Iqtisodiyot (sirtqi) yonalishi uchun
Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ta‘lim topshiriqlari
Variant № 1
1 – Topshiriq: “Makroiqtisodiy modellar. Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili” mavzusida referat yozish (qo‘l yozma) 10-15 bet.
2 – Topshiriq: Test.
1. Makroiqtisodiyotni alohida ilmiy fan qilib yaratgan olim :
A) K.Marks
B) A.Smit
S) F.Kene
D) J.M.Keyns
2. Rivojlangan mamlakatlarda Makroiqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlariga quyidagilarning qaysi kirmaydi?
A) yuqori darajada bandlikni ta’minlash
B) milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qulay tashqi iqtisodiy sharoitlar yaratish
S) aholining barcha qatlamlari uchun soliqlarni kamaytirish
D) inflyatsiya darajasini kamaytirish va narxlarning barqarorligini ta’minlash
3. Quyidagi nazariyalarni xronologik tartibda joylashtiring :
A)keynschilar
B) marksizmchilar
S) neoklassik nazariya
D) klassik iqtisodiy nazariya
4. Yopiq iqtisodiyotning doiraviy aylanish modeliga Quyidagi sektor kirmaydi :
A) tadbirkorlik
B) davlat
S) tashqi dunyo
D) uy xo`jaliklari
5. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy resurslar kimga tegishli ?
A) firmalarga
B) davlatga
S) uy xo`jaliklariga
D) tadbirkorlarga
6. iqtisodiy resurslarga kirmaydi:
A) jismoniy mexnat
B) tadbirkorlik mexnati
S) avtomobil
D) renta
7. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat funksiyalariga nima kirmaydi?
A) qonunlar ishlab chiqish
B) antimonopolistik siyosat
S) xususiy sektor mahsulotlariga narx o`rnatish
D) ekologik muhitni himoya qilish
8. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigi nimani bildiradi ?
A) bozor resurslaridan foydalangan xolda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish xajmini maksimal darajasini xarakterlaydi .
B) ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning mumkin maksimal xajmini ifodalaydi .
S) yil davomida iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning mumkin bo`lgan maksimal xajmini ifodalaydi
D) yil davomida ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishning mumkin bo`lgan maksimal hajmini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |