“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


III bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar hisobi va


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

III bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar hisobi va 
tahlilini takomillashtirish 
3.1. «Uch tom» Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalar 
hisobini takomillashtirish. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida iqtisodiyot taraqqiyot sari ilgarilab 
bormoqda. Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida muxtaram yurtboshimiz 
ta‘kidlaganidek, ‖Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni islox 
etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini 
diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va 
chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta‘siridan 
ximoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya 
vositasini yaratdi . 
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar ham ishlab 
chiqarishning muhim omili sifatida xizmat qiladi. Ularni xisobini oqilona tashkil 
etish xam muxim axamiyatga ega. Ba‘zi korxonalarda asosiy vositalarni xisobga 
olishda asosan avvaldan foydalanib kelinayotgan usullar qo‘llaniladi, ayniqsa, 
asosiy vositalarga amortizatsiya xisoblashda amortizatsiya xisoblashning bir tekis, 
ya‘ni to‘g‘ri chizikli usulidan foydalaniladi. Bizningcha endi asosiy vositalarning 
xususiyatidan kelib chiqib, amortizatsiya xisoblashning bajarilgan ish xajmiga 
mutanosib amortizatsiya xisoblash usuli, yoki tezlashtirilgan, kamayib boruvchi 
qoldiq yoki, kumulyativ usullarini ham qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Bundan tashqari uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning 
amortizatsiyasini xam ma‘lum xususiyatlariga qarab xisoblashni yo‘lga qo‘yish 
kerak. Obodonlashtirilgan yerning eskirishi schyoti ajratilagn lekin adabiyotlarda 
uning qaysi xususiyatiga qarab qanday tartibda amortizatsiya xisoblash tartibi 
ko‘rsatilmagan. Bizningcha mazkur masalani xam buxgalteriya xisobini va 
amortizatsiya xisoblash tartibini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ko‗p 
yillik ekinlar amortizatsiyasini xisoblash tartibi xaqida xam iqtisodchi olimlarning 
aniq tavsiyalari ishlab chiqilmaganligi asosiy vositalar amortizatsiyasi borasida 


xali yechimini kutayotgan muammolarning mavjudligidan dalolat beradi. 
Asosiy vositalarni xolatini, samaradorlik ko‗rsatkichlarini taxlil qilishdan 
maqsad asosiy vositalardan imkon darajada unumlirok foydalanish va ularning 
samaradorlgini oshirish hisoblanadi. 
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‗rsatkichlari va ularning o‗zgarishiga 
ta‘sir etuvchi omillaridan biri fond qaytimi xisoblanadi. 
Fond 
qaytimini 
oshirish 
imkoniyatlari. 
Fond 
qaytimini 
oshirish 
imkoniyatlarini umumlashtirish tahlil etish bosqichining yakuni xisoblanadi. Unda 
tahlil etish natijalaridan kelib chiqqan xolda korxonada asosiy vositalarning 
samaradorligini oshirishning yo‘nalishlari belgilanadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling