“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
II bob. «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
II bob. «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalari
hisobi va tahlili 2.1. «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasining umumiy tavsifi va asosiy iqtisodiy ko„rsatkichlar tahlili. Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Uch tom irrigatsiya tizimi boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyuldagi 320-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligining 2003-yil 29-iyuldagi 121-sonli buyrug‘i asosida tashkil etildi. Uch tom irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi ( bundan keyin matnda «Bosh- qarma») Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining faoliyat ko‘rsatadigan tegishli xududidagi suv xo‗jaligi soxasidagi hududiy organi xisoblanadi. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21- iyuldagi 320-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligining 2003-yil 29-iyuldagi 121-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangach jami 278 nafar xodim, shuningdek 12 nafar apparat xodimlaridan iborat yuridik maqomga ega bo‘lgan xududiy organ. Uch tom irrigatsiya tizimi boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishlok va suv xo‗jaligi vazirligi hamda Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hay‘at qarorlariga va buyruqlariga, viloyat hokimligi qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. Uch tom irrigatsiya tizimi boshqarmasi o‗zi faoliyat ko‗rsatayotgan suv havzasidagi yer usti suv resurslarini boshqarish va foydalanishni tartibga solishda yagona siyosat o‗tkazilishi uchun ma‘sul hisoblanadi. Quyidagilar boshqarma asosiy vazifalari hisoblanadi: - irrigatsiya tizimi bo‗yicha suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni hamda suvdan foydalanish qonun qoidalariga rioya etilishini ta‘minlash; - irrigatsiya tizimlari bo‗yicha suv resurslarini samarali boshqarish hamda tezkorligini oshirish; - irrigatsiya tizimi va suv xo‗jaligi inshoatlarining texnik ishonchliligini ta‘minlash; - irrigatsiya tizimini ishonchli foydalanishga tayyorlash va uni ishchi holatida saqlash; - olingan va yetkazib berilgan suv resurslarining aniq hisobini va hisobotini olib borish; - suv resurslarini iqtisod qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va ajratilgan mablag‘lardan, moddiy texnika resurslaridan, texnika jihozlaridan maqsadli foydalanish; Boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: - suvdan foydalanish rejalarini umumlashtiradi hamda Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga suv olish limitlari bo‗yicha takliflar kiritadi; - umuman havza, magistral kanallar, va irrigatsiya tizimlari bo‗yicha yer usti suv resurslarini boshqaradi, ulardan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etadi, hamda birlamchi suvdan foydalanuvchilar bilan suvni oldi-berdi shartnomalarini tuzadi; - irrigatsiya tizimi bo‗yicha suv resurslarini boshqaradi, birlamchi suvdan foydalanuvchilarga ajratilgan limit va suvdan foydalanish rejasi asosida suv yetkazib beradi; - manbalardagi suv ta‘minotiga, ob-havoga va boshqa sabablarga ko‘ra hamda zaruriyat tufayli suv berish muddati o‗zgargan hollarda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan kelishilgan holda irrigatsiya tizimidagi suv limitlariga o‗zgartirishlar kiritadi; - suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etishni ta‘minlaydi; - irrigatsiya tizimi bo‗yicha suv resurslarini samarali boshqarishni nazorat qiladi, «O‘zsuvnazorat» inspeksiyasi bilan tuman Qishloq va suv xo‗jaligi bo‘linmalari bilan birgalikda suvdan limit bo‗yicha foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi; - irrigatsiya tizimi bo‗yicha alohida kanallar, inshootlar, iqtisodiyot tarmoqlari, tumanlar, birlamchi suvdan foydalanuvchilar bo‗yicha suvning oldi- berdi hisobini va belgilangan tartibda hisobotini olib boradi, suv resurslari balansini ishlab chiqadi; - irrigatsiya tizimi, kanallar, manbalar, ma‘muriy tumanlar, iqtisodiyot tarmoqlari va suvdan foydalanuvchilar bo‗yicha «Suvdan foydalanish» bo‘limi haqida suv kadastrini yuritadi; - balansidagi irrigatsiya tizimini ishonchli foydalanishni amalga oshiradi, tizimni zarur miqdorda suv o‘lchash vositalari bilan jihozlash, ularning metrologik ta‘minotini tashkil etadi. suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning zamonaviy tizimini joriy etadi: - suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etishni ta‘minlaydi; Irrigatsiya tizimi boshqarmasi quyidagi huquqlarga ega: - o‘z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish - kelishish uchun unga taqdim etiladigan suv resurslarini boshqarish bo‗yicha qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish; - boshqa tizimlarda va ichki xo‗jalik gidromeliorativ tarmoqlarda ta‘mirlash ishlarini shartnomalar bo‗yicha bajarish; - suv xo‗jaligi tizimlaridan foydalanish qoidalari, suvdan limit bo‗yicha foydalanish tartibi buzilganligi uchun aybdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish to‗g‗risida belgilangan tartibda taqdimnoma kiritish; - suv xo‗jaligi sharoitidan kelib chiqib suv ta‘minotiga qarab suvdan foydalanuvchilarga irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan limit xajmini 10 foizgacha o‗zgartirish kiritish; - qonuni buzgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‗yicha tegishli huquq idoralariga o‗z vakolatlari doirasida taqdimnomalar berish; - qonun hujjatlarida nazarda tugilgan boshqa huquqlarga egadir. Irrigatsiya tizimi boshqarmasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar joydardagi boshqaruv organlari, xo‗jalik yurituvchi subyektlar shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. «Uch tom» irrigatsiya tizimi boshkarmasi xizmat hududi bo‗yicha Jizzax viloyatida Arnasoy, Do‘stlik, Zafarobod, Paxtakor tumanlari va Forish tumanining ―Ko‗ktepa‖ xo‗jaligi hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani va Oq-oltin tumanining U. Nosir, Ulug‘bek, Bobur xo‗jaliklariga suv ta‘minoti bo‗yicha xizmat ko‘rsatadi. Boshqarma tarkibida 5 ta bo‘lim mavjud: 1. Do‘stlik - I-bo‘lim 2. Arnasoy - II-bo‘lim 3. Zafarobod - III-bo‘lim 4. Paxtakor - IV-bo‘lim 5. Sardoba - V-bo‘lim Tizim bo‘yicha 49 ta birlamchi va 3211 ta ikkilamchi suvdan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Boshqarma tasarrufida 221,1 km sug‗orish tarmoqlari, 74 dona to‗siqli, 202 dona suv chiqaruvchi, 13 dona suv tashlama va 206 dona suv o‘lchash inshootlari mavjud bo‘lib, ushbu sug‘orish tizimlari orqali Jizzax viloyatida 35 ta suv istemolchi uyushmalaining va 4 ta boshqa xo‗jaliklarning 118965 ga sug‘oriladigan maydonlarga suv yetkazib beradi. Shundan: Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling