Iqtisodiyot nazariyasi fanining talaba yoshlar ongiga ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda va milliy istiqlol g’oyasini singdirishdagi ahamiyati


Download 16.09 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi16.09 Kb.
#1329687
Bog'liq
Esse


Iqtisodiyot nazariyasi fanining talaba yoshlar ongiga ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda va milliy istiqlol g’oyasini singdirishdagi ahamiyati

Iqtisodiyot – bu davlat, korxona va tashkilot yoki oila, umuman olganda jamiyat har bir bo’g’inining doimiy faoliyatini yoki hayot tarzini tartibga solib turuvchi hamda aynan o’sha jamiyatning qolgan qismiga bevosita ta’sir o’tkazuvchi uzviy bog’liq bo’lgan yaxlit tizimdir. Ushbu tizim faoliyati ko’p hollarda inson omili ya’ni inson ta’siri yordamida amalga oshiriladi. Agar iqtisodiyot mavjud bo’lmaganida insoniyat hozirgi ko’rinishga kelmagan bo’lar edi desam mubolag’a bo’lmaydi. Chunki iqtisodiyotning rivojlanishi bevosita boshqa sohalarning rivojlanishiga ham sabab bo’luvchi eng muhim tarmoqdir. Iqtisodiyotni mukammal o’rganish va uni amaliyotga tadbiq eta olish inson hayot tarzining yaxshi bo’lishini kafolatlovchi faktor hisoblanadi.


Iqtisodiyotni o’rganish faqatgina ushbu sohaga aloqador shaxslar uchun emas, balki har bir soha vakillari, muxtasar qilib aytganda insoniyatning har biri uchun, mening fikrimcha, birinchi o’rinda turuvchi vazifadir.
Iqtisodiyot nazariyasi fani asosi biz talaba yoshlar uchun davlatning kelajagini, dunyo siyosiy maydonidagi keyingi qadamlarini, rivojlanish strategiyasidagi navbatdagi rejalarini va albatta aholining barcha qatlami hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan maqsadlarni belgilab berishi bu fanning muhimlilik darajasi naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi desam mutlaqo adashmagan bo’laman.
Talaba yoshlar oliy ta’lim o’quv yillarini tamomlab, ma’lum bir sohaning mutaxassisi ekanliklaridan dalolat beruvchi, ba’zi qo’shtirnoq ichidagi insonlar uchun bir parcha qog’oz bo’lib hisoblanuvchi diplomga ega bo’lganlaridan so’ng faqatgina o’zlari va oilalarining manfaatini ko’zlab mehnat faoliyatlarini yo’lga qo’ysalar, o’ylaymanki bu ortga tashlanayotgan qadamlardan boshqa hech narsa emas. Vatan rivoji, yurt taraqqiy etishi uchungina harakat qilsak, intilsak, yangiliklardan cho’chimasak, zamon bilan hamnafas bo’lgan holda faqat oldinga qarab harakat qilsakgina har bir sohada ijobiy tomonga o’zgarishlar bo’lishi kafolatlanadi. Aks holda biz afsuslanishdan boshqa hech narsaga yaramay qolamiz.



Download 16.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling