Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 0.52 Mb.
|
Iqtisodiyоt nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyoj
- Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
- Iqtisodiy qonunlar
- Ilmiy abstraktsiya
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyot — cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizimdir. Ehtiyoj — insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati. Iqtisodiy resurslar — ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to’plangan va mavjud bo’lgan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar, zahiralar, imkoniyatlar va manbalardir. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti — iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o’rganishdan iboratdir. Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy kategoriyalar — doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalardir. Uslubiyat — iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning tamoyillari, yo’llari, qonun-qoidalari, aniq hadislari tizimidir. Ilmiy abstraktsiya — iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea-hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o’rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering. 4. Nima uchun xayotiy vositalarni ishlab chikarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi? 5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o’rin tutadi? 6. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi? 7. Makroiqtisodiy taxlil bilan mikroiqtisodiy taxlil o’rtasidagi farq nimadan iborat. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling