Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan
Download 0.66 Mb.
|
умк СМЕТА 22
Foyda va uni maksimallashtirish
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi: -ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi; -turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi; -xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o‘ynaydi; -ilmiy – texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi – korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xo‘jaliklarning moliya-xo‘jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari, foyda va uy-joy kommunal xo‘jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: -mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YAF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: YAF SST – MIT, bu erda: YAF – yalpi foyda; SST – sotishdan olingan sof tushum; MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; -asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va qo‘shimcha asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: AFF =YAF – DX QBD Q BZ, bu erda: AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; DF – davr xarajatlari; BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; -xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF = AFF Q MD – MX, bu erda: UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari; -soliq to‘lagungacha olingan foyda – bu umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: STF = UF + FP – FZ, bu erda: STF – soliq to‘lagungacha olingan foyda: FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda: FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; -yilning sof foydasi – bu soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zi dadaromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlangan xolda soliqlar to‘lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi: SF = STF – DS – BS, SF – sof foyda; DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; BD – boshqa soliqlar va to‘lovlar. Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani o‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Makroiqtisod sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi. Mulk egasini o‘zi boshqaradigan unchalik katta bo‘lmagan korxona (firma)da ularni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma qarorlarda foydani ko‘paytirish asosiy o‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. SHuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo‘lib, foydani maksimallashtirish bilan etarli shug‘ullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi bo‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o‘rniga qisqa manfaatni afzal ko‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko‘pincha foydani maksimallashtirish o‘rniga daromadni ko‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning o‘zida oshirishga harakat qiladilar. SHu tufayli bunday rahbarlar o‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi. YUqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud: haqiqiy foyda; o‘rtacha foyda; monopol foyda yoki iqtisodiy renta; maksimal foyda. Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. O‘rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo‘lish tushuniladi. O‘rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko‘rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. Iqtisodiy foyda qachon paydo bo‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so‘m foyda olgan bo‘lsa-yu, ana shu mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming so‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. Maksimal foyda – bu bir birlik qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qo‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. SHu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo‘ladi. SHunga ko‘ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash deganidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o‘tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o‘rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to‘g‘ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling