Taklif qonuniga ko‘ra ……….
A) narx oshishi bilan taklif ham oshadi;
B) narx oshishi bilan taklif kamayadi;
C) narx pasayishi bilan taklif oshadi;
D) narx pasayishi bilan taklif kamayadi.
Umumiqtisodiy kategoriyalar – bu …
A) iqtisodiyotning maʼlum bosqichida amal qiladigan kategoriyadir;
B) tovar ishlab chiqarish davriga xos bo‘lgan kategoriyadir;
C) iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan umuminsoniy iktisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir;
D) bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan kategoriyadir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
A) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo’jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o’rganish;
B) siyosiy munosabatlarni o’rganish;
C) ijtimoiy munosabatlarni o’rganish;
D) huquqiy munosabatlarni o’rganish.
Jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti va shu kabilarni qamrab oladigan iqtisodiyot … deb ataladi.
A) milliy iqtisodiyot;
B) makroiqtisodiyot;
C) mikroiqtisodiyot;
D) an’anaviy iqtisodiyot.
Jamiyat ehtiyojlarining o‘zgarishiga qanday omillar ta'sir ko‘rsatadi
A)jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
B) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
C) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
D) yuqoridagilarning barchasi.
Tovar ishlab chiqarish nima
A) mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchining o'z ehtiyojlarini qondirishi uchun, xo'jalik ichki ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilishi;
B) mahsulot yoki xizmatlarning ishlab chiqaruvchining o'z iste'moli uchun emas, balki bozorda sotish uchun yaratilishi;
C) kishilarni iste'moli uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati;
D) yuqoridagilarning barchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |