“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
1.2.2-jadval
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash me‟yorlar 7 1 Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun 5 % 2 Yengil avtomobillar, taksilar, yo‗l harakatida foydalaniladigan avtotraktorlar, maxsus buyumlar, inventarlar, kompyuterlar, ma‘lumotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun 20 % 3 Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtopritseplar, mashina, asbob-uskunalar va mebellar uchun 15 % 4 Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy vositalar uchun 10 % 5 Temir yo‗l, dengiz, daryo va havo transport vositalari, issiqlik, gaz va suv uzatuvchi truba provodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa uzatish uskunalari uchun 8 % 6 O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‗mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me‘yoriy xati hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‗riqnomasi 7 O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‗mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me‘yoriy xati hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‗riqnomasi asosida muallif tayyorladi Ushbu me‘yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya hisoblashning o‗zgartirilgan normalarini qo‗llash imkoniyati berilgan, ya‘ni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsientga qadar) usullaridan foydalanishligi mumkin. Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash tartibi qo‗llanilsa, me‘yoridan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya summasi soliqqa tortiladigan foydaga qo‗shilib, o‗rnatilgan tartibda soliq to‗lashlari lozim. Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli-tuman muhim uslublari mavjud. Bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi: teng ulushlarda, amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash; qoldiq usulda eskirish hisoblash; ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash; kumulyativ usulda eskirish hisoblash va hakozo. Hozirda O‗zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda. -Teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat‘iy normalarida eskirish hisoblash; -Tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qa‘tiy normalarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli. Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qo‗llanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta‘sir etadi. Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya normalariga o‗tish asosiy fondlarni yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy taminoti va ularning manaviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini o‗stirish imkonini ham beradi. Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‗ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‗linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne‘matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalardir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‗jalik, maishiy xizmat, sog‗liqni saqlash, ta‘lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi. Ishlab chiqarish va xo‗jalik faoliyatida asosiy vositalar ob‘ektlardan foydalanish darajasiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: foydalanilayotgan; zahirada turgan; buzuq yoki ishlatish holatida bo‗lmagan asosiy vositalar. Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa korxonaga berish yoki sotish to‗g‗risida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to‗g‗ri hisob-kitob qilish uchun zarur. Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulk tarzida berilgan yer maydonidir. O‗zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish, va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‗lishlari mumkin» 8 . Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‗chmas mulk agentliklariga to‗lanadigan komission to‗lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‗lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‗shiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling