga keladitgan renta

differensial renta I;



Yerga egalik huquqining iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilish shakli qanday nomlanadi?

yer rentasi;



Mehnat qilishning aniq sharoitlarini hisobga olib ish haqi to‘lashning qo‘llaniladigan turlari qanday nomlanadi?

ish haqi tizimi;



Ish haqi mahsulot birligi uchun belgilangan yagona rassenka bo‘yicha to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi?

oddiy ishbay;



Ishlab chiqarishning me’yorlashtirilgan hajmi uchun qat’iy belgilangan va undan ortiqchasiga o‘sib boruvchi rassenka asosida ish haqi to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi?

ishbay progressiv;



Mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va kasb turlari, hodimlar toifasi hamda aniq xizmat vazifasini bajaruvchilar bo‘yicha ish haqi darajasini tabaqalashtirish qanday amalga oshiriladi?

ta’rif tizimi yordamida;



Agar real yalpi ichki mahsulot hajmi 6%ga, aholi soni 3% ga qisqarsa

aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot qisqargan;



YAIM (YAMM)ni qo‘shilgan qiymat (ishlab chiqarish) asosida hisoblash:

barcha tarmoq va sohalarning ulushini aniqlash imkonini beradi.



Yalpi ichki mahsulot bu - …

mamlakat hududida yaratilgan barcha pirovad mahsulot(tovar va xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi;



Milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi qaysi ko‘rsatkichda to‘laroq ifodalanadi?

yalpi milliy mahsulot;



Nominal yalpi ichki mahsulot aniqlanadi:

joriy yil bozor narxlarida;




Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri?

SMM - egri soliqlar = milliy daromad;



Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri?

YAMM - amortizatsiya =SMM;



Quyidagilarning qaysi biri YAMM tarkibiga kiradi?

kitob do‘konidagi yangi kitoblarning qiymati;



Real YAIM(YAMM) nima?

doimiy narxlarda, pulning o‘zgarmas kursida hisoblangan YAIM(YAMM);



Unumli va shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlarning bozor qiymati – bu:

pirovard mahsulot;



Yalpi talab ortganda narx tez ko‘tarilib, talab kamayganda u pasaymasligi mumkinligi nima bilan izohlanadi?

xrapovik samarasi bilan;



Asosiy natijaviy makroiqtisodiy ko‘rsatkichni aniqlang?

yalpi milliy mahsulot;



22000 so‘m shaxsiy daromaddan 5000 so‘m jamg‘arma sifa­tida ishlatilsa, jamg‘armaga o‘rtacha moyillik necha foizni tashkil qiladi?

23,0%;



Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?

foyda, amortizatsiya ajratmalari;



YAMM deflyatorini toping?

real YAMMning nominal YAMMga nisbatiga teng;



Makroiqtisodiy beqarorlikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni toping?

ishsizlik, inflyasiya va byudjet taqchilligi;



Qaysi makroiqtisodiy model davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi?

Laffer egri chizig‘i;



Qat’iy valyutalarda yoki solishtirma narxlarda hisoblangan YAIM – bu:

real YAIM;



Yalpi talab hajmi va narx umumiy darajasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?

qarama-qarshi;



Aholi iste’moli va pul-jamg‘armalari darajasini belgilaydigan asosiy omil nima?

shaxsiy daromad;



Shaxsiy daromad 150000 so‘m bo‘lib uning 130000 so‘mi iste’molga ketsa, iste’molga o‘rtacha moyillik necha foizni tash­kil qiladi?

86,6%;



Uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadlari bir qismining foizli daromad olish va kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida to‘planib borishi nimani anglatadi?

jamg‘arma qilishni;




Investitsiyalar darajasini belgilaydigan asosiy omil nima?

sof foyda normasi va foizning real stavkasi;



Shaxsiy iste’mol qanday ro‘yobga chiqadi?

iste’molchilik sarflari orqali;



Uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadlari bir qismining foizli daromad olish va kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida to‘planib borishi nimani anglatadi?

jamg‘arma qilishni;



Jamg‘armani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlardan qaysi biri bugungi pul daromadining kelgusidagi qiymatini oshirishga qaratiladi?

foiz shaklida daromad olish;



Unumli iste’mol qanday amalga oshadi?

iqtisodiy resurslarga sarf–xarajatlar qilish yo‘li bilan;



Investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilagan amaliy xarakatlar-bu:

investitsion faoliyat;



Sof milliy mahsulot (milliy daromad) o‘sgan qismi investitsiyalar o‘sgan summasiga nisbati–bu:

multiplikator samarasi;



Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning klassik yo‘li:

aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;




Iqtisodiy islohotlar nima?

iqtisodiyotda bozor munosabatlarini hakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;



Respublikada agrar islohotlarning negizini nima tashkil qiladi?

erga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilish;



Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshirildi?

kichik xususiylashtirish amalga oshirildi;



Oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon madaniy jixatdan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi mamlakatlarga tegishli?

rivojlangan mamlakatlarga;

Download 346 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling