Iqtisodiyot nazariyasi mavzu: Ishsizlik
Mamlakat miqyosida 3—5% darajasidagi Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (Ishsizlik ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi
Download 328.08 Kb. Pdf ko'rish
|
ishsizlik
Mamlakat miqyosida 3—5% darajasidagi Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (Ishsizlik ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi. Ishsizlik turlari Friksion (oraliq) ishsizlik Siklik ishsizlik. Institutsional ishsizlik Texnologik ishsizlik Hududiy ishsizlik Yashirin ishsizlik Turg’un ishsizlik Ishsizlikning salbiy va ijobiy tomonlari Mehnat resursining bir qismi bekor qolib, mahsulot va xizmatlarni yaratishda qatnashmaydi. Uzoq vaqt mobayni ishsiz yurish kasbiy malaka va tajribani yo’qotishga olib keladi. Ishsizlarni boqish tashvishi ishlayot-ganlar zimmasiga nafaqa to’lash uchun ishlovchilar daromadidan ko’proq soliq olishga to’g’ri keladi. Ishsizlar oilalarining daromadi pasayib ketadi, ularga tegadigan nafaqa tirikchilikka yetmay qoladi. Ishsizlik xavfi -kishilarni yaxshi ishlashga;-mehnat intizomini buzmaslikka;- mehnat unumdorligini oshirishga; -ish sifatini yaxshilashga;-o’z firmasini e’zoz-lashga;-o’z ish joyining qadriga yetishga undaydi. Ishsizlik bekor yurganlarni -o’z ustida ishlashga; -bilim va malakasini oshirishga; -yangi kasblarni qunt bilan egallashga chorlaydi. Agar biror shaxs mehnatbirjasi hisobida turganda ilgarigi ixtisosi bo’yicha ishlash qobiliyatini yo’qotsa yoki zaruriy kasb malakasi bo’lmaganligi sababli munosib ish topolmagan bo’lsa, yohud ishsizning kasb malakasiga mos ish bo’lmaganligi munosabati bilan kasbni o’zgartirish zaruriyati tug’ilsa, ish bilan ta’minlash davlat xizmati uni kasb tayyorgarligidan o’tadigan, qayta tayyorlaydigan yoki boshqa kasbga o’qitadigan joyga yuboradi. Bu vaqtda unga stipendiya beriladi, o’qigan vaqti esa umumiy mehnat stajiga kiradi.Belgilangan taritbga ko’ra, ishsiz deb tan olingan shaxs ishsizlik nafaqasini oladi, bu ishini va ish haqini yo’qotgan yoki uzoq tanafusdan keyin o’z ishiga tiklanishga xarakat qilib yurganlar uchun 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar haftasidan oshmasligi, ilgari ishlamagan yoki birinchit marta ish qidirayotgan shaxslar uchun 13 haftadan oshmasligi kerak. 16 yoshgacha bolasi yoki qaramog’ida boshqa boqimandalar bo’lgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz ko’ppayadi. Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida faol ravishda ish izlashi va kamida har ikki haftada bir marta ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga uchrashib qo’yishi kerak. Uzrsiz sabablarga ko’ra, belgilangan muddatda ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga kelmaganda, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo’shatilganda nafaqa berish 3 oygacha to’xtatib qo’yilishi yoki nafaqa miqdori qisqartirilishi mumkin. Davlatning aholini ishsizlikdan muhofaza qilish borasidagi tadbirlari. Download 328.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling