“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
1.3.4-jadval
Asosiy vositalarning harakatini hisobga oluvchi hujjatlar 16 AV – 1 shakli Asosiy vositalarni qabul – topshirish akti. Akt har bir ob‘ektga yoziladi, buxgalteriya beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozuv uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. AV – 2 shakli Remont qilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan ob‘ektlarni qabul topshirish akti. AV – 3 shakli Asosiy vositani tugatish haqidagi akt. AV – 4 shakli Avtotransport vositalarni hisobdan chiqarish akti. AV – 6 shakli Asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkasi. Asosiy vositalar qabul – topshirish aktilari va ushbu ob‘ekt texnik hujjatlari asosida har bir ob‘ektga inventar kartochka ochiladi. AV – 7 shakli Asosiy vositani hisobga olish bo‗yicha inventar kartochkalar ro‗yxati. AV – 8 shakli Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi. Kartochka ma‘lumotlari asosida asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot to‗lg‗aziladi. AV – 9 shakli Asosiy vositalar inventar ro‗yxati. Asosiy vositalar suv xo‗jaligi korxonaiga (omborga) kelib tushganda moddiy javobgar shaxs mol etkazib beruvchining hujjatida yoki qabul qilib olish dalolatnomasida ana shu qiymatliklarni qabul qilib olgani haqida imzo chekish kerak. Asosiy vositalar ombordan byudjet korxonalari rahbari tomonidan tasdiqlangan 434 – shakldagi yuk xati (nakladnoy, talabnoma) bo‗yicha beriladi. Bunda yuk xati (nakladnoy, talabnoma) bir nushada yoziladi. Asosiy vositalar eskirish summasi davlat tomonidan belgilangan normalarda hisoblanadi. 16 ― Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ―gi yo‘riqnoma asosida muallif tayyorladi Eskirish summasi asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymat va ushbu asosiy vosita tipiga belgilangan normalari asosida hisoblab chiqiladi. Amortizatsiya muddati tugaganidan so‗ng eskirish hisoblanmaydi. Asosiy vositalarni uzoq muddatga ijaraga olgan yuridik shaxslar ham o‗zlariga qarashli, ham ijaraga olingan asosiy vositalar yuzasidan belgilangan normalarda eskirish hisoblaydilar. Bu holda ijaraga beruvchi ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun eskirish hisoblanmaydi. Yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni tugatishdan (bino va inshoatlarni buzish va bo‗laklarga ajratish, uskunalarni demontaj qilish va hokazo) kelib tushgan moddiy boyliklar asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‗yicha doimiy faoliyat ko‗rsatuvchi komissiya tomonidan balansga belgilangan ulardan ehtimoliy foydalanish narxida kirim qilinadi. Keraksiz inventar va uskunalar sotishdan kelib tushgan mablag‗lar va moddiy boyliklar, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa belgilanmagan bo‗lsa, byudjet mablag‗larini oluvchilar tomonidan balansga kirim qilinadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, asosiy vositalar - korxona moddiy texnika bazasining asosini tashkil qiluvchi mehnat vositalaridir. Ularning asosiy xususiyatlari - o‗zining tashqi ko‗rinishini xo‗jalik opersiyalari ta‘sirida o‗zgartirmaydigan va qiymatini mahsulot, ish, xizmat tannarxiga eskirish summalari orqali o‗tkazishidadir. Asosiy vositalar korxonada uzoq vaqt xizmat qiladi va ularga eskirish summalari boshlag‗ich qiymati qoplangunga qadar hisoblanadi. Bundan tashqari, asosiy vositalar korxonada ijaraga berilish va olinishi mumkin. Davlat mulkini ijara shartnomasini rasmiylashtirishda va tuzishda qonunchilik talablariga rioya qilinishiga suv xo‗jaligi korxonaining bosh buxgalteri va rahbari mahsus javobgardir. Ijara shartnomalari bo‗yicha ijara to‗lovlarining o‗z vaqtida kelib tushishini ta‘minlashga ijara beruvchi suv xo‗jaligi korxonaining rahbari mahsus javobgardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling