“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
1.3.3-jadval
Asosiy vositalarning sotilishi hisobiga hisobdan chiqarilishi to‟g‟risida xo‟jalik muomalalari 14 Asosiy vositani sotilishi hisobiga hisobdan chiqarilishi Asosiy vositalarni sotilishi: 1) bino va inshootlar (chet elda joylashganlaridan tashqari): a) hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi 02-schyotning tegishli subschyotlari 01-schyotning tegishli subschyotlari AV-4-son shakl, byudj, Buxgalteriya ma‘lumotnomasi b) qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning tegishlisi 01-schyotning tegishli subschyotlari AV-4-son shakl, byudj, Buxgalteriya ma‘lumotnomasi 2) qolgan asosiy vositalar (chet elda joylashganlaridan tashqari): a) dastlabki qiymatini hisobdan chiqarilishi 201 01-schyotning tegishli subschyotlari AV-4-son shakl, byudj, Buxgalteriya ma‘lumotnomasi b) hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi 02-schyotning tegishli subschyotlari 201 AV-4-son shakl, byudj, Buxgalteriya ma‘lumotnomasi v) asosiy vositalarning sotish qiymati 15-schyotning tegishli subschyotlari 201 Yukxati g) bir vaqtning o‗zida tegishli byudjet daromadiga hisoblangan summa 201 160 Buxgalteriya ma‘lumotnomasi d) pul mablag‗larini kelib tushishi 113 15-schyotning tegishli subschyotlari Shaxsiy hisobvaraqdan ko‗chirma Suv xo‗jaligi korxonalari (muassalari) o‗zlarining vaqtincha foydalanmayotgan davlat mulkini boshqa korxonalarga ijaraga berishlari mumkin. Vaqtincha foydalanilmayotgan binolar, inshoatlar (ularning ayrim qismlari ham), ishlab chiqarish uskunalari, honalar, transport vositalari va boshqa uzoq muddatli aktivlarni, agar qonun bilan ularni ijaraga berish man qilinmagan bo‗lsa, ijaraga 14 ― Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ―gi yo‘riqnoma asosida muallif tayyorladi beriladi. Ijaraning subektlari bo‗lib ijaraga beruvchi – bu yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan, o‗zining balansida hisobda turuvchi vaqtincha foydalanilmayotgan ijara ob‘ektini ijaraga berish mumkin bo‗lgan suv xo‗jaligi korxonalaridir, ijarachi esa – bu davlat mulkini vaqtincha foydalanishga, haq to‗lash, ma‘lum muddatga, qaytarib berish va butligini ta‘minlash sharti bilan, ijaraga olgan yuridik shaxsdir. Suv xo‘jaligi tashkilotlarida asosiy vositalarni sotish ―Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob‘ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‗larini taqsimlash tartibi to‗g‗risida Nizom‖ (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan tartibga solinadi. Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‗lar - 50 foizi - tegishli byudjet daromadiga o‗tkaziladi; - 50 foizi - byudjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha byudjet tashkilotlarining O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‗aznachiligining tegishli bo‗linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi. Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo‗yicha kamomad yoki yo‗qotishning aniqlanishi ulan undirilishi ―Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‗g‗risidagi Nizom‖ (Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‗mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan tartibga solinadi. Bir oylik o‗rtacha ish xaqidan oshmaydigan etkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo‗lgan etkazilgan zarar summasi uning o‗rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‗tgan bo‗lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi. Ijaraning sub‘ektlari o‗rtasida belgilangan qonun qoidalar asosida ijara shartnomasi tuziladi. Turar joy binolri va inshoatlarini ijara shartnomasi ko‗chmas mulk davlat kadastr xizmatlarida davlat ro‗yxatidan o‗tkaziladi. Ijara haqi ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga davriy yoki birdaniga faqat pul shaklida to‗lanadigan aniq to‗lov summasi ko‗rinishida belgilanadi. Ijara haqi miqdorlari Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati tomonidan ijara beriladigan davlat va kommunal mulkining turar joy xonalar bo‗yicha belgilangan me‘yoridan kam bo‗lmasligi kerak. Shartnomada ijara haqini to‗lash davriyligi va muddati, har chorakda eng kamida bir marta qilib belgilanadi. Ijara to‗lovlari bo‗yicha hisob – kitoblar ijarachi tomonidan har bir ijara to‗lovi muddatida ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit schyotiga 100 foiz miqdorida avvaldan to‗lash shaklida amalga oshirilishi kerak. Turar joy xonalar bo‗yicha ijara haqi miqdoriga kommunal foydalanish xizmatlari qiymati qo‗shilmaydi. Kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga ijara bo‗yicha to‗lovlardan tashqari alohida qoplanadi. Bunda, agar ijarachi binoni yoki inshoatni to‗la ijaraga olsa yoki elektr energiyasi, gaz yoki suv sarf qilish bilan bog‗lik ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat bilan shug‗ullansa, kommunal xarajatlarini mutanosib ravishda qoplanadi. Suv xo‗jaligi korxonai vaqtincha foydalanmayotgan davlat mulkini ijaraga berishdan olgan mablag‗larning 50 foizini tegishli mahalliy byudjetga yo‗naltirishi kerak. Qolgan qismini, yoki vaqtincha foydalanmayotgan davlat mulkini ijaraga berishdan olgan mablag‗larning 50 foizini esa suv xo‗jaligi korxonai byudjet korxonaini rivojlantirish fondiga yo‗naltirishi kerak 15 . Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi 0001- «Ijaraga olingan asosiy vositalar» schyotida ijaraga beruvchilar tomonidan ularga belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi. Yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni, shuningdek asosiy vositalarning ayrim ob‘ektlarini bo‗laklarga bo‗lishdan olingan materiallarni sotishdan korxonalar tasarrufida qoladi. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish uchun quyidagi shakllardagi hujjatlardan foydalaniladi: 15 ―Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob‘ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‗larini taqsimlash tartibi to‗g‗risida Nizom‖ (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling