Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) va 5230200-Menejment (tarmoqlar va soxalar bo`yicha) yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining


Download 0.52 Mb.
bet2/15
Sana18.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1282668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dastur-21 kunduz iqtisodiyot va menejment

1. Kirish


Ushbu Malakaviy dastur O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom»ning (OO‘MTV ning 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) 1.3. bandiga muvofiq 5230100-Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi.
Hozirgi kunda respublikada ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda Malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos.
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) va 5230200-Menejment (tarmoqlar va soxalar bo`yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha 3-kurs talabalarining Malakaviy amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs talabalari Malakaviy amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblandi.
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) va 5230200-Menejment (tarmoqlar va soxalar bo`yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha 3-kurs talabalarining Malakaviy amaliyoti VI-semestrda, ya’ni 2021 yil 24 maydan boshlanib, 2021 yil 31 iyulgacha davom etadi, umumiy Malakaviy amaliyot davri-10 hafta (60 ish kuni) bo‘ladi. Mazkur ta’lim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejasiga binoan malakaviy amaliyot uchun ajratilgan 10 hafta davomida jami 360 soat, ya’ni haftasiga 36 soatdan amaliyot tashkil etilishi kerak. Bunda haftasiga 6 kun, har bir kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari rejalashtirishi talab etiladi. Talaba Malakaviy amaliyotini tashkil etish bo‘yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir bo`lim va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi Malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling