Makroiqtisodiyot muvozanatining mohiyati va unga erishish yo’llari
ASRORBEK YUSUFOV BHA-2
Makroiqtisodiyot haqida tushuncha MAKROIQTISODIYOT MIKROIQTISODIYOT KABI IQTISODIY NAZARIYANING BIR BO’LIMIDIR - Yunon tilidan tarjima qilingan "makro" so'zi "katta" (mos ravishda "mikro" "kichik" degan ma'noni anglatadi), "iqtisod" so'zi esa "uy xo'jaligi" degan ma'noni anglatadi. Shunday qilib,makroiqtisodiyot - bu butun iqtisodiyotning yoki uning yirik agregatlarini (agregatlarini) o'rganadigan fan., iqtisodiyot esa murakkab yirik yagona ierarxik tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va hodisalar va ularning ko'rsatkichlari yig'indisi sifatida qaraladi.
- Mikroiqtisodiyotdan farqli o'laroq makroiqtisodiyot butun iqtisodiyot uchun umumiy bo'lgan muammolarni o'rganadi va umumiy qiymatlar bilan ishlaydi, masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, yalpi talab, yalpi taklif, yalpi iste'mol, investisiyalar, narxlarning umumiy darajasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi va boshqalar
- Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |