Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 0.52 Mb.
bet19/50
Sana01.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1240552
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
Iqtisodiyоt nazariyasi

Asosiy tayanch tushunchalar


Raqobat — bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat shakllari — raqobatchilik muhitning yetuklik darajasi bilan farklanib, sof (erkin) raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyani o’z ichiga oladi.
Raqobat usullari — raqobat kurashida qo’llaniladigan vosita va dastaklardan iborat bo’lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz raqobatlashish usullari orqali amalga oshiriladi.
Narx — bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Ulgurji narxlar — ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo’la qo’tarasiga sotilganda qo’llaniladigan narx.
CHakana narxlar — tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlardir.
Dotatsiyalashgan narx — davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxdir.
Demping narx — bozorda o’z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalanilib, bozorga kirib olish narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narx — aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan tovarlarni sotishda qo’llaniladi.
Narx diapazoni — narxlar oralig’idagi farqning puldagi ifodasi.
Erkin narxlar — talab va taklif ta’sirida shakllanadigan narxlardir.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

  1. Raqobatning moxiyati va maqsadini tushuntirib bering.
  2. Raqobatchilik munosabatlarining rivojlanishi qanday bosqichlardan iborat.
  3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning xar biriga xos belgilarini ko’rsating.
  4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.
  5. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narx asosiy turlarining qichqa tavsifini bering.
  6. Sof raqobat sharoitida narxning tashkil topishi mexanizmini tushuntirib bering.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling