Mustaqil ishlarni baholash tartibi
Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo‘yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning bajarilishini nazorat qilish oraliq nazoratlarda olib boriladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishlarni baholashda: talabalarning shaxsiy individual xususiyatlari, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanishi, auditoriya va auditoriyadan tashqarida olingan bilimlari, shuningdek ijodiy qobilyatlarini hisobga olgan holda yondashish maqsadga muvofiq. Mustaqil ta’limda 5 ballik baholash mezoni amal qiladi.
Мustaqil ta’limni baholash mezonlari
|
Ijodiy tadqiqot ishlari va tanqidiy sintez elementlari bayon qilingan, izchil va tizimli ravishda muammoning yechimiga qaratilgan tadqiqot jarayoni amalga oshirilgan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilgan, tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan
|
5
|
Mustaqil ishlash elementlari o’z aksini topgan, ilmiy yondashuvlar ahamiyatiga ko’ra tabaqalashtirilgan, tadqiqot ob’ekti va predmeti to’g’ri tanlangan, iqtisodiy tahlil metodlaridan samarali foydalanilgan holda mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilgan
|
4
|
Mustaqil ishda na’munalarga asoslangan holda mantiqiy yechimlar keltirilgan, rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlash elementlari aks ettirilgan, mustaqil ishni bajarishga ko’rsatmalar asosida yondashilgan
|
3
|
Mustaqil ish e’tiborsiz, noaniqliklar bilan bajarilgan, tadqiqot muammosiga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan
|
0-2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |