Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi
Seminar mashg’ulotining rejasi
Download 0.52 Mb.
|
Iqtisodiyоt nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar mashg’ulotining maqsadi T
- Asosiy tayanch tushunchalar Xalqaro mehnat taqsimoti(XMT)
- Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi
- Boj ittifoqi
- Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
Seminar mashg’ulotining rejasi:
1. Jaxon xo’jaligining tashkil topishi bosqichlari va asosiy belgilari. 2. Iqtisodiy o’zaro bog’liqning o’sishi va bevosita xalqaro ishlab chiqarishning shakllanishi- integratsion jarayonlar asosi ekanligi. 3. Markaziy Osiyo regioni, MDU –yagona iqtisodiy makoni va butun jaxon xujaligi doirasida integratsion tamoyillar. 4. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha tabaqalanishishi. 5. O’zbekistonda ochiq tipdagi iqtisodiyotning yaratilishi. Respublikaga chet el kapitallarini jalb qilish. Tashqi iqtisodiy aloqalar rivojining ustivor yo’nalishlari. Seminar mashg’ulotining maqsadi Talabalarda jaxon xo’jaligining tashkil topishi bosqichlari va asosiy belgilari.Xalqaro mexnat taqsimoti va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi. Iqtisodiy o’zaro bog’liqning o’sishi va bevosita xalqaro ishlab chiqarishning shakllanishi- integratsion jarayonlar asosi ekanligi. Iqtisodiyotni baynalminallashuvida FTT va milliy kapital roli. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning turlari. Yevropa iqtisodiy xamkorligi va uning vazifalari. Markaziy Osiyo regioni, MDU –yagona iqtisodiy makoni va butun jaxon xujaligi doirasida integratsion tamoyillar. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha tabaqalanishi; rivojlangan o’rtacha rivojlangan , rivojlana yotgan va qoloq mamlakatlar. Yangi xalqaro iqtisodiy tartib. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimining yaratilishi. Mamlakatlar rivojida milliy va baynalminal tamoyillar nisbati. O’zbekistonda ochiq tipdagi iqtisodiyotning yaratilishi. Respublikaga chet el kapitallarini jalb qilish. Tashqi iqtisodiy aloqalar rivojining ustivor yo’nalishlariga oid bilimlarni o’rgatishdan iborat. Asosiy tayanch tushunchalar Xalqaro mehnat taqsimoti(XMT) – aloxida mamlakatlarning tovar va xizmatlarrning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya- Jahon mamlakatlari o`zaro iqtisodiy aloqalarning chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo`jaliklar o`rtasidagi mehnat taxsimoti asosida ular xo`jalik aloqalarning birlashib boorish jaroyonidir. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi-Mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta`minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o`tishi. Emigratsiya-Ishchi kuchining bir mamlakatdan doimiy yashash uchun boshqa mamlaktga chiqib ketishi. Immigratsiya-Ishchi kuchining aynan shu mamlaktatga doimiy yashash uchun kirib kelishi. Erkin savdo zo`nalari-Iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo`lib, uning doirasida cheklashlar bekor qilinadi. Boj ittifoqi-Yagona tashqi savdo ta`riflari o`rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosatini yuritishni taqoza qiladi. To`lov ittifoqi-Milliy valyutalarning o`zaro almashunivi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qlishi. Umumiy bozor-Bunda uning qatnashchilari o`zaro erkin savdoni amalgam oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o`tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati ta`minlanadi. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi-Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo`lib, bunda Iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o`tkazish bilan birga uyg`unlashadi. . Takrorlash uchun savollar va topshiriqlarHozirgi davrda jaxon iqtisodiy rivojining eng muxim o’ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xujaligining milliy iqtisodga ta’siri qanday? Jahon xamjamiyati mamlakatlarni turkumlash qanday mezonlarga asoslanadi? Ularni turkumlashga hozirgi davrda yondashuvlarga asoslanib davlatlarning asosiy guruxlarini ajratib ko’rsating. Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o’ynaydi? Jaxon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jaxon narxlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tavsifini bering. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo’ladi? Ularning asosiy shakllarini sanab ko’rsating. Jaxon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning xar birining axamiyatini ko’rsating. Xalqaro mehnat taqsimotini mutloq va qiyosiy ustunlik nazariyasidan foydalanib taxlil qiling. Qiyosiy ishlab chiqarish xarajatlari nima? Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib quyadi? O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarningustivor yo’nalishlarini ko’rsating? 10. Ichki va tashqi savdoning o’xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-chi? Xalqaro savdo qanday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi? 11. Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to’siqlar mavjud bo’ladi? Ularning tavsifini bering. 12. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat? 13.Xalkaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning axamiyati qandayligi va unda O’zbekistonnning ishtirok etishi imkoniyatlarni aniqlang. 14. Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Xar bir tizim qanday ustunlik va kamchiliklarga ega? 15. Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalaniladi? CHet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling