Iqtisodiyot va mene jment”kafedrasi kurs ishi
Download 265.89 Kb.
|
Намуна Курс Иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin Xizmatlar Energiya manbalari va neft mahsulotlari
- Rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar Kimyo mahsulotlari va buyumlari
- Qora metal va undan tayyorlangan buyumlar Paxta tolasi
1-jadval7
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (612,2 mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston (529,0 mln. AQSh dollari), Tojikiston (191,4 mln. AQSh dollari), Fransiya (65,7 mln. AQSh dollari) va Eron (15,0 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston jahonning 193 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,1 %), Rossiya Federatsiyasida (15,7 %), Qozog‘istonda (8,0 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (6,0 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg‘izistonda (2,0 %) qayd etilgan.O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar (2019yilyanvar-dekabr, mln. AQSh dollari, ulush %da) 2-jadval3
TSAning choraklar kesimidagi tahlili ular orasida mavsumiylik borligini ko‘rsatdi va eng yuqori TSA 12 mlrd. AQSh dollari bilan 2019 yilning III choragiga to‘g‘ri kelib, 2017-2018 yilllarning mos davriga nisbatan 1,5 barobar oshganini ko‘rsatdi. 2019 yillardagi tashqi savdo balansi hajmlari o‘sishiga alohida e’tibor berish talab etiladi. Ya’ni, 2018 yilning III choragida eng yuqori passiv tashqi savdo balansi kuzatilib, 2017 yilning III choragidagi aktiv tashqi savdo balansiga nisbatan mlrd. AQSh dollarga oshgan va 2019 yilning IV choragiga kelib passiv savdo balansi 2,1 mlrd doll. tashkil etdi. Eksport. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 5895 taga yetkazdi va ular tomonidan 17,9 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2018 yilga nisbatan o‘sish 28,0%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta’minladi. Eksport tarkibi (2019 yil yanvar-dekabr, ulush %) Oltin Xizmatlar Energiya manbalari va neft mahsulotlari To’qimachilik mahsulotlari Oziq-ovqat mahsulotlari Rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar Kimyo mahsulotlari va buyumlari Boshqalar Mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari Qora metal va undan tayyorlangan buyumlar Paxta tolasi Ш Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,1 %ni tashkil etib, ular asosan qimmatbaho metallar (kumush bilan birga 28,2 %), energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (14,1 %), to‘qimachilik buyumlari (9,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,5 %, aksariyat meva-sabzavot - 6,7 %), rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar (5,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yo‘nalishi bo‘yicha farqlanishlar 29,1 mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga eksportning 80 % xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, keyingi o‘rinlarda eksport hajmi bo‘yicha energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (asosan tabiiy gaz) hamda meva-savzavot va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda. MDH mamlakatlari yo‘nalishiga mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli metallar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti nisbatan tezroq o‘sdi, faqatgina paxta tolasi eksportida pasayish kuzatildi. 2019 yilda eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilga nisbatan, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va buyumlaridan tashqari barcha tovar va xizmatlarda o‘sish kuzatilgan. MDH va boshqa davlatlarga eksport tarkibi (2019 yil yanvar-dekabr) 3-jadval5
Import. Respublikada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar importni keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Shu bilan birga, mamlakatga kiritilayotgan salmoqli investitsiyalar natijasida so‘nggi yillarda import hajmi oshib kelayotganligini kuzatish mumkin. Jumladan, hisobot davrida import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollarni (2018 yilga nisbatan 124,9 %) tashkil etib, valyutani erkinlashtirish boshlangan davrga nisbatan 1,7 barobarga oshgan. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari (43,8 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2 %) hamda xizmatlar (10,0 %) hisobiga to‘g‘ri keldi. Import tarkibi (2019 yil yanvar-dekabr, ulush %) 2-diogramma6 Mashinalar vaasbob-uskunalar I Kimyo mahsulotlari va buyumlari Boshqalar Xizmatlar Oziq-ovqat mahsulotlari I Qora metal va undan tayyorlangan buyumlar I Energiya manbalari va neft mahsulotlari I Rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar yilda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2018 yilga nisbatan mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari importining ulushi 36,1 % dan 43,8 % gacha o‘sdi, oziq-ovqat mahsulotlari va kimyo mahsulotlari importining ulushi esa 9,1 % dan 7,8 %ga va 15,3 %dan 13,2%ga kamaydi. Umuman olganda, barcha mahsulotlarda o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, ularning (mashina va asbob-uskunalardan tashqari) jami importdagi ulushi pasaymoqda. So‘nggi uch yildagi umumiy import hajmining o‘sishi (1,7 barobar) fonida xizmatlar importining mutloq o‘sishiga qaramasdan (1,2 barobar) uning jami importdagi ulushi kamaymoqda (4,1 foiz punkt). Oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmlarining o‘sishiga shakar xomashyosi (6,1 barobar o‘sish), kakao, un va qandolat mahsulotlari (va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) (1,7 barobar), sitrus (2,2 barobar) hamda go‘sht va sub oziq-ovqat mahsulotlari (2,1 barobar) importi ta’sir qilgan. Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari importi oshishiga esa qayta ishlangan neft mahsuloti importining oshganligi (125 barobar) bevosita ta’sir etgan. Qishloq xo‘jaligi uchun mashina va asbob-uskunalar (90 barobar), avtomobillar uchun uskuna va ehtiyot qismlar (87 barobar), ekskovator va buldozerlar (119 barobar) hamda tibbiy asbob va moslamalarning (146 barobar) nisbatan yuqori o‘sishi hisobiga jami import hajmini oshishiga olib kelgan. XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo- iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, MDH mamlakatlari bilan o'zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O'zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Republikasi tashqi siyosatida MDH mamlakatlarining o'rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin: Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi. O'zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda MDH mamlakatlari bilan keng ko'lamli hamkorlikni yo'lga qo'ydi. O'zbekiston va MDH o'rtasidagi aloqalarning muhim jihati - iqtisodiy yo'nalishdagi hamkorlik hisoblanadi; O'zbekiston xalq xo'jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston va MDH mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi: Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o'sishi kuzatildi. O'zbekistondan MDH davlatlariga asosan xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda; O'zbekistonga MDH davlatlaridan asosan tayyor mahsulotlar import qilinmoqda; O'zbekiston va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo'nalishlardan hisoblanadi. Bu borada MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq. O'zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston-Rossiya o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo'yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim; Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O'zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to'qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o'zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur. 2000-yildan 2019-yilga qadar o'zaro tovar ayirboshlash hajmi o'sishi kuzatildi. Demak, savdo aylanma hajmi yildan-yilga o'sib, yanada barqaror tus olmoqda. O'zbekiston-Rossiya o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko'lami MDH mamlakatlari ichida eng yuqoriligi qayd etildi: savdo aylanmasi 2000-yilda 100 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo'lsa, 2019-yilga kelib 6,6 mlrd AQSH dollariga yetdi. Bu O'zbekiston va Rossiya o'rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini bildiradi. Ko'rinib turibdiki, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik mustahkamlanish bilan bir qatorda, iqtisodiy yo'nalishdagi sheriklik yildan-yilga o'sib bormoqda. Shuningdek, O'zbekiston va MDH mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelindi: O'zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida MDHning yetakchi davlatlari - Rossiya, Ukraina, Belarussiya bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatdi. Ushbu aloqalar bir necha bosqichlarni bosib o'tib, uning dastlabki bosqichlarida (1992-1999-yillar) mamlakatlar o'rtasida hamkorlikning huquqiy asoslari shakllandi va bu holat keyingi bosqichda iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga asos bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbekiston va MDH o'rtasidagi aloqalarni tahlil qilishda iqtisodiy hamkorlik davlatlararo aloqalardagi ustuvor yo'nalish ekanligi va bu aloqalar ikkinchi bosqichda (2000-2019-yillar) jadal rivojlangani aniqlandi. O'zbekiston va MDH mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi. Chunki mazkur davlatlar iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan birday manfaador. Bugungi kunda O'zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: O'zbekiston va MDH mamlakatlari uchun manfaatli bo' lgan yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo'llabquvvatlash va ularni rag'batlantirish; MDH mamlakatlari investorlarini to'laqonli axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to'g'risida ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo'yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati bo'yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar ko'lamini yanada kengaytirish; Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo'yicha o'quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi qo'shma korxonalarga (O'zbekiston-Rossiya, O'zbekiston-Qozog’iston, O'zbekiston-Belarussiya) sayohat va ekskursiyalar tashkil etish; Bu kabi tadbirlar O'zbekiston va MDH mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman. I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa huquqiy-me’yoriy 1.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qaror va farmonlari. 2.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2015. 3.”Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida(yangi tahriri)”gi qonuni 4.”Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni Monografiya va ilmiy adabiyotlar O’zbek va rus tillarida O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov. Международные экономические отношения /Под ред. Хасбулатова Р.И. М.: Новости, 1991.Т.1. 2009 3.ПеброМ. Международные экономические, валютно-финансовые отношения. - М.: Прогресс-Универс, 1994. Internet saytlari http: //www. press-service. uz/uz/news/archive/ http: //mfa.uz/uzb/huj j atlar/vaz mahk/ http: //www.stat.uz http://www.lex.uz http://www.uza.uz http://finless.ru http: //www.mof.go.jp 32-jadval. O'zbekiston Resoublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo’lgan davlatlar 26 4 1-diogramma. Eksport tarkibi (2019-yakunlari bo’yicha) 27 53-jadval. MDH va boshqa davlatlarga eksport tarkibi (2019-yil) 28 6 2-diogramma. Import tarkibi (2019-yakunlari bo’yicha) 29 Download 265.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling