Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”YO‘nalishi “Iqtisodiyot. Praktikum” fanidan r


Download 0.72 Mb.
bet1/9
Sana18.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1280556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PRAKTIKUM


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI



IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA'LIM
IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA)”YO‘NALISHI
Iqtisodiyot. Praktikum” fanidan
r Е f Е r А Т
mavzu: ISHLAB CHIQARISH MIQIYOSINING
IJOBIY SAMARASI

Bajardi: SIU-19 yo‘nalishi 3-kurs
"B"-guruhi talabasi: Xakimjonova S
Qabul qildi: Xamrayev O


TOSHKENT 2021
R E J A:

Kirish


  1. Ishlab chiqarish miqiyosining ijobiy samaradorligi

Asosiy qism

  1. Ishlab chiqarish samaradorligi turlari

  2. Ishlab chiqarish miqiyosining iqtisodiy samaradorligi

  3. Ishlab chiqarish miqiyosining ijtimoiy samaradorligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Ishlab chiqarish miqiyosining ijobiy samaradorligi

Hozirgi paytda ko‘pgina resurslar chegaralangan, ulaming aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi. «Samara», «samaradorlik», « ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik» kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. Samara - bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bogliq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
«Samaradorlik» so‘zi natija degan ma’noni berada. Korxonalar iqtisodiyotiga bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb etmoqda va ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug‘dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o‘rganish o‘ta muhimdir. Ular o‘zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir. Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyaga ega.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U «samara» toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini awaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda birmuncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik каш bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish.
Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻlishini taqozo etadi.
Samaradorlik - bu materialni, kuchni, kuchni, pulni va vaqtni biron bir ishni bajarish yoki kerakli natijaga erishish uchun isrof qilishdan saqlaydigan (ko'pincha o'lchanadigan) qobiliyat. Umuman olganda, bu narsalarni yaxshi, muvaffaqiyatli va isrof qilmasdan bajarish qobiliyati.
Afsuski, bozor sharoitlarida «samaradorlik» tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlami kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling