Iqtisodiyot ta’limotlar tarixining mohiyati Reja Iqtisodiyot bu nima


Download 424.68 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi424.68 Kb.
#1498115
Bog'liq
Mirzavaliyev Mirzaolim

Iqtisodiyot ta’limotlar tarixining mohiyati

Reja

1.Iqtisodiyot bu nima.

2.Tarixda tanqislik muammosi.

3. . Iqtisodiy ta’lim otlar tarixin i o'rganishda davrlash tizim idan foydalanish

4. Absolyut va nisbiy yondashuvlar


Iqtisodiyot bu ijtimoiy fan. U jamiyat duch keladigan muammolami ko‘rib chiqadi, chunki insonlar mavjud tovar va xizmatlar miqdoridan ko‘proq iste’mol qilishni xohlaydilar va natijada nisbiy tanqislik muammosi kelib chiqadi. Iste’molchilar xohishlari odatda chegaralanmagan va cheksizdir, ammo resurslar cheklangandir. Tanqislik muammosini hal qilish uchun cheklangan iqtisodiy resurslami cheklanmagan muqobil variantlar (xohish-istaklar) o‘rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday taqsimot bir tarafdan iste’molchi istaklarini kamaytirishi va cheklashi, ikkinchi tomondan esa iqtisodiy resurslar va ne’matlami yetkazib berishni ko‘paytirishi kerak
Tarixda tanqislik muammosini bartaraf etish uchun to‘rtta mexanizm qo‘llanilgan. Bu mexanizmlaming eng qadimiysi dastlabki ayrim jamiyatlarda keng tarqalgan va bugungi kunda ham qo‘llaniladigan zo‘ravonlik (kuch ishlatish) hisoblanadi. Keyinchalik uning o‘miga resurslar taqsimotining oldingi usullariga asoslangan ortodoksal mexanizm vujudga keldi. Sivilizatsiya bilan birga resurslar taqsimoti bilan shug‘ullanuvchi boshqa bir ijtimoiy mexanizm, ya’ni hukumat institutlari va cherkov ko‘rinishidagi hokimiyat qaror topdi. To‘rtinchi resurs—taqsimlash instituti bozor bo‘lib, u yillar davomida rivojlanib keldi. Bu mexanizm G‘arbiy Yevropada feodalizm zaiflashuvi va sanoatlashgan, bozorga yo‘naltirilgan jamiyatlar rivojlanishi davrida asosiy taqsimlovchi mexanizmga aylandi.
Zamonaviy iqtisodiy nazariya ko‘proq hozirgi jamiyatda tanqislik sababli yuzaga keladigan muammolami qanday hal qilinishini o‘rganadi. U birlamclii resurs-taqsimlovchi mexanizm sifatida cherkov, an’analar va davlat o‘mini egallagan bozor mexanizmiga asosiy e’tibomi qaratadi. Shunday bo‘lsada, bu mexanizmlar bir-birini rad etmaydi va ortodoksaldavlat-cherkov iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish dunyodagi barcha jamiyatlarda ham ketma-ketlikda amalga oshmagan. Ba’zi hududlar, deyarli butun qit’alar hali ham qadimgi usullarga (mexanizmlarga) asoslangan iqtisodiyotdan chiqa olishmayapti. Ba’zi jamiyatlar feodal iqtisodiyotdan resurslar taqsimoti davlat tomonidan amalga oshiriladigan buyruqli iqtisodiyotga o‘tdilar. Chunonchi, 1900- yillaming boshida bir necha jamiyatlar resurslar taqsimoti davlat tomonidan nazorat qilinadigan rejali iqtisodiyotga o‘tdi. Sharqiy Yevropada buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish, ammo natijasi noaniq bo‘lgan jarayonlami ko‘rishimiz mumkin
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi. Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (intematsionalizm) kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikming rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari V. Petti, A. Smit va D. Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaholanki undan awalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «0‘lik mol» sifatida yotgan. Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi ko‘rishimizdir. Biz murosadan ko‘ra bahsni ko‘proq yaxshi ko‘ramiz. Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochilishiga imkon berish”
yondashuvimizdir, ya’ni biz kichkina urug‘dan qanday go‘zallik paydo bo‘lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g'oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelgan. Ularning barchasini to‘la o‘rganish maqsadida yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish zarur. Shuning uchun ham hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalami ma’lum tizimga solish va shu asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo o‘tgan davr hodisalari va g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga , o'rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Merkantilizm - jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantilizm — italyancha «mercante» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar hisoblanadi
D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko‘rsatadi. Sismondi (Jon Shari Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo'lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan bo‘lmog‘i lozim, deb ko‘rsatadi. Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Shari Fure, Robert Ouen) kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o‘matish talabi bilan chiqadilar. Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ulaming vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan almashinishi sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratadi. Marjinalizm vakillari (marginal-me’yoriy, qo‘shilgan) — tovar nafliligi, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borish qonuni bu oqimning asosiy tamoyili hisoblanadi. Shunga ko‘ra narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Maijinalizm asoschilari Karl Mengsr, Fridrix fon Vizer, Eigen fon BemBaverk, Uilyam Stenli Jevons hisoblanadi
Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida iqtisodchilar kasbiy mahoratining o‘sishi kabi ichki omillar ahamiyatiga urg‘u berishgan. 1950 - yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko‘plab nufuzli tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillaming bir-biriga о‘zaro ta’sinning dinamik
(doimiy o‘zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur. Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi sifatida tushuntirilishi mumkin, boshqa joylarda esa o‘sha davming iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o‘rganib chiqish muhimroq, deb aytiladi. Ayrim hollarda yangi nazariyalami keltirib chiqaruvchi omillar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq ekanligini aytish qiyin.
Download 424.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling