Talabaga tavsiya!
Kurs ishi rejasini tuzishni yuqori kursda o‘qiydigan do‘stingizga yoki partadosh talaba-qizga ishonmang!
“Tanasi boshqa – dard bilmas!”
| Kurs ishi rejasini tuzishda biron-bir qolipning, yagona shaklning bo‘lishi mumkin emas. Lekin aksariyat mavzular uchun tuzilgan rejalar savollari o‘rganilayotgan mavzuning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslarini, izlanish ob’ektidagi amaliyot holati tahlilini, izlanish uchun asos qilib tanlangan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini qamrab olishi kerak.
Kurs ishinig mazmuni va hajmiga ma’lum chegaralar qo‘yilgan, ya’ni kurs ishi 3 – 3,5 ming so‘z birligi, yoki 35-40 varaq hajmida bajarilishi kerak, shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida yoritib berish mumkin bo‘lgan savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, talabaning qiziqishlaridan, fikrlash doirasining kengligidan, to‘plangan adabiyotlar va amaliy ma’lumotlarning ko‘lamidan, talabaning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan layoqatidan kelib chiqqan holda, kurs ishi rejalari turli-tuman, cheklanmagan variantlarda, ixtiyoriy talqinda bo‘lishi mumkin. Muhimi, ishlab chiqilgan reja tanlangan kurs ishining mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini ochib berishi, o‘rganilgan muammo yuzasidan mustaqil xulosalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak. Ushbu Ko‘rsatmalardan foydalanuvchilarga amaliy yordam sifatida bir necha mavzu bo‘yicha tuzilgan kurs ishi rejalari namunalari qo‘llanmaning 3-ilovada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |