Iqtisodiyot nazariyasi


Download 337.85 Kb.
bet3/3
Sana29.04.2020
Hajmi337.85 Kb.
#102151
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi IN DBG'i50 Ne'matov Zikrullo

Ushbu rasmda ishlab chiqarishda mahalliy va davlat korxonalarining usulishi ko’rsatilgan (foizda)

Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligi turli texnik texnalogik, tashkiliy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar ta‘sirida erishiladi . Ko‘pincha quvvat mashina va jihozlar ishining intensivligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish texnalogik jihozlarning bandlik darajasi va ularni ishlatilishidan kelib chiqishi kerak .

Ishlab chiqarish quvvatini aniq ko‘rsatadigan ko‘rsatkich bu natural ko‘rsatkich, sabab shu ko‘rsatkich orqaligina iste‘molchini tovarga bo‘lgan talabini qondirilganlik darajasiga baho berish mumkin. Ishlab chiqarilgan mahsulotni hajmini puldagi qiymatiga bozordagi narx qiymatini o‘zgarishi juda katta tahsir ko‘rsatadi, ya‘ni puldagi mahsulot hajmi ko‘payadi, lekin iste‘molchini iste‘moli qonganligiga bu usul bilan baho berib bo‘lmaydi.SHubhasiz, ishlab chiqaruvchi texnik tavsif, korxonaning tarkibiy va tuzilmaviy asosiy ishlab chiqarish fondlari doimiy mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishi bo‘lib, asosiy fondlar strukturasini takomillashtirish hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish asosan yetakchi sexlar zimmasida kan, ularning asosiy fondlar umumiy qiymatining ulushini oshirish juda muhimdir. Yordamchi ishlabchiqarish fondlarini ko‘payishi mahsulot fondi sig‘imining oshishiga olib keladi. Lekin bu bilan mahsulot hajmi oshmaydi. Ammo yordamchi sexlarning proporsional rivojlanishsiz asosiy sexlar to‘la quvvat bilan ishlay olmaydi. Shuning uchun korxonadagi asosuy fondlarnong o‘timal ishlab chiqarish strukturasini o‘rnatish ulardan foydalanishni yaxshilashning eng muhim yo‘nalishidir. Asosiy vositalar ishlab chiqarish fondining aktiv qismi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatini oshorish hisobiga fond qaytimiga ta‘sir etuvchi eng muhim omildir.

– ishlab chiqarish xajmining ortishi, maxsulot ishlab chiqarish

xajmining ortishi hisobiga.

– bazis yildagi asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati.

– turli texnik tadbirlar xisobiga asosiy fondlarning o‘rtacha yillik

qiymatining o‘zgarishi.

Quyidagi faktorlar xisobiga fond qaytimi o’zgarishining Strukturasi:

Fond qaytimi o’zgarishi, Aktiv qismi mutanosibligining o’zgarishi, Aktiv qismi qaytimining o’zgarishi, Mavjud jihozlar sonining o’zgarishi, Smena almashishdagi to’xtashlar jihoz ishlash davomiyligining o’zgarishi, Bir jixozning o’rtacha soatlik qaytimining o’zgarishi, Smena ichidagi to’xtashlar ROTning o’zgarishi, Samarador bo’lgan yangi texnika va texnologiyalarning kiritilishi, Mashina vaqtining noishlab chiqarish xarajatlari Ishlab chiqarishni boshqarish va yuklanish darajasining o’zgarishi, Kiritilgan yangi jixoz o’rganilishiga sarflanadigan vaqt Maxsulot strukturasini o’zgartirish, Boshqarish sistemasini takomillashtirish Ishlab chiqarishni takomillashtirish, Ishlab chiqarish intensifikatsiyasining o’zgarishi Progressiv texnologiyalardan foydalanish, mavjud jixozlarni modernizatsiya qilish, Ishlab chiqarishni mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

Fond qiymatini oshirishning muhim rezervi sifatida yangi kiritilayotgan quvvatlarni tezda o‘zlashtirishni qayd etish mumkin. Bu maqsadda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga mo‘ljallangan kapital mablag‘lar mavjud quvvatlardan foydalanishni yaxshilash, texnik qayta qurollantirish va rekonstruksiya chora tadbirlarini hisobga olgan, xalq xo‘jaligini rekonstruksiya qilinishi umumdavlat strategiyasini tayyorlash va amalga oshirish, ichlab chiqarishga investitsiyalar kiritishni jadallashtirishni sharoitlarini yaratish, eski texnologiyalar va ishlab chiqarishlarining yangi raqobatdosh egiluvchan va yuqori darajada avtomatlashtirilganlariga almashtirishga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish muhimdir. shlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi asosan ishlab chiqarish jarayonini boshqarish darajasiga, jihozlarning hom ashyo bilan ta‘minlanganligi , jihozlarning maksimal va ritmik ishlab chiqaris darajasiga hamda ishlab chiqarish maydonidan foydalanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari.

1. Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasini rivojlantirish.

2. Jihozning ekstensiv bandligini oshirish.

3. Yangi kiritilgan jihozlar quvvatini o‘rganish muddatlarini qisqartirish.

4. Tsex ,uchastkalar, jihozlar guruhlari orasidagi nomutanosiblikni , noproportsionallikni yo‘qotish.

5. Ishlab chiqarish jarayonini intensifikatsiya qilish.

6. Sanoat ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash.

7. Maxsulot sifatini yo‘qotmagam xolatda, maxsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish.

8. Jixoz ish vaqtidan foydalanishni oshirish.

9. Texnologik jarayonni soddalashtirish.

10. Maxsulot va uning qisimlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish.



Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida forxonaga qo’shimcha chora tadbirlarning tadbiq qilinishi. Korxonada 4DP 130 rusumli 2ta arrali Djin mavjud bo‘lib, bu jixozlarning soatlik unumdorligi, 1.5 t t/s ga ten bo‘lib, bu jixozlar ma‘naviy jixatdan ham, jismoniy jixatdan ham eskirgan xisoblanadi.ularning o‘rtacha xizmat qilish davri 20 yil bo‘lib, bizning fikrimizcha hozirgi davrda investitsiyalarni moliyalashtirishning eng ilg‘or shakllaridan bo‘lgan lizing shartnomalari asosida amalga maqsadga muvofiqdir. Lizing - soliq manfaatlari va boshqa manfaatlarni ko`zlab foydalaniladigan, ijara munosabatlar orqali amalga oshirilayotgan sarmoyalarni moliyalashtirish yo`li. Oddiy so`z bilan aytganda, bu «sotib olish bilan ijara». Lizing o`ziga xos yagona sarmoyalashtirish instrumenti bo`lib, xususiy biznes va davlatning mablag`lari o`sishi jarayonini to`g`ridan-to`g`ri jadallashtiradi. Lizing shartnomasiga asosan, lizing beruvchi lizing oluvchi-mijozning ko`rsatmasiga binoan sotuvchidan mulkni sotib oladi va lizing oluvchining bu mulkka vaqtinchalik ega bo`lishi, lizing summasi to‘langanch korxona mulkiga aylanishi ko‘zda tutiladi. Bugungi kunda yoshkent shaxrida joylashgan O‘zbeklizing international korxonasi, sanoat koxonalarini yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan jixozlar bilan ta‘minlashda faollik ko‘rsatmoda. Moliyalashtirish xisobiga, bu jixozlarni yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan jixozga almashtirish zarur bo‘lib, bu jixoz unumdorligi yuqori bo‘lib ham ixcham ko‘rinishga ega. Yangi jixozning ishlab chiqarish jarayoniga kiritilishi maxsulot sifatining yaxshilanishiga, chiqindilar chiqish meyorinin kamayishiga olib keladi. Soatlik unumdorligi 1,8 tonna bo‘lgan, kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan 7 DP Djin texnikasini sotib olish maqsadga muvofiq. Texnika narxi 43478 AQSH dollari miqdorida bo‘lib, ushbu summa so‘mga aylantirilganda, davlat kursi bo‘yicha 100 000 000 so‘mga to‘g‘ri keladi.. Bu tadbirning iqtisodiy samaradorligini xisoblaymiz., Xisoblarni yangi jixozlarda ishlab chiqariladigan maxsulot xajmini aniqlashdan boshlaymiz.

1. Tadbirdan oldingi :

Q = 207*2*2,75*7.8*1,4=12455 tonna tola.

Bir jixozga to‘g‘ri keladigan maxsulot xajmi:

Q = 207*1*2,75*7,8*1,4 = 6227,5

2. Tadbirdan keyin : Q = 207*1*2.75*7,8*1,8 = 7992,27 tonna tola(bitta jixoz uchun)

3. Qo‘shimcha ishlab chiqariladigan maxsulot: Q = 7992.27-6227,5= 1764,77

4. Korxonada ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishi. Q = *100 = 14%

5. Mehnat unumdorligi ham shu foizda oshadi ya‘ni 14 %

6. Mehnat unumdorligining oshishi xisobiga , ish xaqi bo‘yicha iqtisodga erishiladi.

7. Shartli doimiy xarajatlar bo‘yich iqtisod aniqlanadi. Sotuv xajmi quyidagiga teng bo‘ladi.

Qsotish = 12 455 000 * 1770,5 = 22 051 578 000 so‘m

Bu yerda 1770,5 1 kg tola bahosi. 318601,19 som

8. Mablag‘lar qoplanish muddati. Tqop= = 7, Qoplanish muddati 7 yil

Yuqoridagi xisoblardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, korxonadagi 1 jixozni unumdorligi jixatdan avvalgisidan qyuqorisiga almashtirish xisobiga ish xaqidan 4048425,4 so‘m iqtisodga, shartli doimiy xarajatlar xisobidan esa 318601,19 som iqtisodga erishishimiz mumkun.



3.Iqtisodiy o’sishda yangi ishlab chiqarishning ahamiyati.

Oʻsish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Jamiyatdagi ijtimoiy , iqtisodiy va boshqa muammolarni xal qilishning aosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa, xech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kelmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot (progress) yuz bermaydi.

Iqtisodiy o‘sish deganda kishilarning talab – extiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy maxsulot va xizmatlarni , ya'ni barcha noz- ne'matlarni ishlab chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Moddiy ne'matlarning o‘sishi tushunchasi nafaqat noz- ne'matlarni, balki ishlab chiqarish vositalarini, ya'ni resurslarning ko‘proq ishlab chiqarish degan ma'noni anglatadi. Chunki o‘sish jamiyat a'zolarining joriy iste'molini qondirish bilangina chegaralanmaydi, balki kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi iste'molni qondirish xam mo‘ljallanadi. Ishlab chiqarishf aoliyati jamiyat xayotining birlamchi asosi bo‘lganidan iqtisodiy o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar (chuqur va sifat) iqtisodiy o‘sish sur'atlariga qarab yuz beradi. Ijtimoiy o‘sish real yalpi milliy maxsulotni (YaMM) axoli jon boshiga nisbiy narxlarda taqsimlash yoki jamiyat yalpi ishlab chiqarish xajmi ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy o‘sish mikro va makro ko‘lamda yuz beradi. Mikroiqtisodiy o‘sish xo‘jalik bo‘g‘inlari, firma yoki tarmoq doirasidagi o‘sishni, makroiqtisodiy o‘sish esa jamiyat miqyosidagi. Ya'ni mamlakat miqyosidagi o‘sishni bildiradi.



Iqtisodiy o‘sishning xajmini uning ko‘lami va sur'ati ko‘rsatadi. Iqtisodiyo o‘sish ko‘lami yaratilgan tavar va xizmatlar xajmini bildirsa, uning sur'atlari esa, o‘sish tezligini ko‘rsatadi.



Iqtisodiy o‘sishning natijasi jamiyat a'zolarini ta'minlovchi foydali real moddiy ne'matlardir. Aynan ular iqtisodiy o‘sishning xaqiqiy mezonidir.

Ijtimoiy taraqqiyotning oliy mezoni ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasidir. Bu mezonga iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi ko‘rsatkichlar muvofiq kelishi kerak. Ular o‘z navbatida statik (statistik ) va dinamik xamda miqdor, sifat ko‘rsatkichlariga egadir.Iqtisodiy o‘sishning ikki jixati borki, ularni bir –biridan farqlash kerak.Birinchidan , uning ko‘lami ishlab chiqarish xajmini bildiradi, aniqrog‘i, butun jamityada qancha maxsulotlar va xizmtalar yaratilishi, ularni o‘sishi qanday kishilarda bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘sishning ikkinchi tomoni uning sur'atlari bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni nisbiy jixatdan ifodalaydi, mutloq o‘sishda emas balki, o‘sish tezligini ko‘rsatadi. U o‘sish tezligi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me'yori xam mavjud. Shu sababli yaratilgan maxsulot va xizmatdan miqdoriy ko‘payibgina qolmasdan, o‘z sifati jixatidan talab extiyojni qondirishga qodir bo‘lishi talab etiladi.

Iqtisodiy o‘sishga qarab, jamiyatning iqtisodiy axvoliga baxo berish mumkin.

1.Tabiiyresurslarning miqdori va sifati

2. Mexnat resurslarining miqdori va isfati

3. Asosry kapitalning miqdori va tarkibi

4. Texnologiya darajasi

Mazkur omillar ishlab chiqarishning miqdoran o‘sishini ta'minlovchi taklif omillari deb ataladi. Iqtisodiy o‘sish talab va taklif omillariga bog‘liq.

Resurslarning cheklangan bo‘lishi iqtisodiy o‘sishni xam chegaralaydi.

Iqtisodiy o‘sish omillarining ishlab chiqarish taraqqiyotidagi axamiyati xar xil. Masalan: Saudi Arabiston - neft, Yaponiya - ishchi kuchi malakasi. Iqtisodiy o‘sishning ikki turi mavjud: ekstensiv va intensiv.

A) Ekstensiv rivojlanishda iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan xolda ishlab chiqarish omillari miqdorini o‘sishi xisobiga maxsulot xajmi ortadi.

Masalan: Iqtisodiy o‘sishning bu turi ishlab chiqarish samaradorligiga olib kelmaydi.

B) Intensiv iqtisodiy o‘sish yo‘lida yaratilgan maxsulot va xizmatlar miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, resurslardan tejamli foydalanish, fan-texnika yutuqlarini tadbiq etish va mexnat unumdorligini oshirish xisobiga amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

Bu yo‘l ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga uzviy bog‘liq.



Ishlab chiqarishni intensivlashtirish unga jalb etilgan resurslarning xar qaysi birligidan olinadigan samaradorlik pirovad maxsulot miqdori va sifatining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Samaradorlik ishlab chiqarish natijalarini xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.Quyida esa O’zbekistonning iqtisodiy o’sish surati tasvirlangan(2001-2016 - yillar)

Samaradorlik qancha resurs sarflab, qancha va qanday sifatli maxsulotlar va xizmatlar yaratilganini ifodalaydi. Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorlikga YaMM- pirovad natija bilan o‘lchansa, makroiqtisodiyot miqyosida esa (korxonada) yaratilgan sof maxsulotning yoki fondning maxsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlandi.

Garchi iqtisodiy o‘sish samaradorligini intensiv usullar zaminida amalga oshirilganda barqarorlikga erishilsa xam, barqarorlik doimiy tus olmaydi, chunki iqtisodiy o‘sishda uzilishlar xam bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tishlar xam bo‘lib turadi.Bunday xolat iqtisodiy o‘sishning davriyligi deyiladi.Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning gox tez sur'atda o‘sishi, gox inflyasiya va baxolar darajasining ko‘tarilib borishi, ya'ni barqarorlik xolatlariningyuz berib turishi iqtisodiy o‘sishning sikli deb ataladi.Sikl iqtisodiyotning davriy ko‘tarilishi va pasayishi xodisalarini o‘z ichiga oladigan, iqtisodning tebranib turishi bilan tasvirlanadigan tebranma davrdir.

Iqtisodiy sikl xozirgi nazariyalarga ko‘ra 4 bosqichdan iborat:

O‘sish cho‘qqisi;

Pasayish;

Turg‘unlik (depressiya);

Jonlanish.Shu bosqichlar ketma-ket yuz beradi.

Iqtisodiy oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.

Iqtisodiy oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iktisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqtisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi.

Iqtisodiy oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iktisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Mas, mamlakat aholisining oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy oʻsishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi.

Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.

Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy oʻsishning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy oʻsish ekstensiv oʻsish deb ataladi.

Iqtisodiy oʻsishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy oʻsish intensiv oʻsish deb yuritiladi.

Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv oʻsishning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy qoʻrsatkichlar iktisodiy oʻsish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning yukobiy dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi. Iqgisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish diagnostikasi.

2019-yil 24-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish diagnostikasi: qanday qilib ko‘p va qulay sharoitga ega ish joylarni yaratish mumkin?” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Jahon banki guruhining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida makroiqtisodiyot va fiskal boshqaruv bo‘yicha umumiy amaliyot departamenti katta iqtisodchisi Eskender Trushin mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish holatiga salbiy ta’sir etayotgan omil va ularni bartaraf etish yo‘llari borasida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalari bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirish.

Seminar davomida iqtisodiyotning eng dolzarb muammolaridan bo‘lgan –ishsizlik, bandlik, inflyatsiya masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi jon boshiga Yalpi ichki mahsulot ulushini oshirishda qaysi jihatlarga e’tibor berilish kerakligi, ularning iqtisodiy ahamiyati haqida ham fikr-mulohaza almashildi.

Iqtisodiy o‘sish va uning omillari nimalardan iborat?

«Iqtisodiyot saboqlari» rukni ostida berilayotgan gazetxonlar savollariga mutaxassis va olimlarning javoblari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Navbatdagi savolga iqtisodchi Akrom Mo‘minov javob beradi:

- Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.

Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.

Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.

Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.

Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.

Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Eks­tensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarf­lamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.

Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish or­qali erishish mumkin.

Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.

Xulosa

Hozirgi sharoitda faoliyat ko’rsatuvchi korxonalarning asosiy fondlari va yangi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish iqtisodning o’sishida alohida o’rin tutadi. Korxonaning sanoat ishlab chiqarishdagi o’rni, uning moliyaviy holati, bozordagi raqobat bardoshligi ham yuqoridadilarga ham bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlarning har bir elementi roli, ularning jismoniy va ma’naviy o’zgarishlari, ulardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillar haqidaaniq tasavvurga ega bo’lgan holda asosiy fondler va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi, ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish va mehnat unumdorligini ko’rsatishni usul va yo’nalishlarini aniqlash mumkin. Asosiy fondlardan va yangi ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanishning ahamiyati beqiyos. Bu vazifani bajarish, jamiyat uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, yaratilgan ishlab chiqarish potensialining qaytimini oshirish va aholi talabini to’laroq qondirish, jihozlar balansini yaxshilash, mahsulot tannarxini tushirish, ishlab chiqarish rentabilligini korxona iqtisodiyotini o’sishi demakdir. Hozirgi sharoitda asosiy fondlar va yangi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini ko’tarishga ta’sir ko’rsatuvchi yana bir omil paydo bo’ldi. Bu xo’jalik yuritishning hissadorlik shaklining va korxonalarni xususiylashtirishning rivojlanishidir. Har ikkala voreada ham, mehnat jamoasi asosiy fondlarning egasi bo’ladi. Ishlab chiqarish vositalarini real boshqarish imkoniga ega bo’ladi, asosiy fondlar ishlab chiqarish tarkibini mustaqil shakllantira oladi, maqsadli investitsiyalarnin oshirishga imkon beradigan korxona foydasidan mustaqil foydalana oladi. Real sektor korxonalarida yangi ishlab chiqarishni ishga tushirish va uni rivojlantirish iqtisodiy o’sishda katta ahamiyatga ega bo’lib, unda aholining turli-tuman mahsulotlarga bo’lgan talabini muntazam qondirish hozirgi davrining eng asosiy masalalaridan biridir. Ushbu kurs ishi ham dolzarb mavzuga bag’ishlangan bo’lib, 1 va 2 rejalarda yangi ishlab chiqarish samarasi, hamda 3- rejada uning iqtisodiy o’sishga ta’siri to’g’sida to’xtalib o’tildi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T.:O’zbekiston.2002.2.

2. Karimov I.A. “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida ” T.: O’zbekiston. 1996.

3.Shodmonov I. Alimov R. Jo’rayev T. “Iqtisodiyot nazariyasi” T. 2002y. 2,16-boblar.

4.O’zME – O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

5. “O’zbekiston ovozi” – ijtimoiy-siyosiy gazetasi

6. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi.

7. www.uz.m.wikipediya.org – internet ensiklopediyasi



8. www.mineconomy.uz – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi.
Download 337.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling